Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o
III. Tanlovning vazifalari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Tanlovni tashkil etish
- V. Tanlovni o‘tkazish tartibi
III. Tanlovning vazifalari
8. Oilaviy kitobxonlar orasida badiiy asarlar o‘qish targ‘iboti orqali vatanparvarlik, yurtga sadoqat bilan xizmat qilish, inso- niylik va o‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash; yoshlar ongiga ma’rifiy va mafkuraviy tushunchalarni singdi- rib borish, ularda milliy va axloqiy, huquqiy tarbiyani, boy adabiy merosimizga bo‘lgan mehr va hurmatni kuchaytirish. IV. Tanlovni tashkil etish 9. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish axborot-kutubxona muas- sasalari (keyingi o‘rinlarlarda – tashkilotchi) zimmasiga yuklati- ladi. 10.Tanlov tashkilotchisining vazifalari: -hakamlar hay’ati uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash; -tanlovni o‘z vaqtida targ‘ib qilinishini ta’minlash; -tanlovni o‘tkazishda ishtirok etadigan idora va tashkilotlar bi- lan hamkorlik qilish; -tanlov materiallarini to‘plash va ro‘yxatdan o‘tkazish; -tanlovni tashkil etish va yuqori o‘tkazishga tegishli (metodik, tashkiliy, texnik) tayyorgarliklar ko‘rsh; -mukofot va sovg’alarni tayyorlash; -tanlov natijalari bo‘yicha hisobot hujjatlarini tayyorlash. V. Tanlovni o‘tkazish tartibi 11. Axborot-kutubxona muassasalarining ijtimoiy tarmoqlar- dagi sahifalari orqali o‘tkaziladi. 12. Tanlov biror bir adib yoki uning asari yuzasidan o‘tkaziladi va bir hafta oldin e’lon qilinadi. Savollar ishchi komissiya tomo- nidan tuziladi. 13. Tanlov g‘olibi sifatida ishtirokchilar orasidan savollarga eng ko‘p javob bergan 1 nafari tanlab olinadi. To‘g‘ri javob ber- 23 ganlar soni teng bo‘lgan taqdirda, ularga yana qo‘shimcha savol beriladi va g‘olib aniqlanadi. 14. Tanlov ijtimoiy tarmoq sahifalarida (facebook yoki teleg- ram) e’lon qilingan xabar ostida o‘tkaziladi. Tanlovning borish ja- rayoni barcha ishtirokchilar tomonidan kuzatib boriladi. 15. Tanlovning har bir bosqichi ma’lum bir adib yoki uning asari haqida bo‘ladi. Savollar kamida 25 tani tashkil etishi kerak. 16. Ijtimoiy tarmoqlarda tanlov qaysi kun, qaysi vaqtda o‘tka- zilishi, savollar va uning miqdori e’lon qilinadi. 17. Ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan har bir yo‘nalishning sovg‘asi tanlov o‘tkazilishidan oldin e’lon qilinadi va sovg‘alar g‘oliblarga yetkazib beriladi. 18. G‘oliblarga homiylar tomonidan ham sovg‘alar tayyorla- nishi va yuborilishi mumkin. Homiylarning shaxsi ularning rozi- ligi bilan oshkor etiladi. Izoh: Mazkur namunaviy nizom talablariga muvofiq, zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan holda “Mumtoz g‘azallar bilimdoni”, “Kitobxon ota” va “Kitobxon ona” “Aniq fanlar bilimdoni”, “Tarix bilimdoni”, “Tabiiy fanlar bilimdoni”, “Chet tillari bilimdoni”, “Yosh dasturchi” tanlovlarini ham o‘tka- zish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling