Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Download 3.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
Titul ekran. Titul ekranda multimediali ilova nomi, yuqori tashkilot haqida,
mualliflik huquqi haqida, ilovaning ekspert nazoratidan o‘tganligi haqida ma'lumot, sana, tashkilot, mualliflar haqida ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. Mundarija. Mundarija ilovaning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan ilovaning turli qismlariga tez va qulay o‘tish uchun to‘liq bo‘lishi va shu bilan birga bitta ekranda jonlanishi kerak. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqda-ki, bunday talablarga ikki bosqichli (mavzu/mavzu osti) mundarija javob beradi. Bundan tashqari mundarija orqali: 91 o‘z bilimini tekshirish tizimiga; cheklangan tekshirish tizimiga; matn fragmentini izlash qismiga; tayanch iboralarga; adabiyotlar ro‘yxatiga; ilovaning istalgan qismiga o‘tish imkoniyati; ilova ishini tugatish; titul ekranga qaytish imkoniyatlari mavjud bo‘lishi kerak. Annotatsiya. Annotatsiya ilovaning muqovasida joylashgan bo‘lishi mumkin. O’quv materialining to’liq matni. Ta`limiy multimediali ilovaning muvaffaqiyatli bo‘lishining sharti – unda o‘quv materialining to‘liq bo‘lishidir, ya'ni matn, grafik, jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o‘z ichiga olishidir. Ilovaning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning qisqacha mazmuni va materialni o‘rganish jarayonini boshqarish elementlari joylashadi. Ta`limiy multimediali ilovada o‘quv materialining to‘liq bo‘lishi, ta'lim jarayonida undan foydalanish va qog‘ozdagi o‘quv materialiga murojaatni kamayishini ta'minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta'riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga, grafiklarga yo‘llovchi gipermatnlar tufayli multimediali ilovalar qog‘oz materiallarga qaraganda o‘quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning ixchamligi va nisbatan arzonligi ta'lim oluvchining e'tiboridan xoli bo‘lmaydi. Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling