Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Download 1.54 Mb.
bet11/45
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794100
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Axborot tizimi ni qo’llash quyidagi natijalarga olib keladi:

  • Boshqaruv masalalarini echishda matematik metodlar va intelektual tizimlardan foydalanish yangi ratsional echimlarga olib keladi;

  • Xodimlarni ishlarni avtomatlashtirish natijasida zerikarli, bir xil takrorlanuvchan ishlardan ozod qiladi;

  • Axborotni ishonchliligini oshiradi;

  • Qog’oz axborot tashuvchilarni magnit disklar bilan almashtiradi va axborotni qayta ishlashni ratsional tashkil etadi;

  • Axborot va hujjatlar oqimini harakatini yaxshilaydi;

  • Mahsulot va axborot ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlariga sarf- xarajatlarni kamaytiradi;

  • Iste’molchilarga yangi xizmatlarni taklif qiladi;

  • Bozorning yangi ishtirokchilarini aniqlaydi;

  • Iste’molchilarga va ta’minotchilarga yangi xizmatlar va skidkalar taklif qiladi va iste’molchilar miqdorini saqlab qoladi, hatto ko’paytiradi.

2012-2014 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi , PQ 1730, 21 mart, 2012
y. 10 ta banddan iborat.
Korxonada axborot tizimini yaratish uni boshqaruvchi strukturani tahlili qilishdan boshlash kerak.
Korxonaning barcha bo’limlarining ishlarini muvofiqlashtirish har xil darajadagi boshqarish bo’g’inlari, odatda 3 bo’g’indagi, (masalan, 1) universitetda: kafedra, dekanat, rektorat; 2) xalq xo’jaligida: tuman, viloyat, davlat hokimiyati; 3) qurilishda: tsex, uchastka, qurilish boshlig’i va h.k.) orqali amalga oshiriladi.

Boshqaruv deb qo’yilgan maqsadga erishish uchun uning tashkiliy, rejalashtirish, hisoblash, tahlil, nazorat, rag’batlantirish funktsiyalarini bajarishga aytiladi.


Boshqaruvning tashkiliy funktsiyasi deb tashkilotning strukturasi va normativ hujjatlar kompleksini ishlab chiqishga aytiladi. Normativ hujjatlarda xodimlarning shtatlar jadvalida bo’ysinish tartibi, ma’suliyati, kompetentlik sohasi, huquq va burchlarini ko’rsatiladi.
Boshqaruvning rejalashtirish funktsiyasi deb rejalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga doir harakatlar tushuniladi.
Boshqaruvning hisob funktsiyasi deb firmaning ko’rsatkichlarini ishlab chiqish yoki tayyor formalardan foydalanish faoliyati, jumladan buxgalteriya hisob ishlari, moliyaviy hisob ishlari, boshqaruv hisobotlarini tayyorlash kabi ishlarni bajarish tushuniladi.
Boshqaruvning tahlil funktsiyasi deb plan va zakazlarni bajarish, ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash, resurslarni aniqlash, rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish kabi faoliyat tushuniladi.
Boshqaruvning rag’batlantirish funktsiyasi deb xodimlar mehnatini rag’batlantirish usullari tushuniladi. Rag’batlantirish ikki xil, ya’ni moddiy ( pul,

23
mukofotlar, mansabda ko’tarish) va ma’naviy (rahmatnoma, gramotalar, unvonlar va darajalar berish, hurmat taxtasiga chiqarish) bo’ladi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling