92
sahifadagi o‘quv materialining qisqacha
mazmuni joylashgan soha
(sxema-kurs shaklida);
sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha (oldingi, keyingi
sahifaga, mundarijaga o‘tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi);
sahifadagi
matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik
resurslarida
saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga
gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus
tugmachalar yordamida
chaqiriladi;
o‘quv materialining qisqacha mazmuni. O‘quv materialining to‘liq
matni bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo‘lishi juda muhim. Sxema-
kurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema)
berilishi yaxshi
samara beradi.
O’z bilimini tekshirish tizimi. O‘z bilimini
tekshirish tizimiga alohida
e'tibor berilishi kerak. Ilovaning hamma qismini qamrab olgan,
interaktiv, bilim
darajasini yaxshi nazorat qiladigan bo‘lishi lozim. Ilova bazasidagi barcha savollar
o‘quvchi uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga,
har bir
javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak.
Matn fragmentlarini izlash. Ilovada bunday funksiyaning bo‘lishi shart.
Izlash ikki variantda bo‘lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki
shu elementni o‘z ichiga olgan so‘zlarni ham izlash.
Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro‘yxati alohida sahifada keltiriladi.
Bu sahifada
nafaqat ilova mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning
ham ro‘yxati beriladi. Bundan tashqari ilovani yaratgan tashkilotning to‘liq
rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: