4. Texnologiya qurorlarining turlari.
1-bosqich (XIX asrning 2-yarimigachan). “Qo’lli” axborot texnologiya, qo’rollari: pero, siyohdon, kitob.
2-bosqich (XIX asrning ohiridan). “Mexanik” texnologiya, qurollari: yozuv mashinka, telefon, diktofon va boshq.
3-bosqich (XX asrning 40-60 yillari). “Elektr” texnologiyasi, qurollari: katta EHM va tegishli DT, elektr yozuv mashinkalar, kseroks, portativ diktofon.
4-bosqich (70 yillardan boshlab). “Elektron” texnologiyasi, asosiy quroli katta EHM va ular asosida qurilgan ABT va axborot-qidiruv tizimlari.
5-bosqich (80 yillar yarimidan boshlab). “Kompyuter” (“yangi”) texnologiya, asosiy qurollari bo’lib ShK hisoblanadi
2. Zamonaviy axborot texnologiyalarning rivojlanishi
Yangi axborot texnologiyalar shaxsiy kompyuterlardan foydalanishga, yakuniy (dasturlash sohasida professional bo’lmagan) foydalanuvchilarning axborot jarayonlarida faol ishtirokiga, foydalanuvchining yuqori darajadagi do’stona interfeysiga, umumiy va muammoga mo’ljallangan amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, hisoblash tarmog’i tufayli foydalanuvchi uchun taqsimlangan ma'lumotlar bazasiga va dasturlarga murojaat qilish imkoniga asoslangan.
Integrallashgan axborot texnologiya – alohida texnologiyalarni o’zaro aloqa majmuasi, ya'ni har xil texnologiyalarni ular orasidagi rivojlangan axborot o’zaro aloqasini tashkil etish bilan birlashishi.
Avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki – bu ma'lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va jamoaviy foydalanish uchun dasturiy va texnik vositalarning majmuasi
Bilimlar bazasi – bu elektron holda maxsus tarzda tashkil qilingan va qaysi bir predmet sohaga tegishli tushunchalar, qoidalar va dalillarning tizimlashtirilgan majmuasini saqlovchi axborot.
Ekspert tizim – kasbiy faoliyatning aniq sohasining bilimlarini jamlovchi va mutaxassisga iqtisodiy vaziyatlarni tadqiq qilishda va boshqaruv ta'sirlarni shakllantirishda maslaxat beruvchi rolini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |