Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Guruhli ish uchun o‘quv topshiriq


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
Guruhli ish uchun o‘quv topshiriq
 
 
 
 
 
 
7-ilova 
Uyga vazifa: Insert jadvali
 
 
 
 
“V”- men bilaman, men bilgan ma’lumotlarga mos; 
“+”–men uchun yangi ma’lumot; 
“-“ -meni bilgan ma’lumotlarga zid; 
“? “– men uchun tushunarsiz, bu bo’yicha menga qo’shimcha ma’lumot kerak. 
16-Mavzu: Rizografiya. 
Reja: 
1. 
Axborot-kutubxona muassasalarida nusxa ko‘chirish va nusxa ko‘paytirish 
texnika vositalarining roli va ahamiyati
2. Riozagrafiya va ularning ta’rifini. 
3.A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada ishlatilayotgan skanerlar va ulardan 
foydalanish. 
Tayanch iboralar- nusxa ko‘chirish va nusxa ko‘paytirish texnika 
vositalari,kompyuter,rizografiya. 
Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida nusxa ko‘chirish va nusxa 




 
 
 
 


ko‘paytirish texnika vositalarining roli va ahamiyati, nusxa ko‘chirish turlari, bosma 
usullar va ularning turlari, nusxa ko‘chi- rish va nusxa ko‘paytirish sistemasini tashkil 
qilish, rizografiya, skanerlash va raqamlashtirish kabi texnika vositalari haqida 
ma’lumot berish, ularning ishlash prinsiplari bilan tanishtirishdan iborat.
Rizografiya - Yaponiyadagi «RISO» birlashmasi ishlab chiqar- gan, yangi texnologik 
hujjatlardan nusxa ko‘paytiruvchi va tipo- grafik bosma ishlarni osonlashtiradigan 
apparatdir. XXI asr bosh- larida «RISO» kompaniyasi ko‘p sonli nusxalar ishlab 
chiqishda ilg‘or birlashmalardan hisoblangan. Bu kompaniya yangi rezograf FR ishlab 
chiqarib, navbatdagi fan-texnika inqilobiga sababchi bo‘ldi. 
Rizografiya 1 daqiqada 60 tadan 130 tagacha nusxa ko‘chirish imkoniyatiga ega, 
ya’ni u yarim soat ichida 4000 ta nusxa tayyorlab bera oladi. Bundan tashqari, u 
ta’mirsiz 8000 nusxa tayyorlaydi va 24 soat ichida to‘xtovsiz ishlab, 60 000 tagacha 
nusxa tayyorlaydi. 
Sifatli qog‘ozga ham talabi uncha katta emas. U 46 tadan gazeta, 210 g/m
2
gacha 
(karton) qog‘ozlarda ham chiqara oladi. Shuning bilan birga, u chet el va bizning 
qog‘ozlarda ham ishlay oladi. U zararli va xavfli ximikatlarsiz ishlaydi. 
Rizografmi yoki kseroks afzal? 
Bu savolga aniq javob aytib bo‘lmaydi. Chunki bular har xil sinfga mansub texnika 
va har xil maqsad uchun ishlatiladi. Kseroks bir kunda o‘rtacha 1000 tagacha nusxa 
chiqarish uchun mo‘ljallan- gan bo‘lib, umumiy ish hajmi 300-400 ming nusxadan 
oshmaydi. 
Ma’lumki, nusxa ko‘chirishda sifatli hujjatlar lazer printer yordamida chiqariladi. 
Undan so‘ng kseroks 100 ta gacha nusxa ko‘chirishi mumkin. Shuning uchun ham ular 
o‘rtasida bir bo‘shliq paydo bo‘lib qolgan edi. Shu bo‘shliqni rezograf to‘ldirdi. Chunki 
kseroks uchun bu juda katta tipografik yuklama bo‘lib, xarajatlar masalasida ancha 
qimmatga tushib ketar edi. Rizograf esa har ji- hatdan qulay vositadir. 
Rizografning ishlatilishi. Rizografda ishlash juda oson bo‘lib, sof nusxa skanerga 
joylashtiriladi va «Start» tugmachasi bosiladi. 17 soniyadan so‘ng ilk nazorat nusxasi 
olinadi. Kerakli nusxani chiqarish uchun 1 daqiqada 60-130 tagacha nusxa olish 
mumkin. Qog‘oz aylanma bosma baraban orasidan o‘tadi. Uning ichiga o‘lchagich 
asbob o‘rnatilgan bo‘lib, ular bo‘yoq bir me’yorda ish- latilishini ta’minlaydi. Bo‘yoq 
teshikchalar orasidan siqib chiqa- riladi va qog‘ozga tushiriladi. Bosma rangli baraban 
almashishi bilan u ham baravar almashadi. Rizografning ishonchli mexanizmi 
nusxalarni vaqti-vaqti bilan g‘ijim qilmasdan chiqarib berishga moslashtirilgan. Mana 
shu qurilma tufayli, unda ishlayotgan odam charchamaydi. 
Bo‘yoqni ham «RISO» firmasi ishlab chiqaradi. Bu firmaning ishlab chiqargan 
mahsuloti oliy sifatga ega. 1000 varaqdan iborat nusxa tayyorlash uchun 8 daqiqa 
kifoya. Rizograf 1 ta asl nusxadan 16 000 ta nusxa tayyorlaydi. Bitta bo‘yoq idishi 25 
000 nusxaga yetadi. FRIGR rizografida A4 formatidagi 28 000 nusxa chiqarish 


mumkin. 
1986- yilda «RISO» kompaniyasi 1 «00720 «Digital» rizografi- ni ishlab chiqardi. 
FR uning 6- avlodi bo‘lib, u har tomonlama ta- komillashtirilgan. 
Bu apparatning avvalam bor ustki qismi sifatli bo‘lib, ovoz yu- tuvchi qoplama bilan 
ta’minlangan. Rizograf ishni tovushsiz baja- radi. 
FR «Apple» Macintosh seriyasining ish faoliyati. Yangi tipdagi rizografning FR 
nusxasi boshqa seriyalardan quyidagi xususi- yati bilan ajralib turadi: 

yangi master va termaganovkaning ish faoliyati; 

yangi skanerning ish faoliyati; 

«Kombi» va «Foto» rusumidagi bosmalar; 

avtomatik o‘chirish; 

dasturlashtirilgan texnik xizmati to‘g‘risida kerakli xabar; 

elektronik gorizantal va vertikal tarzda +10 mm chegara atro- fida joylashtirish 
hamda boshqarish uskunasi; 

rang tanlash uskunasi; 

qog‘oz qabul qiluvchi moslama. 
Rizografni ishlatish. Rizograf kompyuterga oson ulanadi. Ya’ni rizograf FR «Apple» 
Macintosh va IBM kompyuterlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi. Bunda rizograf ishi 
osonlashtirilib, 1 daqiqada 120 ta nusxa oladi. 
Rizograf uzoq masofa orqali ham ulanish xususiyatga ega. Oddiy telefon orqali 
rizografga bosma uchun berilgan xabarlar turli hujjatlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
1/16 miniaturali bosma usuli. Bu vizitka, kartochkalar chiqarish uchun juda 
ma’quldir. Bu usul orqali bitta va bir nechta nusxa- da mahsulotlar chiqarish mumkin. 
sifatli nusxa ko‘chirish. Bosma termagolovka va yangi ishla- tuvchi material orqali 
sifatli bo‘yoq va yangi master bilan bosma- ning sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 
sifatli ko‘rinish. FR rizograflarning ish sur’atini jadallashti- rilishi bosma sifatini 
o‘zgartirmaydi. U o‘zining ish dasturiga ega. 
Ish jarayonida shovqinini kamaytirish. Konstruksiya shovqin chiqarmaydigan qilib 
ishlanganligi uchun nusxa ko‘chirish vaqtida rizograf umuman tovush chiqarmaydi. 
Rizograf nima uchun kerak? 
Rizograf - inson faoliyatida kerakli har xil hujjatlar, chizma, blank, byulleten, 
fotorabot, plakatlar, kam sonli gazetalar, reklama afishalari, taqvimlar, katta hajmli 
plakatlar, konferensiya va referendum uchun hujjatlarni ko‘paytirish uchun kerakli 
apparat. Bu apparat axborot-kutubxona muassasalari uchun foydali bo‘lib, kerakli va 
zarur ishlarni bajarishi mumkin. Shuningdek, buxgalteriya, kadrlar bo‘limi uchun ham 
turli qog‘ozlar, blankalar tayyorlab be- rishda asqotadigan apparatdir. 
Hisobot ishlarida muhim ahamiyatga ega. Chunki har kuni axborot materiallarini 
ko‘paytirib, hisoblab chiqishda rizograf muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rizograf oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ishlarini osonlash- tirishda ham yordam 
berishi mumkin. Rizograf oliygohlarda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashga xizmat 
qila oladi. O‘quv yurtlarida yetishmaydigan ma’ruza, darslik kitob, lug‘at va boshqa 
o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashda qo‘l keladi. 
Yuqori sifatli ishlab chiarishda rizograf har qanday talabni qondira oladi. Bu ko‘p 


miqdorda sifatli nusxa olish uchun qulay apparat hisoblanadi. 
Nazorat savollari 
1.Nusxa ko‘chirish va nusxa ko‘paytirish sistemasiga nimalar kiradi? 
2.Riozagrafiya va ularning ta’rifini aytib bering. 
3.A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada ishlatilayotgan skanerlar va ulardan 
foydalanish to‘g‘risida gapirib bering 



Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling