Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onlayn tanlovlar
- Virtual sayohat
Onlayn ko‘rsatuvlar – sodir bo‘layotgan voqealarni (repor-
taj, voqea) Internet orqali jonli ravishda uzatish. Onlayn viktorinalar – saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahi- falarda test ko‘rinishida taqdim etilgan savol-javob viktorinalar, bunda foydalanuvchi ro‘yxatda berilgan javoblardan to‘g‘ri ja- vobni tanlaydi. Aks aloqa yoki to‘g‘ri javoblarni ko‘rish imko- niyati bo‘lishi kerak. Onlayn tanlovlar – belgilangan shartlarga muvofiq chizma- lar, fotosuratlar, videolarni taqdim etish orqali internetda o‘tkazi- ladigan tanlov. Elektron resurslarni targ‘ib qilish uchun onlayn shakllar Onlayn adabiyotlar sharhi –virtual olamda olib boriladigan bosma nashrlar yoki elektron kitoblar haqidagi ravon berilgan ma’lumotlar ketma-ketligi. Ular video, taqdimot, post shaklida bo‘lishi mumkin. Virtual sayohat – ushbu tadbir turi orqali kutubxona bilan on- layn ekskursiya tashkil etiladi. Bunda foydalanuvchi kutubxona- ning jarayonlari bilan tanishish, kutubxona qanday dargoh ekan- ligini tasavvur qilish imkonini beradi. Virtual kitob ko‘rgazmasi –internet tarmog‘ida veb texno- logiyalardan foydalangan holda matbuot va bosma nashrlarning, shuningdek, kutubxonadan masofadan turib foydalanuvchilar ko‘rishi, tanishishi va ulardan foydalanishi uchun tavsiya etiladi- gan elektron resurslar. Ko‘rgazma nashrlarining virtual taqdimoti, ularning mazmu- nini ochib beradi, elektron shaklda mavjud bo‘lgan va erkin foy- dalanish mumkin bo‘lgan bibliografik, ensiklopedik, faktografik materiallar bo‘lishi talab etiladi. Virtual ko‘rgazmalar kutubxona veb-saytlariga joylashtiriladi. Ushbu ko‘rgazmalarning afzalliklari: 9 ko‘rgazmani ko‘rish uchun foydalanuvchi kutubxonada bo‘lishi shart emas, internetga kirishning o‘zi kifoya. Foydalanuvchi har qanday vaqtda ko‘rgazma bilan tanishishi mumkin; an’anaviy ko‘rgazmaga nisbatan ko‘plab hujjatlarni namoyish etish imkoniyati mavjud. Ko‘rgazmada ko‘plab kitoblar taqdim etilishi va istalgan vaqtda ularni tahrirlash va yangilarini na- moyish qilish mumkin; har bir hujjat annotatsiya, referat, tarkibiy jadvalning nusxasi yoki matn qismlari, rasmlar, asar yaratilish tarixi, audio va video hujjatlar bilan birgalikda joylashtirilishi mumkin; virtual ko‘rgazmada taqdim etilgan hujjatlarga zarar yetmaydi. Internetdagi ko‘rgazma doimiy ravishda ishlashi mumkin; virtual ko‘rgazmalarni yaratish an’anaviy ko‘rgazmalarni tashkil qilishdan kamxarjroq; kutubxona veb-saytiga yangi foydalanuvchilarni jalb qilishda yordam beradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling