Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o
Buktreylerlarning yaratilish tamoyillari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar
Buktreylerlarning yaratilish tamoyillari
1. Videolavhaning o‘rtacha intervali – 1 yoki 3 daqiqa. Albatta, ko‘proq vaqt oralig‘ini olish mumkin, lekin faqat man- tiqiy tartibga solingan bo‘lishi shart. Buktreyler 4 daqiqadan ortiq bo‘lsa, ikki qismga ajratish mumkin. 2. Illyustratsiyalarning bir xilligini kuzatish tavsiya etiladi: chizilgan rasmlar – chizilgan holda, voqeani ifodalovchi animat- sion rasmlar – animatsion holda, agar fotosurat bo‘lsa – fotosurat holida. Bunday holatda musiqa va video uslubini kuzatish maq- sadga muvofiqdir. 3. Buktreyler tomoshabinni o‘ziga bog‘lab olishi va qiziqtirishi kerak. Buning uchun faqatgina yorqin va ajoyib rasmlarni emas, balki asarni ochib beruvchi iqtiboslarni tanlash muhimdir. Asar- ning ma’nosini gapirib berish shart emas. Agarda tanlangan iqti- boslarda tomoshabin uchun tushunarsiz so‘zlar mavjud bo‘lsa, bu holda, asar qahramonlari o‘rtasidagi kichik muloqotlardan ham foydalanish mumkin. 4. E’tiborni sifat va oddiylikka qaratish kerak. Ovoz treklari yuqori sifatli, shovqin ta’sirisiz va bir tovush darajasida bo‘lishi kerak. Tasvirlar – toza va begona elementlarsiz (logotip yoki rek- lama belgilarisiz) bo‘lishi kerak. 5. Titr va subtitrdagi matn shriftlari aniq va o‘qilishi oson bo‘lgan ranglarda aks ettirilishi kerak. O‘zingizdan boshqa hech kim o‘qiy olmaydigan chiroyli yoki bezakli shriftlardan ko‘ra, yaxshisi oddiy va taniqli bo‘lgan TIMES NEW ROMAN shrifti- dan foydalangan afzalroq. Chunki buktreylerni siz o‘zingiz uchun emas, balki kitobxonlar uchun yaratmoqchisiz. Demak, har qan- 12 day ortiqcha murakkabliklardan holi bo‘lgan holda, oddiy buk- treyler yaratishga harakat qiling. 6. Mualliflik huquqini esdan chiqarmagan holda, foydala- nayotgan begona video va audio materiallaringiz, rasmlaringiz erkin tarzda mavjudligiga ishonch hosil qiling. Bunday buktreylerni yaratish uchun kerakli bo‘lgan material- lar quyidagilar: - fotosurat va video materiallar (muallif yaratgan yoki erkin internet materiallari); - rasm, musiqa yoki audio ovoz; - reklama qilinayotgan kitobdan iqtiboslar; - izohga ega bo‘lgan muqova; - ish rejasi. Ish rejasida to‘rt muhim jihatga e’tibor qaratish kerak: - buktreylerni ko‘rayotgan tomoshabinning ushbu kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish; - asar mazmun va g‘oyasiga mos rasm yoki video materiallar aniqlab olish; - rasm yoki video materiallar bilan bog‘liq musiqa tanlash (mu- siqa, albatta, ma’lumotlar bilan birlashtirilishi, rasm yoki video parchalar tomoshabin tasavvuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak); - buktreylerda matnning qay tarzda taqdim etilishini aniqlash: slayd, subtitr yoki audio ovoz ko‘rinishida. Buktreylerni yaratishda ish rejani ikki usulda yaratish mum- kin: - kitobdagi matnlardan yorqin iqtiboslarni tanlagan holda, unga mos rasm, video yoki musiqalarni tanlash; - rasm, video yoki musiqalarni tanlab olib, qisqa hikoya yozish yoki asardan kerakli sitatalarni tanlash. Texnik vositalar: - mikrofon va videokamera –(video va audio materiallar) ya- ratish uchun; - dasturlar – Windows Movie Maker, Sony Vegas Pro (buk- treylerlarni yaratishda ishlash uchun oson bo‘lgan dasturlar). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling