Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Download 1.54 Mb.
bet12/45
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794100
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Komp’yuter arxitekturasi
Ixtiyoriy komp’yuterning asosiy qismlari - bu mikroprotsessor va xotira.
Dastlabki komp’yuterlarda ma`lumotlar va dasturlarni saqlash imkoniyati yo`q edi. 1945 yil Amerikalik fizik, matematik Djon fon Neyman komp’yuterda ularni xotirada saqlash mumkinligi haqidagi fikrni olg’a surdi.
EHM tuzilishining umumiy tamoyillarini ishlab chiqdi va unda ikkilik sanoq tiimlaridan foydalanish g’oyasini ilgari surdi. Bu tamoyil hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi va fan – texnikaning turli sohalarining jadal rivojlanishiga turtki bo`ldi. Shu bois zamonaviy komp’yuter tuzilishining asoslari Fon Neyman tamoyili asosida deb yuritiladi.
Fon Neyman tamoyiliga ko`ra komp’yuter quyidagi qismlardan tashkil topgan bo`lishi lozim 1-rasm:

  • Protsessor, u arifmetik mantiqiy va boshqaruv qurilmasidan tuzilgan bo`lib, arifmetik mantiqiy amallarni bajaradi hamda boshqaruv qurilmasi yordamida dasturning bajarilish jarayonini tashkil qiladi va qurilmalarni boshqaradi;

  • Xotira qurilmasi – dastur va ma`lumotlarni saqlaydi;

  • Kiritish va chiqarish qurilmalari – ma`lumotlarni kiritish va chiqarishni ta`minlaydi.









1-rasm
1-jadvalda yuqoridagi rasmda keltirilgan har bir shinalarning vizifalari keltirilgan.
Shinalar komp’yuter tarkibidagi qurilmalar o`rtasida ma`lumot almashinuvini ta`minlaydi va shu bilan birga boshqaruv signallarini yuboradi.
1-jadval



Shina turlari

Shina vazifasi

Signalning yo`nalganligi

Manzillar shinasi

Protsessor va xotira manzillari o`rtasidagi
signallarni uzatadi

Bir tomonlama yo`nalgan

Ma`lumotlar shinasi

Protsessor, xotira hamda kiritish-chiqarish qurilmalari o`rtasida
ma`lumotlarni uzatadi

Ikki tomonlama yo`nalgan

Boshqaruv shinasi

Barcha harakatlarni boshqaruvchi signallarni uzatadi (Masalan, ishga
tushirish, o`qish, yozish)

Bir tomonlama yo`nalgan


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling