Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana07.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1437529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Onlayn ko‘rsatuvlar – sodir bo‘layotgan voqealarni (repor-
taj, voqea) Internet orqali jonli ravishda uzatish.
Onlayn viktorinalar – saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahi-
falarda test ko‘rinishida taqdim etilgan savol-javob viktorinalar, 
bunda foydalanuvchi ro‘yxatda berilgan javoblardan to‘g‘ri ja-
vobni tanlaydi. Aks aloqa yoki to‘g‘ri javoblarni ko‘rish imko-
niyati bo‘lishi kerak.
Onlayn tanlovlar – belgilangan shartlarga muvofiq chizma-
lar, fotosuratlar, videolarni taqdim etish orqali internetda o‘tkazi-
ladigan tanlov. 
Elektron resurslarni targ‘ib qilish uchun onlayn shakllar
Onlayn adabiyotlar sharhi –virtual olamda olib boriladigan 
bosma nashrlar yoki elektron kitoblar haqidagi ravon berilgan 
ma’lumotlar ketma-ketligi. Ular video, taqdimot, post shaklida 
bo‘lishi mumkin.
Virtual sayohat – ushbu tadbir turi orqali kutubxona bilan on-
layn ekskursiya tashkil etiladi. Bunda foydalanuvchi kutubxona-
ning jarayonlari bilan tanishish, kutubxona qanday dargoh ekan-
ligini tasavvur qilish imkonini beradi. 
Virtual kitob ko‘rgazmasi –internet tarmog‘ida veb texno-
logiyalardan foydalangan holda matbuot va bosma nashrlarning, 
shuningdek, kutubxonadan masofadan turib foydalanuvchilar 
ko‘rishi, tanishishi va ulardan foydalanishi uchun tavsiya etiladi-
gan elektron resurslar. 
Ko‘rgazma nashrlarining virtual taqdimoti, ularning mazmu-
nini ochib beradi, elektron shaklda mavjud bo‘lgan va erkin foy-
dalanish mumkin bo‘lgan bibliografik, ensiklopedik, faktografik 
materiallar bo‘lishi talab etiladi. 
Virtual ko‘rgazmalar kutubxona veb-saytlariga joylashtiriladi. 
Ushbu ko‘rgazmalarning afzalliklari: 


9
ko‘rgazmani ko‘rish uchun foydalanuvchi kutubxonada bo‘lishi 
shart emas, internetga kirishning o‘zi kifoya. Foydalanuvchi har 
qanday vaqtda ko‘rgazma bilan tanishishi mumkin;
an’anaviy ko‘rgazmaga nisbatan ko‘plab hujjatlarni namoyish 
etish imkoniyati mavjud. Ko‘rgazmada ko‘plab kitoblar taqdim 
etilishi va istalgan vaqtda ularni tahrirlash va yangilarini na-
moyish qilish mumkin;
har bir hujjat annotatsiya, referat, tarkibiy jadvalning nusxasi 
yoki matn qismlari, rasmlar, asar yaratilish tarixi, audio va video 
hujjatlar bilan birgalikda joylashtirilishi mumkin; 
virtual ko‘rgazmada taqdim etilgan hujjatlarga zarar yetmaydi. 
Internetdagi ko‘rgazma doimiy ravishda ishlashi mumkin;
virtual ko‘rgazmalarni yaratish an’anaviy ko‘rgazmalarni 
tashkil qilishdan kamxarjroq;
kutubxona veb-saytiga yangi foydalanuvchilarni jalb qilishda 
yordam beradi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling