Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o


Onlayn tadbirlar o‘tkaziladigan platformalar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana07.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1437529
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Onlayn tadbirlar o‘tkaziladigan platformalar
Onlayn tadbirlarni ishtirokchilarning ma’ruzachilar bilan jonli 
muloqotini samarali tashkil qilish zarur.
Onlayn tadbirlarda quyi-
dagi vositalar (platformalar): Zoom, Skype ishlatiladi.
Zoom – videokonferensiyalar, onlayn uchrashuvlar va maso-
faviy o‘qitish imkonini beruvchi dastur. Pullik va bepul rejimlari 
bor. Bepul akkauntlar uchun eng koʻpi bilan100 kishini qoʻshish 
mumkin boʻlgan, vaqt rejimi 40 daqiqagacha chegaralangan vi-
deotelefoniya servisini taqdim etadi. Foydalanuvchilar pullik ta-
riflardan birini tanlagan holda 500 kishigacha qoʻshish imkonini 
beruvchi va cheklanmagan vaqtga ega boʻlgan videokonferen-
siyalarni uyushtirishlari mumkin.
Skype – kompyuterlar o‘rtasida Internet orqali matnli, ovozli 
va video aloqalarni ta’minlaydigan bepul dastur. Dastur shuning-
dek, konferens-qo‘ng‘iroqlarni, video qo‘ng‘iroqlarni amalga
oshirish imkonini beradi (tashabbuskori bilan birga 50 ta abo-
nentga). Matnli xabarlar (chat) va fayllarni uzatishni ta’minlaydi. 
Google Forms –onlayn so‘rovnomalarni yaratish va o‘tkazish 
uchun bulutli texnologiyalarga* asoslangan platformadir. Shu bi-
lan birgalikda, Google Forms platformasi taklifnomalar yaratish, 
foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ish yoki viktorinalar yara-
tish uchun 
onlayn vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu platforma xizmatla-
ridan internet yordamida foydalaniladi.
So‘rovnoma, taklifnoma, viktorinalar shakllari tayyor na-
munaviy shakllar (shablonlar) yordamida yoki noldan yaratili- 
shi mumkin. Shakllar foydalanuvchi tanlashi mumkin bo‘lgan 
juda ko‘p sonli sozlamalarga ega. Bunda shakllarning dizaynini 
* Bu texnologiya ma’lumotlar va resurslarni onlayn-serverda saqlaydi-
gan va foydalanuvchi to’g’ridan-to’g’ri kompyuterning qattiq diskida saqlash 
o’rniga xavfsiz foydalanish uchun ishlatiladi. Bulutli texnologiyalarining yana 
bir yaxshi tarafi bu online serverlardan dunyonining xohlagan nuqtasida turib 
ma’lumotlarni kiritish yoki qabul qilish mumkin. 


14
o‘zgartirishingiz, rasmlar qo‘yishingiz, yozuvlar shriftlarini bel-
gilashingiz mumkin. Tayyor so‘rovnomalar havolalarini alma- 
shish va joylashtirish orqali tarqatiladi. So‘rov natijalarini grafik 
sifatida ko‘rish mumkin va respondentlarning javoblari avtoma-
tik ravishda Google Sheets jadvallariga kiritiladi.
Google Forms xususiyatlari:
Oddiy va murakkab so‘rovlarni yaratish;
Rasmlar va videolarni joylashtirish.
Tayyor shablonlar to‘plamining mavjudligi;
Javoblarni tahlil qilish va avtomatik hisobotlar olish;
So‘rovnomani pochta orqali yuborish yoki ijtimoiy tarmoqlar-
da tarqatish imkoniyati;
So‘rovnomada 2 milliontagacha javoblarni olish mumkinligi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling