Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/82
Sana15.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1776176
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма

Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon 
bo‘lishi mumkin, lekin bu sahifaning gipermatnlar bilan to‘lib ketishiga olib 
keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval, 
grafiklarga ham yo‘llovchi bo‘ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning 
ta'riflarini alohida sahifada joylashtirgan ma'qul. 


93 
Ranglar. 
Odatda multimediali ilova dizaynning asosini rang tashkil etadi. Dizaynerning har 
qanday ijodiy ishi quyidagilardan iborat bo‗ladi: 1) Rasm. 2) Tekst 3) Rang 
Bularning ichida dizaynning ko‗rkam bo‗lishini hal qiluvchi narsa bu aynan rang 
hisoblanadi. Duch kelgan rangni tanlash ko‗rimsiz dizaynga sabab bo‗ladi. Rang 
tanlashda juda ehtiyot bo‗lish kerak. 
Aslida ranglar bilan ishlash haqida juda ko‗p kitoblar yozilgan. Agar internetning 
qidiruv saytlaridan ―Color theory‖ yoki ―Color scheme‖ – deb qidirsangiz bu 
haqda juda ko‗plab maqola va kitoblar borligini ko‗rasiz. Ammo bularni chuqur 
o‗rganish sizdan ko‗p vaqt talab etadi. Qolaversa ularni hammasini siz amalda 
qo‗llamaysiz. 
Tabiatga diqqat bilan etibor qilsangiz, undagi har bir rang nimadandir darak beradi. 
Masalan yashil rang insonni ruhan tinchlantiradi. Shuning uchun tabiatda asosan 
yashil rang ko‗p takrorlanadi. Qizil rang esa insonni hushyorlikka chaqiradi yoki 
ogohlantiradi. Shuning uchun jonzotlarning qoni qizil rangda. Tikonli 
atirgullarning rangi ham qizil bo‗lishi bejiz emas. 
Ranglarni insonga ta‘sirini o‗rganish bilan nafaqat olimlar yoki rassomlar 
shug‗ullangan, balki psixologlar ham ranglarning insonga ta‘sirini o‗rganishgan. 
Har bir rang qanday ma‘no berishini birma bir sanaymiz: 
QIZIL – ogohlik, jasurlik, issiqlik, g‗azab 


94 
KO‗K – bilim, donolik, ulug‗vorlik, yuksaklik, sovuqlik, muloqot 
SARIQ – xursandlik, do‗stlik, ishonch, yordam 
YaShIL – tinchlik, xotirjamlik, o‗sish, atrof muhit, hayot 
JIGARRANG yoki TO‗Q SARIQ – issiqlik, sahovat, taom -ovqat, xavfsizlik, 
xursandchilik. 
BINAFShA – boylik, mo‗jiza, cheksizlik, sifat, ijod, go‗zallik 


95 
QORA – maxfiylik, og‗irlik, kuch-quvvat 
OQ – tozalik, oddiylik, yengillik, soflik, ochiqko‗ngillik. 
Biror mavzuda ijod qilishda avvalo shu mavzuga mos rang tanlash kerak. Masalan: 
Meditsina mavzusida biror banner dizayni yoki sayt dizayni tayyorlamoqchi 
bo‗lsangiz, u holda bunday dizaynga ko‗proq ko‗k va oq rang mos keladi. Sport 
mavzusiga esa ko‗proq qizil va qora ranglar kombinatsiyasi mos keladi. Chunki 
qizil rang bu qiziqqonlikni bildiradi, qora esa kuch quvvatni anglatadi. Lekin bu 
ranglarni ishlatishning o‗z qoidasi bor. Ya‘ni fon rangi matn rangi rasmlar rangi va 
boshqalarni tanlashda ehtiyot bo‗lish kerak. 
Ilovalar dizayni uchun rang palitrasini tayyorlash. 
Dizaynerlik xizmati bilan shug‗ullanadigan kishilarning eng asosiy ish qurollari bu 
Photoshop, CorelDraw, Adobe Illustrator va boshqalardir. Bu dasturlarning qaysi 
birida ishlasangiz ham ularda ranglar palitrasi bor. 


96 
Duch kelgan rangni tanlash kerak emas. Avvalo o‗zingiz ishlatadigan ranglar 
palitrasini tayyorlash kerak. Har bir rangga kerakli nom beriladi. 
Photoshop dasturida ranglar palitrasi ―swatches‖ deb ataladi. 
Adobe Photoshop ranglar palitrasi 
Ranglar palitrasida tez-tez ishlatiladigan ranglarni saqlab qo‗yish lozim. 
Savol tug‗iladi, ranglar palitrasidagi ranglarni nimaga asoslab tanlaymiz? Javob 
oddiy, bu ranglarni tanlash uchun dizaynda ishlatiladigan rasmga ahamiyat berish 
kerak. Tanlangan rasmda qaysi ranglar ko‗p bo‗lsa palitra ranglari ham shu asosida 
olinishi kerak. 
Rang tanlash. 
Quyidagi rasmga etibor bering. Unda 3 xil rang ko‗p ishlatilganini ko‗rish 
mumkin. Demak boshqa ranglar ham shulardan olisnishi kerak. Ya‘ni ranglar 
palitrasini ana shular tashkil qilishi kerak. 


97 
Shu rasm asosida dizayn tayyorlanadigan bo‗lsa boshqa elementlarning rangi 
ham shu rangdan olinadi. 
Ranglar mutanosibligi. 
Hamma ranglar ham bir biri bilan mos kelavermaydi: Masalan to‗q ko‗k va 
to‗q qizil ranglar mos kelmasligi mumkin uning o‗rniga biroz ochroq rangni 
ishlatgan maqul: (Ranglar bir biridan farq qilishi kerak. Ya‘ni biri och ikkinchisi 
to‗qroq bo‗lgani maqul) 


98 
Ranglar mutanosibligini tanlash ko‗pincha ko‗p vaqt va tajriba talab qiladi. 
Shuning uchun hozirda internet tarmog‗ida tayyor rang kombinatsiyalarini 
olishingiz mumkin. Ya‘ni bir biriga mos tushadigan ranglar kolleksiyasini topish 
mumkin. 
Masalan: 
https://color.adobe.com/ 
sayti 
orqali 
ko‗plab rang 
kombinatsiyalarini olish mumkin. 
Munosib rang tanlash nafaqat reklama dizayni uchun balki saytlar dizayni 
uchun ham ko‗p ahamiyatga ega. Masalan quyidagi sayt qizil va yashil ranglardan 
iborat. Qip-qizil rang ba‘zan yoqimsiz ko‗rinish berishi mumkin. Bundan ehtiyot 
bo‗lish kerak. 


99 
Endi esa yuqoridagi rasmning rangini biroz o‗zgartiramiz. Quyidagi rasmda 
esa och rangdagi fon va matn ranglari bir biriga munosibligi chiroyli ko‗rim 
bermoqda 
Yuqoridagi rasmlardan ma‘lum bo‗lmoqda-ki, ranglar rasmni ko‗rinishiga katta 
ta‘sir ko‗rsatadi. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling