Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Download 1.54 Mb.
bet15/45
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794100
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Fayl tizimi
Fayl tizimi - OT ning bir qismi bo`lib, uning vazifasi tashqi xotiradagi ma`lumotlarni samarali tashkil etadi va ular bilan ishlashda foydalanuvchiga qulay interfeys tashkil etadi.
Birinchidan - fayl tizimi orqali ma`lumotlar bo`yicha-tizimli ishlov beruvchi dasturlar bog’lanadilar.
Ikkinchidan - fayl tizimi orqali disk makoni markazlashgan tarzda taqsimlanadi va ma`lumotlar boshqariladi.
Uchinchidan - tashqi xotira qurilmalarida joylashtirilgan foydalanuvchilar ma`lumotlariga murojaatni eng sodda usullariga ega bo`ladilar.
Turli OT larga va tashqi qurilmalarga mo`ljallangan turli fayl tizimlari mavjud, eng keng tarqalganglari FAT32, VFAT, SUPER FAT, NTFS va HPFS.
Drayverlar
Drayverlar - bu amaliy dasturlar va OTlar bilan tashqi qurilmalarni o`zaro hamkorligini ta`minlovchi maxsus dastur. Ular tashqi qurilmalar ya`ni, klaviatura, printer, skaner va sichqoncha kabilardan kelayotgan xabarlarni qayta ishlaydi.
Oddiy qilib aytganda drayver, qurilmalarni komp’yuterga tanishtiradi va ular ishini boshqaradi.
Utilitalar
Utilitalar kompyuterning apparat vositalariga, ayniqsa disklarga, operatsion tizimlar va boshqa ilovalarga qo`shimcha srvis xizmat qilishga mo`ljalangan dasturlar hisoblanadi. Utilitalar OT imkoniyatini oshiradi yoki mustaqil ravishda qandaydir vazifani bajaradi.
Utilitalar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

30

  • Ko`rsatkichlar nazorati – murojaatlarni va ma`lumotlarni yozish to`g’riligini tekshirish.

  • Kengaytirilgan imkoniyatlar – ma`lumotlarni saqlab diskni formatlash va qayta tiklash, ma`lumotlarni tiklab bo`lmaydigan darajada o`chirish.

Utilitalarning turlari:

  • OT va diskka xizmat ko`rsatuvchi utilitalar

    • Defragmentattsiyalash – ma`lumotlarni diskda joylashuvini tartiblash, ketma-ket joylashtirish maqsadida qo`llaniladi.

    • Diskni tekshirish – noto`g’ri yozilgan yoki zararlangan fayllar va disk qismlarini qidirish, disk samarili ishlashi uchun ularni o`chirish yoki yopib qo`yish.

    • Diskni tozalash – vaqtincha ishlatilgan, keraksiz fayllarni o`chirish, korzinani tozalash.

    • Diskni qayt tuzish (razmetka) – turli fayllar tizimini va operatsion tizimlar ega bo`lishi mumkin bo`lishi, fayl va papkalarni tartibga solish, xavfsizlikni ta`minlash maqsadlarida diskni bir nechta mantiqiy disklarga bo`lish.

    • Zahiraviy nusxalash – butun disklarni yoki alohida fayllar zahirasini nusxalash orqali yaratish hamda ushbu nusxalardan qayta tiklash imkoniyatini yaratadi.

    • Diskn siqish – qattiq disk sig’imini oshirish maqsadida undagi ma`lumotlarni siqishni amalga oshiradi.

  • Reestrlar bilan ishlash utilitalari

  • Qurilmalarni monitoringini olib borish utilitalari

  • Qurilmalarni testlash

  • Arxivatorlar

  • Antivirus dasturlari

  • Qobiq dasturlar


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling