Tizim deb qo’yilgan maqsadlarini amalga oshirish uchun bir vaqtning o’zida ham yagona, ham har xil elementlarning majmui deb qaralishi mumkin bo’lgan har qanday ob’ektga aytiladi.
Tizimlar tarkibi jihatdan va maqsadlari bilan bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Misol sifatida universitet, maktab, biror korxona va hokazolarni olish mumkin. Har bir tizim kiritish, ishlov berish, chiqarish va teskari aloqa kabi 4 ta qismdan iborat:
rasm. Tizimning asosiy qismlari.
Tizimlarga misollar keltiramiz.
1-jadval
Tizim
|
Tizim elementlari
|
Tizimning bosh maqsadi
|
Firma
|
Xodimlar, jihozlar,materiallar,
binolar va boshqalar
|
Tovar ishlab chiqish
|
Kompyuter
|
Elektron va mexanik elemenilar,
aloqa liniyalari va boshqalar
|
Ma’lumotlarga ishlov
berish
|
Aloqa tizimi
|
Kompyuterlar, modemlar, kabellar,
dasturlar va boshqalar
|
Axborot uzatish
|
Axborot tizimi
|
Kompyuter, kompyuter tarmoqlari, xodimlar, axborot va dasturiy
ta’minotlar
|
Yangi axborot va uning asosida zarur qaror ishlab
chiqish
|
Operatsion tizim
(eng kichik tizim)
|
Kompyuter, foydalanuvchi, OT
|
OT bilan muloqot
|
Internet (eng katta tizim)
|
Kompyuter, kompyuter tarmoqlari, xodimlar, axborot va dasturiy
ta’minotlar
|
Kerakli axborotni qidirib topish
|
Axborot tizimlari esa ixtiyoriy sohada har xil vaziyatlarda qaror qabul qilish uchun axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash, qidirish va uzatishni ta’minlaydi. Ular vaziyatni tahlil qilishga va yangi mahsulotlar yaratishga yordam beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |