Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomala madaniyati
- Tayanch iboralar
Mashg’ulotni yakunlash
3.1Baholash mezonini o’qib eshittiradi,mavzu bo’yicha yakun qiladi. 3.2.Guruhlar ishini baholaydi. 3.3.Mustaqil ish uchun topshiriq beradi.. Har bir o’quvchi o’z- o’zini baholaydi Savol - topshiriqni yozadilar. 1-ilova Axborot kutubxona muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan kutubxonachining odob – ahloqi Axborot kutubxona muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan kutubxonachining odob – ahloqi Ziyrakligi va kuzatuvchanli gi Mas’uliyati Ahloq odobi Psixologik xususiyati Muomala madaniyati Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari. Telefon aloqasi eng keng tarqalgan tezkor ma’muriy-boshqaruv aloqa turidir. - Telefonlarning ikki turi mavjud: - 1. Statsionar telefonlar. 2-ilova Yangi o‘quv materialini slaydli taqdimoti (lavha ) Axborot kutubxona muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan kutubxonachining odob – ahloqi 3-ilova Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari 1-guruh Dumaloq stol 3-guruh 2-guruh 4-guruh 4-ilova Baliq skeleti Sabab va tasdiqlar keltirish Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari ahamiyatini. - - - Axborot-kutubxonalarda aloqa vositalari. - Reja: 1.Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari. 2.Statsionar telefonlarning axborot kutubxonalardagi roli. 3. Uyali aloqa telefonlari va ularni axborot kutubxonalarda ishlatish. Tayanch iboralar- kommunikasion jarayon, telekommunikasiya, modem, telefon tarmog`i, statsionar telefon, uyali aloqa telefoni, niplata. - Telefon aloqasi eng keng tarqalgan tezkor ma’muriy-boshqaruv aloqa turidir. Telefon aloqa tarmog‘ining abonentlari ham jismoniy shaxs, ham tashkilotlar va boshqalar. Telefon aloqa axborot-kutubxonalarda, tashkilotlarda va shunga o‘xshash joylarda muhim rol o‘ynaydi. Demak, ko‘pchilik axborot-kutubxonalar uchun telefon o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblanadi, chunki axborot almashishda birinchi muloqot telefon orqali amalga oshiriladi. Telefon aloqasining quyidagi turlarini ko‘rishimiz mumkin: – umumiy foydalaniladigan telefon aloqa (shahar, viloyat, xalqaro va boshqalar.); – muassasa ichidagi telefon aloqa. 226 227 Radiotelefon aloqa, videotelefon aloqa telefon aloqaning alo hida turlaridan hisoblanadi. Telefon aloqa tizimi telefon tarmog‘idan va abonent terminallaridan tashkil topgan. Umumiy holda telefon tarmog‘i – bu kommutatsiya uzellari majmuyidir, ularning rolini avtomatik telefon stansiyalar (ATS) va ularni birlashtiruvchi aloqa kanallari bajaradi. Telefon aloqada telefonlardan foydalanilib, o‘zaro aloqa amalga oshiriladi. Telefonlarning ikki turi mavjud: - 1. Statsionar telefonlar. - 2. Uyali aloqa telefonlari. - Abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari, ATS yoki kompyuterlar misol bo‘la oladi), odatda, tarmoqqa ikki juft mis sim – abonent liniyasi bilan ulanadi. Abonent liniyasi tarmoqda o‘zining yagona raqamiga (abonent raqamiga) ega, u orqali ma’lumotlarni uzatish ko‘pincha analog shaklda olib boriladi. ATSlar bir- biri bilan ulovchi liniya deb ataladigan liniya orqali ulanadi – hozir deyarli barcha umumiy foydalanish tarmoqlarida 4 ta simli raqamli liniyalar qo‘llaniladi (bir juft sim signallarni har bir yo‘nalishda – bir ATSdan boshqasiga va teskarisiga – uzatish uchun qo‘llaniladi). Muassasa ATS bu axborot-kutubxonaning hamma bo‘limlari ichki aloqasini tashqi shahar telefon tarmog‘iga murojaat qilmasdan ta’minlaydi. Direktorlik telefon aloqasi, bu rahbarlarni o‘zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo‘yicha aloqasini ta’minlaydi. Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga ofis ATS axborot- kutubxonalarida biror miqdordagi qo‘shimcha ichki telefonlarni tashkil etish uchun ishlatiladi: hamma tashqi chaqiruvlar ATS tomonidan qabul qilinadi va ichki telefonlarga bevosita yoki qo‘shimcha raqamlar bilan o‘tkaziladi. Abonentning tashqi liniyaga chiqishi, odatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri terish yo‘li bilan ta’minlanadi. Kompyuterli telefoniya shunday texnologiyaki, unda kompyuterli resurslar chiqish qo‘ng‘iroqlarini bajarish va kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini boshqarish uchun qo‘llaniladi. Kompyuterli telefoniya ko‘z oldimizda hamma sohalarga kirib borayotgan telekommunikatsion texnologiyaga aylanmoqda. Radiotelefonli aloqa tizimlari, chet elda esa Wireless Local Loop (WLL) deb ataluvchi telefon aloqaning simsiz tizimlari keyingi yillarda juda rivojlandi. Ular ko‘pincha mobil (mobil – «harakatlanadigan») abonentlar bilan aloqa uchun hududiy telefonli tizimlar sifatida hamda simli telefon liniyalari bo‘lmagan hollarda aloqa uchun ishlatiladi. Uyali radiotelefon aloqa tizimlari. 1991- yildan boshlab uyali radiotelefon aloqa tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir necha kompaniyalar O‘zbekistonda ish boshladi. Uyali radiotelefon aloqalari radiotelefonning yangi bosqichdagi rusumi hisoblanadi. Bugungi kunda butun jahon bo‘ylab milliardlab odamlar uyali tele fonlarni ishlatadilar. Xususan, O‘zbekistonda 20 million nafar kishi uyali aloqa xizmatlaridan foydalanadi. Chunki bu aloqa vositasi bilan muloqot qilish oson va kam xarajatdir. Radiotelefon bilan uyali aloqa telefonining farqi shundaki, radiotelefonda gapirayotgan paytda navbat bilan so‘zlaydilar – biri gapiradi boshqasi eshitadi. Uyali telefonda esa bir vaqtning o‘zida ham suhbatdoshingizni eshitib ham unga gapirishingiz mumkin. Uyali telefonning rusumiga qarab quyidagi avzalliklarini ko‘rishimiz mumkin: kerakli ma’lumotlarni saqlash, bajarish kerak bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini tuzish, kalkulator amallarini bajarish, o‘yin o‘ynash, SMS matn xabarlarini yuborish, MP 3 pleyer yordamida musiqa eshitish, televizor ko‘rish, Internetga ulanish kabi xususiyatlari mavjud. Radiotrubkali telefonlar yoki, oddiy qilib aytganda, radiotelefonlar – bu telefon ATS bilan oddiy simli aloqaga ega bo‘lgan telefon apparati bo‘lib, unda telefon go‘shagining simi radioliniya bilan almashtirilgan. Bunday imkoniyatni amalga oshirish uchun telefon apparatida ham, telefon go‘shagi (trubkasi)da ham kichik quvvatli qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar mavjud. Peyjingli aloqa o‘zining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab (50- yillarning o‘rtalarida) bir xil ma’noli bo‘lmagan holda qabul qilindi. Uning foydaliligi, so‘zsiz, aloqaning yuqori tezkorligi va narxi pastligi, chastotali resursni samarali ishlatishidir. Uning eng asosiy kamchiligi shundaki, aloqaning bir taraflama turi bo‘lib, bu uning ishonchliligini sezilarli pasaytiradi. Videoaloqa bugungi kunda telefonlarning yangi turi – videotelefonlardan muvaffaqqiyatli foydalanilmoqda. Bu telefonning asosiy xususiyati shundaki, so‘zlashayotgan hamsuhbatingizni ko‘rib turishingiz, fikr almashishingiz mumkin. Videotelefon aloqasi uchun 2 tomonda ham video telefon bo‘lishi kerak. Videotelefon xizmati uchun alohida kompaniyalar ishlamoqda. Telegraf aloqa elektr simli aloqa kanallari bo‘yicha qisqa matnli hujjatlashtirilgan xabarlarni avtomatlashtirilgan holda qabul qi lish va uzatish uchun mo‘ljallangan. Telegraf eng qadimgi aloqa turlaridan biri hisoblanadi. Birinchi elektr telegraf apparati 1832- yilda rus olimi P. L. Shilling tomonidan kashf qilingan, 1837- yilda amerikalik S. Morze o‘zining telegrafli apparatini yaratdi. Bu telegraf apparatlarida ma’lumot qog‘oz lentada nuqta va chiziqcha (tire) belgilari to‘plami («Morze alifbosi») ko‘rinishida qayd qilingan. Deytefon aloqada axborotni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi. Qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura sifatida oddiy teletayp apparaturasi modem bilan ham, maxsus apparatura bilan ham ishlatilishi mumkin. Faksimil aloqa (facsimile communication) – qo‘zg‘almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir. Uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo‘natuvchining qog‘ozli varaqlaridan oluvchining qog‘ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir, bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotosuratlar va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko‘chirishdir. - Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling