Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


LOYIHALASHTIRISH BO’YICHA QO’LLANMA


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/82
Sana15.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1776176
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма

LOYIHALASHTIRISH BO’YICHA QO’LLANMA 
Reja: 
Rang uchun tavsiyalar. 
Matn uchun tavsiyalar. 
Menyu uchun tavsiyalar, belgi va navigatsiya tugmalari uchun tavsiyalar. 
Rang uchun tavsiyalar. 
Inson – mashina interfeysi o'rtasidagi o'zaro muloqotni o'rnatadi va qo'yilgan 
maqsadga erishishni ta'minlaydi. 
O'zaro muloqot bir qancha stillari mavjud: 

Komandalar tili 

Savol-javob 

Formalar 

Menyu 

To'g'ridan to'g'ri manipulyatsiya bajarish yoki grafik interfeys. 
Odatda muloqot kombinatsiyalangan usullari ishlatiladi. Interfeys yaratish 
asosiy tamoyillari: 

Tabiiylik(intuitivlik)-tizim bilan ishlash qo'yilgan maqsadga erishish 
jarayonini boshqarishda direktivalar izlash foydalanuvchi uchun qiyinchilik 
tug'dirmasligi kerak. 

Ziddiyatsizlik- tizimni bir qismidagi ishlar ikkinchi qismida ishlar 
ziddiyatsiz bajarilishi kerak. 

To'liqlik- foydalanuvchi ortiqcha ma'lumot kiritmasligi (00010 o'rniga 10). 

Yordam tizimiga doimo yo'l ochiqligi. 


105 

Moslashuvchanlik- turli tayyorgarlik darajadagi foydalanuvchilar bilan 
ishlash. 
2.Ma'lumotni ekranga joylashtirish. Ekranga joylashtiriladigan informatsiya 
miqdori uning zichligi deyiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki ekran zichligi qancha 
kam bo'lsa, undagi ma'lumot shuncha tushunarli bo'ladi, lekin tajribali 
foydalanuvchilar ekran zichligi yuqori bo'lishini yoqtiradilar. Ekrandagi ma'lumot 
ahamiyatli joyda guruhlangan, tartiblangan bo'lishi mumkin. Bunga kadrlar 
(freymlar) ishlatish, rang ajratish va shunga o'xshash e'tiborni jalb qiluvchi usullar 
orqali erishiladi. 
E'tiborni tortish uchun yorqinlikdan foydalanish mumkin. Buning uchun bir 
qancha usullar mavjud: 

Harakatlanish yoki o'chib-yonish. Juda samarali usul chunki odam ko'zi 
harakatlananuvchi element uchun maxsus detektorga ega. 

Yorqinlik- juda samarali emas. Farq sezilmasligi mumkin. 

Rang-juda samarali bo'lishi mumkin. 

Forma-(belgi, forma) ma'lumotlarni ajratish uchun. 

Turli shriftlarni ishlatish. 

O'lcham(matn, belginiki). Odatda 1,5 barobar orttirib ajratiladi. 

Ob‘yektni turli teksturasi.(soya) 

Tagiga chizish, ramka 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling