Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o
“Kitobxon yoshlar” hamda ularning ota-onalari uchun
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kitobxon ota” “Qobusnoma” asari yuzasidan savol va javoblarlar
“Kitobxon yoshlar” hamda ularning ota-onalari uchun
“Kitobxon ota” va “Kitobxon ona” ko‘rik-tanlovlari uchun tayyorlangan testlardan namunalar “Kitobxon yoshlar” Anvar Obidjonning “Meshpolvon jangga otlanadi” asari yuzasidan savol va javoblar: 1.Yozuvchi Meshpolvonning boshini qanday ta’riflaydi? Javob: Yozyovon cho‘lidek yap-yalang (4-bet) 2.Meshpolvonning bolalik quvonchlaridan mahrum qilgan yirtqich shoh kim? Javob: Sepkilshoh (5-bet) 3.Asarda qora papoq kiyganlar deb kimlar nazarda tutiladi? Javob: Askarlar (5-bet) 4.Meshpolvon o‘tin yormoqchi bo‘lganida nimani sindirib qo‘yadi? Javob: Sopol tog‘arani (8-bet) 5.Sepkilshohning elatiga yurish boshlamoqchi bo‘lgan Meshpolvon nimani ijaraga olib, hamrohlik qiladi? Javob: Oqsoq xachirni (9-bet) 6.Meshpolvonni qayerda og‘zi-burni sho‘ttak tuzga to‘ladi? Javob: Sahroda (12-bet) 7.Meshpolvon ilonlarni nima bilan chalg‘itib xachirini qutqa- radi? Javob: tolqon (13-bet) 8.Meshpolvonni sahroda nima ta’qib qiladi? Javob: Echkiemarlar galasi (16-bet) 9.Sahroda Meshpolvon vahimaga tushganda unga kim yo‘liqa- di? Javob: Oshiq bola (18-bet) 10.Asarda xalqqa be’mani soliqlar solib to‘plab yuruvchi obraz. Javob: Nahang o‘lponchi (33-bet) 25 “Kitobxon ota” “Qobusnoma” asari yuzasidan savol va javoblarlar: 1. Muallif asarni kimga bag‘ishlagan? Javob: o‘g‘li Gilonshohga (3-bet) 2. Muallif asarni kimning sharafiga “Qobusnoma” deb nomlay- di? Javob: Bobosi Shamsul maoliy Qobus sharafiga (3-bet) 3. Asarni birinchi marta o‘zbek (turkiy) tiliga kim tarjima qil- gan? Javob: Muxammad Rizo Ogahiy (11-bet) 4. Asarda “o‘g‘ri o‘g‘irlay olmaydi, o‘tda yonmaydi, suvda oqmaydi” ta’rifi nimaga berilgan? Javob: Aqlga (26-bet) 5. Ganjaning podshohi Abu Suvor Kaykovusdan qaysi qishloq haqida so‘raydi? Javob: Gurgan qishlog‘i haqida (36-bet) 6. Ko‘zada suv ko‘targan ayollar sizak nomli ko‘k qurtni bosib o‘ldirsalar qanday hodisa yuz beradi? Javob: Ko‘zadagi suv sasib, badbo‘y bo‘lib qoladi (36-bet) 7. Har oyda shaharda nechta odamni bu dunyoni tark etganli- gini pardozgir usta ko‘za ichidagi nimadan aniqlar edi? Javob: toshlarni sanab (45-bet) 8. Inson qanday ikki holatda dunyoda bo‘layotgan voqeliklar- dan bexabar bo‘ladi? Javob: Uxlagan va o‘lik holida (64-bet) 9. Kaykovus asarda sharobxo‘rlikning ikki oqibati haqida nima deb keltirgan? Javob: Devonalik va bemorlik (52-bet) 10. Amir binni Laysning qanday nuqsoni bor edi? Javob: Bir ko‘zi ko‘r edi (67-bet) 11. “Uy olmoqchi bo‘lsang avval qo‘shnini ko‘r” iborasi qaysi millat vakillari tomonidan aytilgan? Javob: Arablar tomonidan (79-bet) 26 12. Asarda eng yaxshi deb qaysi rangdagi otlar aytilgan? Javob: To‘riq va xurmo rangdagi otlar (81-bet) 13. Muallifning fikricha ota farzandiga o‘rgatishi kerak bo‘lgan eng zarur hunar qaysi? Javob: Suzish (86-bet) 14. Ayol podshoh Sayyida kimning bevasi edi? Javob: Faxruddavlaning (94-bet) 15. Muallif yorqin charaqlab turgan yulduzlarni qaysi gulga qiyoslaydi? Javob: Oq nargis gulga (119-bet) 16. Abu Asir hojib tomonidan ob-havosi nihoyatda yomon deb qaysi viloyat aytilgan? Javob: Burda’ viloyati (130-bet) 17. Abdumalik Aqayriyning lavozimi nima edi? Javob: qozi (133-bet) 18. Asarda podshoh va uning fuqarolariga qanday ta’rif beril- gan? Javob: Podshoh-cho‘pon, fuqarolar-qo‘ysuruvi (148-bet) 19. Kaykovus sakkiz yil kimning yaqin xizmatkori bo‘lgan? Javob: G‘azninda sulton Mavludning (151-bet) 20. Kaykovus ushbu asarni yozganda necha yoshda edi? Javob: 63 yoshda (164-bet) Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling