Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o


Onlayn tadbirlardagi asosiy tushunchalar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana07.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1437529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Onlayn tadbirlardagi asosiy tushunchalar
Onlayn platforma - kontentni joylashtirish uchun elektron 
maydon (ijtimoiy tarmoq, Internet-Portal, sayt, xizmat).
Onlayn auditoriya - kontentning yakuniy iste’molchisi bo‘lib, 
ijtimoiy tarmoqlar, Internet xizmatlari va boshqa onlayn saytlar-
ning a’zolari va foydalanuvchilari.
Onlayn tadbir ishtirokchilari - elektron platformalarda on-
layn tadbir tashkil etadigan va onlayn tadbirda faol ishtirok etgan 
Internet foydalanuvchilari.
Onlayn tadbirni tomosha qilish - onlayn tashrif buyuruvchi-
ning elektron platformalarda joylashtirilgan raqamli ko‘rsatkichi. 
Elektron platformalarga tashrif buyuruvchilar faoliyatini 
o‘lchash va tahlil qilish uchun maxsus xizmatlardan foydalangan 
holda yoki avtomatik ravishda aks ettiriladi.
Onlayn translyatsiya (jonli efir) - zamonaviy raqamli xiz-
matlar, texnikalar, uskunalardan foydalangan holda audiovizual 
tasvirni real vaqt rejimida uzatish va tomoshabinlar bilan to‘g‘ri-
dan-to‘g‘ri muloqot qilish jarayoni. 
Onlayn tadbir turlari va ularning tavsifi
Hozirgi kunda axborot ko‘lamining kengligi, yoshlarning 
axborot-kutubxona xizmatidan masofadan turib foydalanishga 
bo‘lgan ehtiyojlari, shuningdek, dunyoda bo‘layotgan o‘zgarish-
lar onlayn tadbirlarning samarador ekanligini ko‘rsatib bermoq-
da. Shuni inobatga olgan holda axborot-kutubxona muassasalari 
o‘zlarining rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqa-
li masofadan turib ishlashni yo‘lga qo‘ydilar. O‘quvchi-yoshlar-
ning bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazish, ularning bilim 
olish darajasini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
axborot-kutubxona xizmatlarining onlayn shakllari taqdim etib 
kelinmoqda.


6
Bularga:
-axborot-kutubxona muassasalarining rasmiy veb-saytlar 
orqali elektron katalogga va to‘liq matnli ma’lumotlar bazalariga 
kirish; 
- kutubxonaga (masofadan turib) ro‘yxatdan o‘tish;
- virtual xizmatlari;
-ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan kutubxona tadbirlarda 
ishtirok etish;
- hujjatlarni elektron tarzda yetkazib berish.
Axborot-kutubxona muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlar 
formati butunlay o‘zgardi, oflayn tadbirlar bilan bir qatorda on-
layn tadbirlar ham o‘tkazilmoqda. Kutubxonada ijtimoiy tarmoq-
lar, veb-saytlar orqali foydalanuvchilar bilan muloqot qilish, ular 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish, va qiziqishlari asosida fikrla-
rini bilish imkonini beradigan turli xil onlayn tadbirlarning turlari 
mavjud: 
onlayn-fleshmoblar;
chellendjlar;
onlayn mahorat darslari;
vebinarlar;
onlayn ko‘rsatuvlar;
onlayn aksiyalar;
onlayn viktorinalar;
onlayn-tanlovlar;
onlayn-konsertlar;
virtual sayohat;
yozuvchi bilan onlayn uchrashuv;
ovozli o‘qish va hokazolar. 
Shuningdek, foydalanuvchilarga veb-saytlar, ijtimoiy tarmoq-
lar orqali elektron resurslarni targ‘ib qilish va qiziqish uyg‘otish-
ning onlayn shakllari mavjud:
virtual ko‘rgazmalar;
kitoblar sharhi;
buktreylerlar;


7
multimedialar;
videoroliklar;
prezentatsiyalar va hokazo.
Kitoblar va mutolaani targ‘ib qilishga yordam beradigan ak-
siyalar orasida 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling