Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Mavzu: Axborot- kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ`ib qilishda
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Mavzu: Axborot- kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ`ib qilishda
axborot-kutubxona texnologiyalarining roli va ahamiyati. Reja: 1. Axborot-kutubxona faoliyatidagi islohotlar. 2. Adabiyotlar targ‘ibotida AKTning roli va ahamiyati. 3.Axborot kutubxona muassasalarida targ‘ibot qilish vositalari vositalaridan foydalanish. Tayanch iboralar- Ma`ruza, Ommaviy axborot vositalari, Axborot fondi, Axborot targ‘ibot vositalari O‘zbekiston Respublikasi tarixiy rivojlanishining barcha davr- larida kitob va uni jamiyatda tarqatish yo‘llaridan biri bo‘lmish axborot-kutubxona va kutubxonachilik ishi inson madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanib kelgan. Madaniy-tarixiy davomiylik va vorisiylik jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi, ularni hozirgi kuni bilan o‘tmishi hamda kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash- da kitob va kutubxona benazir vosita, avlodlar va ajdodlar ma’naviy aloqasining uzviy bo‘g‘inidir. Ijtimoiy muloqot usuli sifatida kitob, uni saqlash va mutolaa qilish jarayonlarini ta’minlovchi axborot-kutubxona - shaxsni tarbiyalash, uning tafakkurini o‘stirish, shaxsning fikrlash tarzini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish va uning erkin shaxs bo‘lib voyaga yetishida katta ahamiyatga ega. Fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli axborot ko‘lami kundan kun ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislarning oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ya’ni kitobxonlarga, foydala- nuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona muassasala- rida ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini zamonaviy texnologi- yalar asosida aniq va tez qondirishni talab qilmoqda. Shu o‘rinda, axborot-kutubxona texnologiyalari mutaxassislar- ga, kutubxonachilarga yaqindan yordam beradi. Axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni targ‘ib qilish, ularni ki- tobxonlarga yetkazishda turli xil usullardan, turli xil texnika vosi- talaridan foydalaniladi. Targ‘ibot ishlarida quyidagi axborot texnika vositalarini ko‘ri- shimiz mumkin: I. Ommaviy axborot vositalari: - kino-video; - radio; - televideniye; - Internet va boshqalar. II. Axborot fondi: - kinofilmlar; - videofilmlar; - slaydlar; - CD-DVD disklardagi axborotlar; - audiokassetalar; - elektron darsliklar; - elektron kitoblar; - elektron lug‘atlar; - elektron qo‘llanmalar va boshqalar. III. Axborot targ‘ibot vositalari: - ovozni yozib olish va qayta eshittirish texnika vositalari (mag- nitafonlar, musiqa markazlari va boshqalar) - proyeksion texnika vositalari (proyektorlar, videoproyektor- lar, CD-DVD proyektorlar); - ovoz kuchaytiruvchi apparatlar (usilitellar); - telekommunikatsion vositalar (radio, televideniye, va boshqalar); - kommunikatsion vositalar (aloqa vositalari, Internet, elektron pochta va boshqalar). Axborot-kutubxona muassasalarida texnika vositalaridan foy- dalanib adabiyotlarni targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Adabiyotlar targ‘ibotida, avvalambor, kitobxonlarning yosh xususiyatlari, ularning qiziqishlari, talab va istaklari e’tiborga olinadi. Adabiyotlar targ‘iboti ma’lum guruh yoki keng ommaga mo‘ljallanadi. Ommaviy targ‘ibotlarda, albatta, texnik vositalaridan foydalaniladi. Axborot-kutubxonalarning o‘quv zallarida o‘tkaziladigan ommaviy targ‘ibotlarda ovoz kuchaytirgichlar, targ‘ib yo‘nalishiga qarab texnika vositalari tanlanadi. Masalan, quyi sinf o‘quvchilari (1-3), asosan, ertak kitoblarni o‘qishga qiziqadilar. Shuni hisobga olgan holda ularga ertak-dio- filmlar, ertak-videofilmlar, ertak-slaydlar namoyish qilish orqali adabiyotlarni targ‘ib qilish mumkin. Faraz qilaylik, diskka yozilgan «Zumrad va Qimmat» ertagi DVD proyektor orqali namoyish etilib, shu ertak o‘zbek xalq er- taklarining 1- tomidan olinganligi, axborot- kutubxonada o‘zbek xalq ertaklarining 2- tomi va boshqa xalq ertaklari (qozoq, uyg‘ur, yapon va h. k.) mavjud ekanligini aytib, ko‘rsatib, ertak kitoblarni targ‘ib qilish mumkin. Yoki yuqori sinf o‘quvchilariga, katta yoshdagi kitobxonlarga yozuvchi A. Qodiriyning axborot-kutubxonadagi «O‘tkan kunlar» romani videofilmini namoyish qilish orqali, axborot-kutubxona fondidagi A. Qodiriy asarlari haqida og‘zaki tavsif berib, boshqa asarlarini yoki yozuvchi G‘. G‘ulomning «Shum bola» asarini namoyish qilish orqali, shu asarning va yozuvchining axborot-ku- tubxonada mavjud bo‘lgan boshqa asarlarini targ‘ib qilish mumkin. Adabiyotlarni texnik vositalar orqali targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyati va ahamiyati shundaki: birinchidan, kitobxon o‘qigan kitobini asar namoyishi bilan taqqoslash, mulohaza yuritish, fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, dunyoqarashini shakllantiradi; ikkinchidan, shu voqelik bo‘yicha axborot-kutubxonada boshqa adabiyotlar haqida ma’lumot oladi; uchinchidan, asar namoyishi orqali estetik tarbiyasi shakllanadi, ya’ni asar ta’siri ostida kulishi, yig‘lashi, ta’sirlanishi mumkin; to‘rtinchidan, asardagi salbiy va ijobiy obrazlar orqali axloq tarbiyasi shakllanadi, ya’ni ko‘rgan voqelikdagi salbiy obrazlariga nisbatan nafrati ortadi. Ijobiy qahramonlarga o‘xshashga harakat qiladi; beshinchidan, shu namoyishda ishlatilayotgan texnika vosita- lariga qiziqqan kitobxonlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Hozirgi kunda adabiyotlarning yakka targ‘ibot usulida zamo- naviy texnologiyalaridan kompyuter vositalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuterning global tarmog‘i Internet tizimi orqali axborot-kutubxonalarda mavjud bo‘lgan adabiyotlar bilan tanishish, kerakli adabiyotlarni boshqa axborot- kutubxonalardan qidirib topish, o‘qish, xorijiy mamlakatlarning elektron kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Buning uchun shu axborot- kutubxonalarning veb saytlarini bilish lozim bo‘ladi. Audiokonferensiyalar, videokonferensiyalar tashkil etib, o‘zaro fikr almashish, adabiyotlar, audikitoblar targ‘ibotini amalga oshirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxonalarda axborot-kutub- xona texnologiyalari orqali adabiyotlarni targ‘ib etish hozirgi kun- ning muhim vazifalaridan biridir. Nazorat savollari: 1. Axborot-kutubxona faoliyatidagi islohotlarni so‘zlab bering. 2. AKT fani qanday fanlar bilan aloqada? 3. Adabiyotlar targ‘ibotida AKTning roli va ahamiyati nimalardan iborat? 4. Targ‘ibot vositalarini aytib bering. NAZARIY O‘QUV MASHG`ULOTINING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling