Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/82
Sana15.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1776176
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82
Bog'liq
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма

LOYIHA ASOSI 
Reja: 
Loyiha asosini tashkil etuvchilari. 
Ranglar. 
Kontrast. 
Loyiha asosini tashkil etuvchilari. 
Hozirgi vaqtda multimedia mahsulotini ishlab chiqishga juda katta e'tibor 
qaratilyapti, ayniqsa agar ED yoki kompyuter ensiklopediyasi, rivojlantiruvchi va 
o'rgatuvchi dasturlar bo'lsa. Multimedia mahsuloti nima? Birinchidan bu dastur 
mahsuloti bo'lib, foydalanuvchiga interaktiv ya'ni muloqotli rejimda odam va 
kompyuter o'rtasida komanda orqali bo'lib o'tadigan ish rejimini taklif etadi. 
Ikkinchidan bu muhitda turli audio va video effektlar ishlatiladi. 
Multimediya mahsuloti – interaktiv kompyuter ishlanmasi bo'lib, uning 
tarkibiga musiqa, videokliplar, animatsiya, suratlar va slaydlar galereyasi, turli 
ma'lumotlar ombori va x.k kirishi mumkin. 
Multimedia loyihasi ishlab chiqilganda imkon boricha ma'lum etaplar ketma-
ketligin saqlash kerak. 
I etap. Mavzuni tanlash va muammoning qo'yilishi. Mavzu aniqlangandan 
so'ng, loyihaning maqsadi va vazifasi ko'rsatilgan, multimedia loyihasini ishlab 
chiqish uchun topshiriq yozilishi kerak. 
II etap. Oby'ekt tahlili. Bu bosqichda loyiha qanday oby'ektlardan tashkil 
topishi va u obu'ektlar qanday parametrlaga egaligi ko'rib chiqiladi 
III etap. Ssenariy ishlab chiqish va model sintezi. Ssenariy ishlab chiqilganda 
loyiha bilan ishlash ketma-ketligini, ish jarayonini o'zgartirish va undan 
chiqish(ishni tugallash)ni ko'ra bilish, buzilish holatlari kelib chiqishini oldini olish 


89 
maqsadida, ularni kelib chiqishini ko'ra bilish. Shu bilan birga ishni invariantlik 
darajasini aniqlash, ya'ni bir natijaga turli yo'l bilan erishish kerak. Ssenariyga ish 
jarayonni tovushlashtirish ham kiritilgan bo'lishi kerak. 
Ikkinchi bosqich tahlil natijalarida foydalanib, bo'lajak loyiha ma'lum 
modelini tanlash. Maslan, bu alohida dastur mahsulotlari yoki loyiha ob‘yektlarin 
chaqirib olish imkoniyatiga ega bo'lgan iyerarxik model bo'lishi mumkin. Model 
tanlangandan so'ng, uning ilovalar va bog'lanishlari ko'rsatilgan sxemasini chizish 
kerak. 
IV etap. Ma'lumotni taqdim etish shakli va dastur mahsulotlarini tanlash. 
Ssenariy ishlab chiqilib, model tanlangandan so'ng loyihani amalga oshirish dastur 
mahsulotlarini aniqlash kerak. Bu bosqichda o'zingizni ikki dasturiy mahsuloti 
bilan ta'minlashingiz kerak: 

loyihani tashkil etadigan materiallarni tayyorlash va qayta ishlash: 
grafik ob‘yektlar, audio- va videoyozuvlar, matn; 

multimedia mahsuloti uchun instrumentariy. 
Dastur vositalari tanlangandan so'ng ma'lumotni taqdim etish formasini va uni 
amalga oshirish instrumentlarini tanlash kerak. 
V etap.Ob‘yekt kompyuter modeli sintezi. Tanlangan dastur mahsulotlari 
imkoniyatlari ko'rib chiqilgandan so'ng loyihani kompyuterda amalga oshirishga 
o'tish mumkin. Loyiha kompyuter modeli amalga oshirish jarayonida quyidagi ikki 
bosqichni o'tish kerak. 
Bosqich 1. Materialni ishga tayyorlash. Bu bosqichda tanlangan dastur 
mahsulotlari yordamida grafik, matn, gipertekst, audio- va videomateriallar 
tayyorlanadi. Materiallarni tayyorlash ishi yaxshi malaka talab qiladi. 
Bosqich 2. bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dastur 
mahsulotlari asosida multimedia loyihasining testlanadigan kompyuter modeli 
yaratiladi. 


90 
VI etap. Multimedia mahsuloti bilan ishlash. Endi yaratilgan ilova bilan 
ishlash: ko'rib chiqish, izlash, informatsiyani tanlash va boshqa ishlarni amalga 
oshirish mumkin. 
Ta`limiy multimediali ilovaning strukturasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi 
lozim: 

muqova; 

titul ekran; 

mundarija; 

annotatsiya; 

o‘quv materialining to‘liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik); 

o‘quv materialining qisqacha mundarijasi (sxema-kurs shaklida); 

qo‘shimcha adabiyotlar; 

o‘z bilimini tekshirish tizimi

cheklangan nazorat tizimi; 

matn fragmentlarini izlash; 

mualliflar ro‘yxati; 

tayanch iboralar; 

darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma. 
Muqova. Ta`limiy multimediali ilova muqovasi o‘z ichiga grafik, 
animatsiya, video yoki haraktlanuvchi annotatsiyadan iborat bo‘lsa o‘ziga jalb 
qiluvchi xususiyatga ega bo‘ladi. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling