Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Foydalanuvchi interfeysini standartlash
Download 3.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма
Foydalanuvchi interfeysini standartlash.
Foydalanuvchi quyidagi ko'rsatkichlar asosida baholaydi: ISO 9241-10-98 Ergonomic requirements for office work with visual display terminals (VDTs). P.11. Guidance on usability specification and measures: samaradorlik(effectiveness) - foydalanuvchi maqsadiga to'liq erishishdagi ta'siri; mahsuldorlik (efficiency)- interfeys foydalanuvchi samaradorligiga ta'siri; 82 foydalanuvchi interfeys bilan qoniqqanlik darajasi (satisfaction); samaradorlik interfeys funksionallik kriteriysi, mahsuldorlik va qoniqqanlik ergonomik kriteriysi hisoblanadi. Chiziqli o'quv matnini karkas tuzilmasida o'quv faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon beradigan ergonomik talablarni hisobga olish kerak. Ushbu talablar butun axborot hajmiga, makon xususiyatlariga, elektron matnni qabul qilish uchun maqbul sharoitga taalluqlidir. Monitorning ekrandagi umumiy vizual muhitga qo'yiladigan talablar qulay vizual muhit yaratish zarurati bilan belgilanadi. Uning qulaylik darajasini ranglarning xarakteristikalari, monitor ekranidagi ma'lumotlarni joylashtirish joylari aniqlanadi. Ergonomik talablar o'qitish samaradorligini kuchaytirishga, axborot tushunchalarini takomillashtirishga yordam beradi va elektron darsliklar uchun matnlarni tayyorlashda o'qituvchi tomonidan e'tiborga olinishi kerak. Multimedia loyihalarning katta ekranda vizual tarzda namoyish etilishi, taqdimot tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishi uchun uni taqdim etish qoidalariga rioya qilish kerak. Bunday loyihalar har xil turdagi axborotlarni o'z ichiga oladi: matn, grafik tasvirlar, musiqa va ovoz effektlari, animatsiya va video qismlar. Shuning uchun turli axborot qismlarini birlashtirishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Bundan tashqari, ushbu turdagi ma'lumotlarning har birining dizayn va namoyishi ham muayyan qoidalarga bo'ysunadi. Ekranda har xil turdagi materiallarni loyihalashtirish va taqdim etish bo'yicha tavsiyalarni ko'rib chiqamiz: Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling