Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Download 3.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма
Ikonkalar
O'xshash ikonkalar- ko`rinishi bajaradigan harakatini ifodalaydi(qaychi). Namuna ikonkasi- ob'yekt tipini ko'rsatadi. (chiziq) Belgili ikonka-harakatni ko'rsatadi. Ixtiyoriy ikonka. Menyu Multimedia tizimining zarur elementi hisoblanib, u ko'p joy olishi mumkin bo'lgani uchun pastga tushadigan va paydo bo'ladigan menyular bo'ladi. Menyuning qulayligi foydalanuvchi element yoki harakat nomini eslab qolishi shart emasligi va u bilib tanlab olishi kerakligida. Menyu yaratish asosiy tamoyillari. Odatda menyu komandalari ma'lum iyerarxik tizimda joylashadi. Eng asosiy muammo menyu punktlarini to'g'ri guruhlash va to'g'ri taqsimlashdir. Tadqiqotlar menyu tashkil qilish 4 variantini ko'rsatadilar. Alfavitli Kategoriyali Normal kelishuvga asosan Ishlatish tezligiga asosan. Menyu strukturasi yechiladigan masala strukturasiga mos bo'lishi kerak. Menyu punktlari va grammatik xatosiz va o'z nomiga mos bo'lishi kerak. 108 Menyu tanlanishi klaviatura, sichqoncha va foydalanuvchi interfeysi boshqa elementlari orqali amalga oshirilishi kerak. Formalar Formalar intefeysning asosiy elementi hisoblanadi. U ma'lumotni kiritish va ko'rib chiqishda, tizim xabarlarini berishda qulaylik yaratishdan iborat. Formalar yaratish tamoyillari: Formalar qo'yilgan masalalarni tez va oson yechilishi uchun loyihalashtiriladi. Formadagi informatsiya birliklari ma'lum mantiq asosida joylanishi kerak. Bu ularni ishlatilish ketma-ketligi, tezligi va ahamiyatliligiga bog'liq. Forma maydoni teng ishlatilishi kerak. Elementlar mantiqiy guruhini ajratish(rang satrlar) O'zaro bog'liq elementlar alohida formada aks ettirilishi kerak. Maydon va sarlavhalar dizayni. Alohida maydonlar sarlavhasi chap, ro'yxatlar sarlavhasi yuqori, sonli maydonlar o'ngga tekislanishi kerak. Ko'p ma'lumotli formalar bo'limlarini sarlavhalash. Sarlavhalalar qisqa, ma'noli va tanish bo'lishi kerak. Muhim bo'lmagan maydonlar nomuhim maydonlardan rangi yorqinligi bilan ajratilishi kerak. Navigatsiya tizimini yaratish. Navigatsiya turli ekranlar, informatsiya birliklari bo'ylab harakatlanish imkonini beradi. Bir qator navigatsiya vositalari mavjud. Ular sarlavhalar, ularning tartib raqami, satr va ustunlar raqamlari. Navigatsiya interfeys turiga bog'liq. Xabarlarni loyihalashtirish. 109 Xabarlar foydalanuvchiga to'g'ri yo'l ko'rsatish yordam berish uchun ishlatiladi. Ular foydalanuvchi tasdig‘i uchun ham qo'llaniladi. Xabar muloqot, ekran zastavkasi ko'rinishida bo'lishi mumkin. Xabarlar. Bir nechta alternativadan birini tanlash Ma'lum ma'lumot kiritish uchun Ma'lum opsiyani tanlash uchun Ma'lumotni tasdiqlash uchun ishlatilishi mumkin. Xabarlar alohida modal darchada chiqishi mumkin. Nazorat savollari: Rang uchun tavsiyalar nimalardan iborat? Matn uchun tavsiyalar nimalardan iborat? Menyu uchun tavsiyalar nimalardan iborat? Belgi va navigatsiya tugmalari uchun tavsiyalar nimalardan iborat? Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling