Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o


Virtual kitob ko‘rgazmalarining turlari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana07.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1437529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Virtual kitob ko‘rgazmalarining turlari
Virtual ko‘rgazmalar kutubxona fondini vizual namoyish qi-
lish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular quyidagicha tasniflanadi:
mazmuniga ko‘ra – universal, sohaga oid, mavzuli, shaxsga oid; 
maqsadiga ko‘ra – o‘qishga yordam berish, umumiy ta’lim va 
umumiy madaniy saviyasini oshirish;
nashr etilishi va olinish vaqtiga ko‘ra – yangi nashrlar, turli 
yillar uchun; 
muddatli – doimiy, uzoq va qisqa muddatli
nashr turiga ko‘ra – kitoblar, boshqa turdagi nashrlar (jurnal, 
gazeta va h.k.), bir vaqtning o‘zida bir nechta turdagi nashrlar 
(kompleks). Aniq bir misolda, CD-ROM, raqamli uskuna-dastu-
riy ta’minot bilan himoyalangan “gapiruvchi” kitoblar (fleshka-
da), multimediali ilovalar;
taqdim etilgan nashrlar tarkibi bo‘yicha: bitta kitob ko‘rgaz-
masi, turkum, to‘plam.


10
Virtual ko‘rgazmalarni namoyish qilish usullari
Virtual kitob ko‘rgazmalarini namoyish qilishning turli usullari 
mavjud. (Quyida ularning usullari hamda qavslar ichida ko‘rgaz-
ma yaratish uchun dasturlar va onlayn xizmatlar ko‘rsatilgan).
1. Taqdimot (Slayd-shou) – audiovizual vositalardan foyda-
lanib ko‘rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli (Power 
Point, Photopeach, Photosnack Slide Share)
2. Video sharhlar, o‘quvchilarning “ovozli o‘qishlari” yozuvi, 
o‘quvchilar video nashrlari.
3. Interfaol plakat ko‘rinishidagi kitoblar ko‘rgazmasi (ko‘prik-
lardan foydalangan holda Power Point, ThingLink).
4. Aqliy xarita ko‘rinishidagi kitoblar ko‘rgazmasi, xarita 
shaklida fikrlashni vizualizatsiya qilish texnikasi, uning marka-
zida u bilan bog‘liq kalit so‘zlar bilan asosiy mavzu ko‘rsatilgan 
(Word, Power Point, Mindmeister, FreemindMap, Popplet). 
5. Har qanday muallifning kitoblarini vaqt lentasi shaklida 
ko‘rsatish (Power Point, Dipity, Xtimeline, Free Timeline, Time-
rime, Timtoast, Ourstory Capzles).
6. 3D kitob shaklida kitoblar ko‘rgazmasi (MS Publisher, 
Flip Book Maker, Flip PDF, ZooBurst Calameo Photosnack
Myebook.)
7. Geografik xaritadagi ko‘rgazmalar (Google xaritalar).
8. Ko‘rgazma-virtual kengash (Thinglink, Google prezentat-
siyalar).
Buktreyler – bu kitob haqidagi mustaqil badiiy shaklda yara-
tilgan 2-3 daqiqadan iborat qisqa videolavha ko‘rinishidagi anno-
tatsiya. Buktreyler – adabiyotni, tasviriy san’atni, elektron resurs-
lar va internet texnologiyalarini birlashtiruvchi reklama.
Bunday videolavhalardan maqsad – kitoblarni reklama qilish 
va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish, audio va video vizual mos- 
lamalardan foydalanilgan holda kitoblarga bo‘lgan e’tiborni jalb 
etish. Odatda, buktreylerlarning davomiyligi 3 daqiqadan ortiq 
bo‘lmasligi lozim. Bunday videolavhalar ham zamonaviy, ham 


11
adabiy klassikaga aylangan kitoblarga yaratiladi va aksariyat 
reklama mahsulotlaridan farqli o‘laroq kam xarajatni talab etadi. 
Buktreylerda ma’lumotlar shunday yoritiladiki, kitobxon u kitob-
ni darhol olib, mutolaa qilgisi keladi. Buktreyler – hozirgi kunda 
kitobning ommalashishiga turtki bo‘luvchi omil.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling