Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning tasniflanishi
Download 21.77 Kb.
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning tasniflanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Axborot texnologiyalarning tasnifi
- Taminlovchi
- Paketli
- Tarmoqli
- Ko’p darajali
Kompyuter grafikasi – tasviriy axborotni kiritish, qayta ishlash va tasvirlash, hamda ma'lumotlarni tasviriy shaklga qayta tashkil qilish uchun usullar, algoritmlar, dasturiy va apparat vositalar tizimidir.
Multimedia vositalar – foydalanuvchi uchun ShK bilan o’zi uchun tabbiiy muhitlardan: tovush, video, tasvir, matnlar, animatsiyadan va boshqalardan foydalangan holda muloqatni amalga oshiruvchi apparat va dasturiy vositalar majmuasi. 3. Axborot texnologiyalarning tasnifi Axborot texnologiyalarning quyidagi alomatlar bo’yicha tasniflanadi: 1. Belgilanish va foydalanish xarakteri bo’yicha 2. Foydalanuvchining interfeysi bo’yicha 3. Tarmoqli o’zaro aloqani tashkil qilish usuli bo’yicha 4. Qurilish prinsipi bo’yicha 5. Boshqaruv vazifalarini qamrash darajasi bo’yicha 6. Texnik vositalarni foydalaluvchi bilan muloqatda ishtirok etishi bo’yicha 7. Ishlab chiqarish texnologiyasini boshqarish usuli bo’yicha Belgilanish va foydalanish xarakteri bo’yicha AT ta'minlovchi va vazifaviyga bo’linadi. Ta'minlovchi AT bu - matnli qayta ishlash texnologiyalari; multimedia texnologiyalari; ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalari; belgilarni tanib olish texnologiyalari; telekommunikatsion texnologiyalar; sun'iy intelekt texnologiyalari; va boshq. Vazifaviy AT – bu ofis texnologiyalari; moliyaviy texnologiyalar; ta'limda axborot texnologiyalari; avtomatlashtirilgan loyihalashtirish texnologiyalari va boshq. Foydalanuvchining interfeysi bo’yicha AT quyidagicha tasniflanadi: - Paketli - axborotni qayta ishlash operatsiyalarini oldindan belgilangan izchilligida bajariladi va foydalanuvchining aralashishini talab qilmaydi. - Muloqatli - foydalanuvchiga haqiqiy vaqt rejimida tizimda saqlanuvchi axborot resurslari bilan o’zaro hamkorlik qilishning cheklanmagan imkonini beradi va bunda vazifaviy masalalarni hal qilish va qarorlar qabul qilish uchun barcha zaruriy axborotlar olinadi. - Tarmoqli - foydalanuvchiga maxsus aloqa vositalari yordamida xududiy taqsimlangan axborot va hisoblash resurslarigan murojaat qilish imkonini beradi. Tarmoqli o’zaro aloqani tashkil qilish usuli bo’yicha ATning tasnifi: - Mahalliy. Ijtimoiy – apparatli, dasturiy va axborot resurslardan jamoaviy foydalanishga mo’ljalllangan axborotlarni cheklangan xududda uzatish saqlash va ishlab chiqishning o’zaro bog’langan va taqsimlangan vositalari tizimlardan iborat. - Ko’p darajali. Yaratilayotgan tarmoq arxitekturasini ierarxik darajalar ko’rinishidan iborat, ularning har biri belgilangan vazifaviy masalalarni yechadi. - Taqsimlangan. Turli tuman axborotlarni tarmoqning xududdiy uzoqda joylashgan tugunlari o’rtasida yagona axborot infratuzulmasidan foydalanish bilan ishonchli uzatishni ta'minlaydi. Download 21.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling