Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana07.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1437529
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar

“Kitobxon ona”
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari yuzasidan 
savol va javoblar:
1.O‘tkan kunlar asarida Otabek va Kumushning nikoh marosi-
mida kimga isiriqni hozirlash aytiladi?
Javob: Oftoboyimga (32-bet)
2.“-Yuzlari qizil, og‘zi ilpaygan, ko‘zlari o‘ynab allakimni qi-
diradi” – ushbu fikr kim(lar) haqida?
Javob: Kuyovni ko‘rishga yig‘ilgan mahalla kishilari (32-bet)
3.Asarda “pes-pesni qorong‘uda topgan ekan” maqoli kimlar-
ga nisbatan keltirilgan?


27
Javob: Otabek va Mirzakarim qutidorga (37-bet)
4. Qo‘rboshi tilidan aytilgan “buzuqilar uyasi” ta’rifi kimlar 
haqida?
Javob: Qora choponliqlar (39-bet)
5. Muallif tilidan Qutidor qaysi paytda chin o‘lik tusiga kir-
gan edi?
Javob: Qushbegi ular ustidan hukmnomani o‘qiganda (54-bet)
6. Kim tomonidan Rayimbek dotqo yaralanib halok bo‘ladi?
Javob: Usta Mo‘minjon (62-bet)
7. Otabek Musulmonqul tomonidan o‘limga buyurilganda 
kimdan kelgan maktub uni qutqaradi?
Javob: Normuhammad qushbegidan (71-bet)
8. Asarda qaysi obraz ichidagi iltimosini Normuhammad 
qushbegiga aytib, o‘zini “qush uchgan so‘ng otilmoqchi bo‘lgan 
sopqon” qabilida hisoblaydi?
Javob: Yusufbek xoji (63-bet)
9. Xasanali Otabek uchun sovchilikka borish haqidagi fikrni 
kim bilan kelishadi?
Javob: Ziyo shohichi (21-bet)
10. Qayin ota eshigidan quvilgan Otabekka Marg‘ilonda kim 
qo‘nim beradi?
Javob: Usta Alim (115-bet)
11. Usta Farfi Komilbekning o‘limi to‘g‘risidagi mish-mishda 
qotilni kim deb gumon qiladi?
Javob: Xomid (130-bet) 
12. Yusufbek xoji “xo‘sh” so‘zini qachon ishlatar edi?
Javob: Gapga tushunmagan bo‘lsa (73-bet)
13. Asardagi qaysi obraz Musulmonqulning otalig‘idan quti-
lib, mustaqil o‘zi xon bo‘lishni istaydi?
Javob: Xudoyor (155-bet)
14. O‘zbek oyim Kumushning Marg‘ilondan kelishlari muno-
sabati bilan tayyorlagan sarpolarga qanoat qilmay, kelinligidagi 
o‘ziga tegishli qanday buyumini qo‘shtiradi? 
Javob: Qalmoqli sallachasini (178-bet)


28
15. Yusufbek xoji Kumushning aqli va muomalasiga mahliyo 
bo‘lganidan uni kim (nima) deb atagisi kelardi?
Javob: Farishta (192-bet)
16. Yozuvchi “O‘tkan kunlar” hikoyalarini kimdan bir necha 
marta eshitadi?
Javob: Otasidan (208-bet)
17. O‘g‘illik bo‘lgan Otabek onasiga nima suyunchi beradi?
Javob: bir tilla (216-bet)
18. Marg‘ilonlikning domlasi O‘zbek oyim ta’biricha nima 
deb ataladi?
Javob: sihirchi (jodugar) hindi (174-bet)
19. Kumushning to‘yida “Yig‘larman” qo‘shig‘ini aytgan 
qiz... Javob: Gulsin (30-bet)
20. Otabek qayerda mashshoqdan “haydalish kuyi”ni chali- 
shini so‘raydi?
Javob: bo‘zaxonada (Chuqursoyda, 123-bet)


29

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling