Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning tasniflanishi
Reja:
1. Axborot texnologiyalarning evolyusiyasi va ularni rivojlanish bosqichlari.
2. Zamonaviy axborot texnologiyalarning rivojlanishi.
3. Axborot texnologiyalarning tasnifi.
1. Axborot texnologiyalarning evolyusiyasi va ularni rivojlanish bosqichlari
Axborot texnologiyalarning evolyusion rivojlanishini bosqichlari:
1-bosqich: Inson nutqini paydo bo’lishi.
2-bosqich: Yozuvni paydo bo’lishi.
3-bosqich: Kitob bosib chiqilishini tarqalishi (XV asr).
4-bosqich: Axborotni uzatish vositalarini, radio, telegraf, telefonni kashf qilinishi va tarqalishi (XIX asrni ohiri – XX asrni boshi).
5-bosqich: Televideniyani va elektron-hisoblash texnikasini kashf qilinishi va tarqalishi (XX asrni o’rtalari).
6-bosqich: Mikroprotsessorni kashf qilinishi, shaxsiy kompyuterni (ShK) yaratilishi (XX asrni ikkinchi yarimi – XXI asrni boshi).
Axborot texnologiyalarning rivojlanish bosqichlarini tasnifi:
1. Vazifalar va axborotlarni qayta ishlash jarayonlarini turi.
1-bosqich (60-70 yillar). Ma'lumotlarni hisoblash markazida (HM) jamoaviy foydalanish rejimida qayta ishlash
2-bosqich (80 yillardan boshlab). Strategik vazifalarini yechishga mo’ljallangan ATni yaratish.
2. Jamiyatni axboratlashtirish jarayonida paydo bo’ladigan muammolar.
1-bosqich (60 yillarni ohirigacha). EHMni cheklangan imkoniyatlari sharoitida katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash zaruriyati.
2-bosqich (70 yillarni ohirigacha). IBM/360 seriyasidagi EHMlar tarqala boshladilar.
3-bosqich (80 yillardan boshlab). ShK nokasbiy foydalanuvvchining quroliga, AT–uning qarorlarini qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi vositasiga aylandi.
4-bosqich (90 yillardan boshlab). Zamonaviy tashkilotlararo aloqalar texnologiyasini va axborot texnologiyalarini yaratilishi.
3. Kompyuter axborot texnologiyasi olib keladigan afzalliklar.
1-bosqich (60 yillardan boshlab). Sermehnat operatsiyalarni bajarishda HM zahiralaridan markazlashtirilgan jamoaviy foydalanishga mo’ljallangan holda axborotlarni samarali qayta ishlash.
2-bosqich (70 yillar o’rtalaridan boshlab). ShK yaratilishi. AT yaratilishiga yondashish o’zgarildi – yo’nalish qabul qilinadigan qarorlarini qo’llab-quvvatlash uchun individual foydalanuvchining tomoniga siljimoqda.
3-bosqich (90 yillardan boshlab). Biznesda strategik afzalliklarni tahlil qilish zarurligi. Axborotlarni taqsimlangan qayta ishlashning telekommunikatsion texnologiyasidan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |