Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
 
 
 
 
 
Rizografmi yoki kseroks afzal? 
Bu savolga aniq javob aytib bo‘lmaydi. Chunki bular har xil sinfga mansub 
texnika va har xil maqsad uchun ishlatiladi. Kseroks bir kunda o‘rtacha 1000 tagacha 
nusxa chiqarish uchun mo‘ljallan- gan bo‘lib, umumiy ish hajmi 300-400 ming 
nusxadan oshmaydi. 
Ma’lumki, nusxa ko‘chirishda sifatli hujjatlar lazer printer yordamida chiqariladi. 
Undan so‘ng kseroks 100 ta gacha nusxa ko‘chirishi mumkin. Shuning uchun ham 
ular o‘rtasida bir bo‘shliq paydo bo‘lib qolgan edi. Shu bo‘shliqni rezograf to‘ldirdi. 
Chunki kseroks uchun bu juda katta tipografik yuklama bo‘lib, xarajatlar masalasida 
ancha qimmatga tushib ketar edi. Rizograf esa har ji- hatdan qulay vositadir. 

Rizografning ishlatilishi. Rizografda ishlash juda oson bo‘lib, sof nusxa skanerga 
joylashtiriladi va «Start» tugmachasi bosiladi. 17 soniyadan so‘ng ilk nazorat 
nusxasi olinadi. Kerakli nusxani chiqarish uchun 1 daqiqada 60-130 tagacha nusxa 
olish mumkin. Qog‘oz aylanma bosma baraban orasidan o‘tadi. Uning ichiga 
o‘lchagich asbob o‘rnatilgan bo‘lib, ular bo‘yoq bir me’yorda ish- latilishini 
ta’minlaydi.
FR «Apple» Macintosh seriyasining ish faoliyati. Yangi tipdagi rizografning FR 
nusxasi boshqa seriyalardan quyidagi xususi- yati bilan ajralib turadi: 

yangi master va termaganovkaning ish faoliyati

yangi skanerning ish faoliyati; 

«Kombi» va «Foto» rusumidagi bosmalar; 

avtomatik o‘chirish; 


 
4-ilova 
 
 
 
 
Rizograf - inson faoliyatida kerakli har xil hujjatlar, chizma, blank, byulleten, 
fotorabot, plakatlar, kam sonli gazetalar, reklama afishalari, taqvimlar, katta 
hajmli plakatlar, konferensiya va referendum uchun hujjatlarni ko‘paytirish uchun 
kerakli apparat. Bu apparat axborot-kutubxona muassasalari uchun foydali bo‘lib, 
kerakli va zarur ishlarni bajarishi mumkin. Shuningdek, buxgalteriya, kadrlar 
bo‘limi uchun ham turli qog‘ozlar, blankalar tayyorlab be- rishda asqotadigan 
apparatdir. 
Rizograf oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ishlarini osonlash- tirishda ham 
yordam berishi mumkin. Rizograf oliygohlarda o‘quv adabiyotlari bilan 
ta’minlashga xizmat qila oladi. O‘quv yurtlarida yetishmaydigan ma’ruza, darslik 
kitob, lug‘at va boshqa o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashda qo‘l keladi. 
Yuqori sifatli ishlab chiarishda rizograf har qanday talabni qondira oladi. Bu 
ko‘p miqdorda sifatli nusxa olish uchun qulay apparat hisoblanadi. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling