Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Flat style ranglari.  Oxirgi paytlar dizaynda ―Flat


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/82
Sana15.11.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1776176
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Bog'liq
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма

Flat style ranglari. 
Oxirgi paytlar dizaynda ―Flat‖ – deb nomlangan dizayn uslubi mashhur bo‗lgan. 
Flat style uchun ham maxsus ranglar bor. Flat ranglari quyidagilardan iborat: 


100 
Flat style dizayniga quyidagi sayt misol bo‗ladi: 
Shuni unutmangki, sifatli dizayn bo‗lishi uchun xilma xil ranglarni kamroq 
ishlatish kerak. rang va elementlarni kamroq ishlatish dizaynni ko‗proq jalb 
etuvchi qiladi Professional dizaynerlar eng ko‗pi bilan 3 xil rang ishlatadi: 
Fon rangi (fon sifatida 2 xil rang ishlatish ham mumkin); 
Elementlar yoki panel rangi (saytning asosiy rangi); 
Signal beruvchi rang (knopka ranglari yoki etibor qaratuvchi elementlar); 
Ko‗p dizaynerlarning xatosi shundaki, ular dizaynga ko‗ziga chiroyli 
ko‗ringan elementlarni tartibsiz ravishda joylayveradi. Dizaynda elementlar (rasm, 
tekst, chizmalar) qancha ko‗p bo‗lsa u holda kishi etiborini kam tortadi. Dizayn 
kishi e‘tiborini tortishi uchun bitta element va ozgina matn kifoya qiladi. Aslida 
haqiqiy dizayn shunday bo‗lishi kerakki, uni bir ko‗rganda har qanday odam uchun 
tushunarli bo‗lishi kerak. 


101 
Haqiqiy dizayner: ―Yana nima qo‗shsam ekan…‖ – deb emas. Balki ―Yana 
nimani olib tashlasam ekan…‖ – deb fikrlashi kerak. 
Agar ko‗proq rang ishlatish lozim bo‗lsa u holda bir biridan ko‗p farq 
qilmaydigan ranglar bo‗lishi kerak. Masalan asosiy rang qizil bo‗lsa. Shu qizilning 
biroz ochroq ko‗rinishi yoki to‗qroq ko‗rinishi bo‗lishi kerak. 
Agar siz mahoratli dizayner bo‗lish istagida bo‗lsangiz, professional 
dizaynerlarning ishini kuzating. Turli tasviriy san‘at ko‗rgazmalari va san‘at 
galereyalariga tashrif buyuring. Internet orqali ham boshqa dizaynerlarning ishini 
tomosha qilish mumkin. Masalan: http://dribbble.com yoki http://behance.com 
saytlarida butun dunyoning turli tomonida ijod qilayotgan ijodkorlarni ishini 
kurzatishingiz mumkin. 
Agar dizaynerlik xizmati ko‗rsatsangiz, u holda ishni tezroq tugatishni emas 
balki sifatli qilishni o‗ylang. Agar biror boshqa dizaynerning ishidan ko‗chirma 
olmoqchi bo‗lsangiz uni aynan o‗zini olmang, balki o‗z ideangiz va fikrlaringizni 
ham ishlatib turli o‗zgartirishlar kiriting. Eng muhimi o‗z kasbingizga mehr qo‗yib 
ishlang. 
Multimediali ilovalarni loyihalashda rangni ishlatish tamoyillari: 

Ekranda ranglar soni 4 tagacha, ekranlar ketma-ketligida 7 gacha. negativ 
elementlar uchun past ranglar ishlatish. 

Foydalanuvchi tushunchasidagi ranglarni ishlatish. Masalan kartograf 
uchun, yashil-o'rmon, sariq- saxro. Ximik uchun, qizil issiq, ko'k – sovuq. 

Holat uchun, qizil-xavfli, yashil- davom etish. 

E'tiborni tortish uchun, oq, sariq, qizil. 

Tartiblash uchun 7 rang (raduga) ishlatish 

Ajratish uchun spektr turli qismlari ranglarini ishlatish.(qizil, yashil) 

Guruhlash uchun spektr qo'shni ranglarini ishlatish(sariq, olov rang, ko'k, 
binafsha) 


102 
Odatda 9% odamlar ranglarni ajrata olmaydilar(odatda qizil- yashil), lekin 
ular oq-qora turli darajasini ajrata oladilar. Shuning uchun multimeda loyihachilari 
bu toifa foydalanuvchilarni e'tiborga olishlari zarur. 
Kontrast. 
Multimedia ilovalarini ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan 
ob`yektlar insonlar tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerak. Vizual 
axborotlarni tashkil etishda predmetlarning fonga nisbatan kontrasti muhim rol 
o‘ynaydi. Kontrastning ikki turi mavjud: to‘g‘ri va teskari. To‘g‘ri kontrastda 
predmetlar va uning tasvirlari fonga nisbatan to‘qroq, teskari kontrastda esa ochroq 
bo‘ladi. Multimedia ilovalarida odatda har ikki turidan foydalaniladi, turli 
kadrlarda alohida va bitta kadr doirasida birgalikda. Ko‘p hollarda teskari kontrast 
ustunlik qiladi. Multimedia ilovalarining to‘g‘ri kontrastda ishlashi afzalroq 
hisoblanadi. Bu holda yorqinlikning ko‘payishi ko‘rinishning yaxshilanishiga, 
teskari holatda esa yomonlashishiga olib keladi, lekin teskari kontrastda namoyish 
etiladigan harf va belgilar, kichik o‘lchamda bo‘lganda ham to‘g‘ri kontrastga 
nisbatan aniqroq va tezroq o‘qiladi. Tasvir qismlarining nisbiy o‘lchamlari 
qanchalik katta va uning yorqinligi yuqori bo‘lsa, kontrast shunchalik kichik 
bo‘lishi kerak. Ko‘rish maydonida yorug‘likning bir me‘yorda taqsimlanishi orqali 
ekrandagi axborotlarni erkin qabul qilishga erishiladi. Kompyuter ekranidan 
axborotlarni o‘rganishni optimallashtirish uchun multimedia ilovalarini ishlab 
chiqaruvchilarga mantiqiy urg‘ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Ta‘lim 
oluvchining diqqatini ma‘lum bir obyektga jalb qilishga yo‘naltirilgan usullar 
mantiqiy urg‘ular deyiladi. Mantiqiy urg‘ularning ruhiy ta‘siri ta‘lim oluvchi 
tomonidan bosh obyektni topishga sarflanadigan vaqtning kamayishi va diqqatni 
shu obyektga jalb qilish bilan bog‘liq. 
Mantiqiy urg‘ularni yaratish uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar tez-tez 
ishlatiladi: asosiy obyektni yanada yorqinroq rang bilan tasvirlash, o‘lchamini, 
yorqinligini, joylashuvini o‘zgartirish yoki shu‘la taratuvchi rang bilan ajratish. 


103 
Mantiqiy urg‘uni son jihatidan uning intensivligi bilan baholash mumkin. 
Intensivlik obyekt rangi va yorqinligining fonga nisbatan mutanosibligiga, 
ob`yektning nisbiy o‘lchamlari tasvir fonidagi predmetlar o‘lchamiga nisbatan 
o‘zgarishiga bog‘liq. Yanada yorqinroq yoki kontrastliroq ranglar bilan belgilash 
yaxshiroq hisoblanadi, o‘lchamini yoki yorqinligini o‘zgartirish, shu‘la taratuvchi 
rang bilan ajratish unchalik yaxshi chiqmaydi. 
Nazorat savollari: 
Loyiha asosi deganda nimani tushunasiz? 
Ranglar haqida nimalarni bilasiz?. 
Kontrast nima? 


104 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling