Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o
Onlayn tadbirlar o‘tkaziladigan platformalar
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Google Forms
Onlayn tadbirlar o‘tkaziladigan platformalar
Onlayn tadbirlarni ishtirokchilarning ma’ruzachilar bilan jonli muloqotini samarali tashkil qilish zarur. Onlayn tadbirlarda quyi- dagi vositalar (platformalar): Zoom, Skype ishlatiladi. Zoom – videokonferensiyalar, onlayn uchrashuvlar va maso- faviy o‘qitish imkonini beruvchi dastur. Pullik va bepul rejimlari bor. Bepul akkauntlar uchun eng koʻpi bilan100 kishini qoʻshish mumkin boʻlgan, vaqt rejimi 40 daqiqagacha chegaralangan vi- deotelefoniya servisini taqdim etadi. Foydalanuvchilar pullik ta- riflardan birini tanlagan holda 500 kishigacha qoʻshish imkonini beruvchi va cheklanmagan vaqtga ega boʻlgan videokonferen- siyalarni uyushtirishlari mumkin. Skype – kompyuterlar o‘rtasida Internet orqali matnli, ovozli va video aloqalarni ta’minlaydigan bepul dastur. Dastur shuning- dek, konferens-qo‘ng‘iroqlarni, video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi (tashabbuskori bilan birga 50 ta abo- nentga). Matnli xabarlar (chat) va fayllarni uzatishni ta’minlaydi. Google Forms –onlayn so‘rovnomalarni yaratish va o‘tkazish uchun bulutli texnologiyalarga* asoslangan platformadir. Shu bi- lan birgalikda, Google Forms platformasi taklifnomalar yaratish, foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ish yoki viktorinalar yara- tish uchun onlayn vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu platforma xizmatla- ridan internet yordamida foydalaniladi. So‘rovnoma, taklifnoma, viktorinalar shakllari tayyor na- munaviy shakllar (shablonlar) yordamida yoki noldan yaratili- shi mumkin. Shakllar foydalanuvchi tanlashi mumkin bo‘lgan juda ko‘p sonli sozlamalarga ega. Bunda shakllarning dizaynini * Bu texnologiya ma’lumotlar va resurslarni onlayn-serverda saqlaydi- gan va foydalanuvchi to’g’ridan-to’g’ri kompyuterning qattiq diskida saqlash o’rniga xavfsiz foydalanish uchun ishlatiladi. Bulutli texnologiyalarining yana bir yaxshi tarafi bu online serverlardan dunyonining xohlagan nuqtasida turib ma’lumotlarni kiritish yoki qabul qilish mumkin. 14 o‘zgartirishingiz, rasmlar qo‘yishingiz, yozuvlar shriftlarini bel- gilashingiz mumkin. Tayyor so‘rovnomalar havolalarini alma- shish va joylashtirish orqali tarqatiladi. So‘rov natijalarini grafik sifatida ko‘rish mumkin va respondentlarning javoblari avtoma- tik ravishda Google Sheets jadvallariga kiritiladi. Google Forms xususiyatlari: Oddiy va murakkab so‘rovlarni yaratish; Rasmlar va videolarni joylashtirish. Tayyor shablonlar to‘plamining mavjudligi; Javoblarni tahlil qilish va avtomatik hisobotlar olish; So‘rovnomani pochta orqali yuborish yoki ijtimoiy tarmoqlar- da tarqatish imkoniyati; So‘rovnomada 2 milliontagacha javoblarni olish mumkinligi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling