Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Sarlavha uchun tavsiyalar


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/82
Sana15.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1776176
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Bog'liq
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма

Sarlavha uchun tavsiyalar. 
1. Sarlavha (ayniqsa reklamada) ma'lum funksiyalarni bajarishi kerak. 
Uning asosiy vazifasi- kitobxonlar e'tiborini tortish va matnni o'qishga undash. 
Nashr reklamasida sarlavhadan tashqari illyustrasiya ham e'tiborni tortish 
vazifasini bajaradi. Sarlavha kitobxonni matnni chuqur o'rganishga undashi 
kerak. 
Sarlavha e'lon kimga yo'naltirilgan bo'lsa, uni e'tiborini tortishi kerak. Masalan 
yosh bolalar uchun sotiladigan kiyim-kechaklar onalar e'tiboriga qaratilgan 
bo'lishi mumkin. Bunday so'zlar ajratilgan va tagiga chizilgan bo'ladi. 
2. Sarlavhadagi kuchli iboralardan biri «Yangi» so'zidir. Sarlavhadagi 
anchagina kuchli ta`sirga ega so`zlardan biri bu ―Yangi‖ so`zidir. Shuning uchun 
imkoni bo`lsa sarlavhada bu so`zdan iloji boricha foydalanish tavsiya etiladi. 
Masalan: ―Telekommunikatsiya bozoridagi yangi imkoniyatlar‖. 
3. Faqat sarlavha o'qiydiganlar uchun qanday marka reklama qilinayotgani 
ma'lum bo'lishi kerak. 
4. Sarlavha qisqa –lo'nda bo'lib 10 dan ortiq so'z bo'lmasligi kerak. Uzun 
sarlavhalar qisqalardan ko'ra ko'proq yoqmasligi mumkin. 
6. Ikki xil ma'no kelib chiqmasligi kerak. Masalan: ―Bizning mahsulot sifati – 
hayotimiz sifatidir‖. 
7. Illyustrasiya bo'lsa, sarlavha ma'nosiga mos bo'lishi kerak. 


114 
8. Bosma harf emas yozma — yo`g`on shift yoki kursiv. 
9. Sarlavha shrifti matn shriftidan kattaroq bulishi kerak. 
10. Illyustrasiya ustida sarlavha bo'lmasligi kerak,. 
11. Sarlavha oxirida nuqta qo'yilmaydi 
Reklama misolida sarlavhaning qo`shimcha vazifalari. 

Sarlavhani faqat e'tiborni tortishi uning yagona va muhim funksiyasidir. U 
ma'nosiz. Umumiy bo'lishi mumkin emas. Sarlavha yana bir qancha qo'shimcha 
masalalardan birini yechishi kerak. Masalan reklamada: 

Qisqacha asosiy xossani yetkazish. Masalan reklamada avtomobil uchun: — 
«Yo`l ustida istisno nazorat» yoki «Yo`ldagi kilometr uchun kamroq benzin», 
yogurt — «Ertaklardagi kabi ko`p mahsulotlar»; 

Xarid asosiy motivini yetkazish. Reklamachilar misol uchun sovunni emas 
ozodalikni, apelsinni emas, sog'liqni, noutbukni emas, karyeradagi muvaffaqiyatni 
sotib olishni tavsiya qiladilar. 

Olingan mahsulotni qachon va qayerda ishlatishni yetkazadilar (Qo'l 
nafisligi uchun tungi qayg'u). 
Agar sarlavha va illyustrasiyani o'qib, ma'lumot nima haqidaligini bilish 
mumkin bo'lsa, demak sarlavha muvaffaqiyatli tuzilgan. 
Shriftlar va an‘anaviy nashr o‘lchov birliklari. 
Matbaada ishlatiladigan harflarni turlari juda ko‘p yaratilgan, biroq shunga 
qaramasdan nashrlarni bezashga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun yangi harflarni 
ishlab chiqish muntazam ravishda davom etmoqda. 
Mavjud harflarni turli belgilariga qarab tasniflash mumkin. Ammo shuni ta‘kidlab 
o‘tish zarurki, ular – rus, lotin, grek, arab grafikasiga bo‘linadi. 


115 
Har qaysi alifbo to‘plamiga raqamlar, belgilar va harflar kiradi. Harflar gap ichida 
so‘zlar tuzish uchun ishlatiladigan kichik harflarga, jumladan, katta (bosh) va 
kapitel (bosmaxona harflarining bir turi) harflariga bo‘linadi. 
Katta harflar bir oz katta o‘lchamda va odatda, boshqa shaklga ega bo‘ladi, kapitel 
harflarning o‘lchami kichik harflarga, shakli esa katta harflarga mos keladi
matndagi ayrim so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladi. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling