Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Download 1.54 Mb.
|
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
Axborot madaniyati va etikasi
Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo’yicha ma’lum darajada kompyuter savodxonligi, axborot madaniyati va etikasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli hozirgi kunda axborotlashgan jamiyatda kompyuter savodxonligi, axborot madaniyati va etikasi atamasi ko’p ishlatilmoqda. Kompyuter savodxonligi – kompyuterda ishlash uchun zarur bilim va ko’nikmalarning eng kam to’plamini egallashdir. Shu kunda, o’qish va yozishda ustalik qanchalik zarur bo’lsa, kompyuter savodxonligiga ham shunday qaralmoqda. Axborotlashgan jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan bo’ladi. Mehnat qiluvchilarning ko’pchiligi yoki axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo’ladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish majburiyatlarini bajara olmaydigan bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari axborot madaniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni biladilar. Bu inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni joylarda tatbiq etishni anglatadi. Axborot madaniyatida estetik xususiyat ham muhim hisoblanadi. Masalan, matnlarni ma’lum bir formatda tayyorlash, so’zlar orasida ortiqcha probellarning bo’lmasligi, bir xil abzatslarni ishlatish yoki ekran namoyishlarida ob’ektlarni o’z o’rniga muvofiq ravishda qo’ya olish va ranglardan foydalanish singarilar. ACM (Association for Computer Machinery) Hisoblash texnikasi assotsiatsiyasi hamda IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) Elektrotexnikami va elektronika bo’yicha injenerlar instituti tomonidan quyidagi etika kodekslari e’lon qilingan: 1. Aholining farovonligi va sog’ligini saqlash hamda, xavfsizlikka muvofiq javobgarlikni anglagan holda qaror qabul qilish, bundan tashqari, aholiga yoki atrofdagi muhitga tahdid solishi mumkin bo’lgan faktorlarni tezkor ochib berish; * Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling