Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana07.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1437529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Kirish so‘z
XXI asr axborot asri deb atalmoqda. Bu insoniyat hayotida 
axborotning roli naqadar oshganligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, 
axborot olamidagi ustunlik ko‘p narsani hal etadigan bugungi va-
ziyatda mustaqil shaxsni tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, 
balki ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. 
Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning ho-
zirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning 
maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zga-
rishlar xalqaro amaliyotga mos bo‘lishi zarur. O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Res-
publikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni ya-
nada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarori aynan 
jahon andozalariga mos ravishda axborot-kutubxona xizmatini 
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda sohaga berilgan katta imkoniyat-
lardan biri hisoblanadi. Ushbu qarorning 5-bandida aholiga ax-
borot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha masofadan 
xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish aniq 
vazifa qilib belgilab berilgan. Mazkur belgilangan vazifalarning 
ijrosi bo‘yicha axborot-kutubxona muassasalarida aholiga yana-
da qulay axborot-kutubxona xizmatini, ayniqsa masofadan xiz-
mat ko‘rsatish ishlari keng miqyosda yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Axborot-kutubxona muassasalari bu nafaqat kitobxonlar ax-
borot olishi uchun balki, ularni mutolaaga jalb qilish, bo‘sh vaqt-
larini unumli tashkil etishga yordam beradigan tadbirlar tashkil 
qilinadigan ijodiy, madaniy muassasalardir.
Ommaviy tadbirlarning afzalligi shundaki, ushbu tadbirlar ki-
tobxonlarning umumiy qiziqishlarini tezda qondirish imkoniya-
tini beradi. Ommaviy tadbirda texnika vositalarini qo‘llash, ijti-
moiy, siyosiy tashkilotlar, OAVlari bilan hamkorlik qilish, uning 
sifati va darajasini ko‘taradi, ommaviylik xususiyatini oshiradi. 


4
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot texnologiyalari-
ning keng qo‘llanilishi natijasida onlayn tadbirlar ham o‘tkazili- 
shi an’anaga aylanib ulgurdi.
Tadbirlarni onlayn shaklda tashkil etishdan maqsad: foydala-
nuvchilar ko‘lamini kengaytirish;
ularga masofadan turib o‘zlari xohlagan tadbirlarda ishtirok 
etish imkonini yaratish;
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish. 
Shuni unutmaslik lozimki, har qanday tadbirda kitobxonlikni 
targ‘ib etish birlamchi o‘rinda bo‘lishi lozim.
Ushbu metodik qo‘llanma sohada axborot-texnologiyalaridan 
unumli foydalanishni targ‘ib etish, hamda axborot-kutubxona 
muassasalarida foydalanuvchilarning onlayn tadbirlarga bo‘lgan 
ehtiyojlari ortganini hisobga olgan holda yaratildi. 
Metodik qo‘llanmada onlayn tadbirlarni tashkil etish va o‘tka-
zish batafsil bayon etilgan.


5

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling