Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o


fleshmobni alohida ta’kidlash joiz.  Fleshmob


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana07.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1437529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar

fleshmobni alohida ta’kidlash joiz. 
Fleshmob –Internet orqali tarqatiladigan ommaviy aksiya 
bo‘lib, unda katta guruh bir xil turdagi oldindan rejalashtirilgan 
(senariy) harakatlarni amalga oshiradi.
Internet-fleshmoblar barcha foydalanuvchilar uchun tashkil 
etilgan bo‘lib, ularni hayratda qoldirish, qiziqtirish, kayfiyatini 
ko‘tarish uchun yaratilgan. Ular asosan, ommaviy harakatlarda 
ishtirok etib o‘zini namoyon etish uchun Internet-fleshmoblarda 
qatnashadilar.
Chellendj (Inglizcha Challenge – “chaqiruv” so‘zidan olin-
gan bo‘lib, “bellashishga chaqirish” deb tarjima qilinadi) – Inter-
net-roliklar janri bo‘lib, unda bloger videokamera orqali ma’lum 
mavzuga oid vazifani bajarib, videorolik oladi va uni tarmoqqa 
joylashtiradi. Bu videorolik orqali undagi vazifani o‘z obunachi-
lariga yoki chegaralanmagan foydalanuvchilar doirasida takror-
lashni taklif qiladi.
Onlayn mahorat darsi –Internet orqali ijodiy faoliyatning 
(musiqa, adabiyot, aktyorlik, hunarmandchilik va h.k.) ma’lum 
bir soha mutaxassisi tomonidan o‘tkaziladigan amaliy ko‘nikma-
larni oshirish bo‘yicha o‘ziga xos dars usuli, mashg‘ulot. 
Mahorat darsining ijobiy tomoni, unga oid matnli va video 
kontentning kutubxona veb-saytida yoki ijtimoiy tarmoqlarida 
joylashtirilishi va istalgan vaqtda ko‘rish imkoniyati mavjudli-
gidir. Shuningdek, mahorat darsi ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan 
to‘g‘ri muloqatda bo‘lib, izohlarda berilgan savollarga javob be-
rish imkoni ham mavjud.
Vebinar – (inglizcha webinar) uchrashuvlar, seminarlar, tre-
ninglar va boshqa tadbirlarni internet orqali onlayn tashkil qilish 
usuli. Vebinarni tashkil qilish uchun videokonferens aloqa texno-
logiyalari, internet-telefoniya va boshqa usullardan foydalaniladi. 


8
Vebinarlar masofaviy ta’limda va kutubxonalarda foydalanuvchi-
larga masofaviy xizmat ko‘rsatishda yordam beradi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling