Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Mavzu: Kompyuter turlari va Aklarda ulardan foydalanish
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Mavzu: Kompyuter turlari va Aklarda ulardan foydalanish.
Reja: 1.EHM larining arxitekturasi. 2EHM ning rivojlanish tarixi 3.Axborot-kutubxonalarda shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning roli va ahamiyati - Tayanch iboralar-EHM, kompyuter, stolga qo‘yiladigan kompyuterlar; yon daftarcha shaklidagi ixcham kompyuterlar 1969- yilda mikroprotsessorning (MP) kashf qilinishi 70- yillarda EHMning yana bir sinfi - mikro EHMning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aynan shu MPning borligi avvaliga mikro EHMning aniqlovchi belgisi bo‘lib xizmat qildi. Hozirda mikroprotsessorlar hamma sinfdagi EHMlarda ishlatilmoqda. Mikro EHM quyidagilarga bo‘linadi: - ko‘p foydalaniladigan mikro EHM. Bu kuchli mikro EHM bo‘lib, u bir nechta videoterminal bilan jihozlangan va vaqtning bo‘linish rejimida ishlaydi, bu esa ularda birdaniga bir nechta foy- dalanuvchining samarali ishlashini ta’minlaydi; - shaxsiy EHM bir odam foydalanadigan mikro EHM bo‘lib, qo‘llanishda umumiy murojaat qilish va universallik talablarini qondiradi; - ishchi stansiyalar hisoblash tarmoqlarida aniq ishlar turini bajarish uchun mo‘ljallangan, bir odam foydalanadigan mikro EHM ko‘rinishiga egadir; - serverlar - hisoblash tarmog‘idagi ko‘p foydalanuvchili kuchli mikro EHMlar bo‘lib, ular maxsus ish turlarini va tarmoqning barcha stansiyalaridan so‘rovlarni qayta ishlashni bajarish uchun ajra- tilgan. Albatta, yuqorida keltirilgan tasnif nisbatan shartlidir, negaki muammoga mo‘ljallangan dasturlar va apparat ta’minoti bilan ji- hozlangan kuchli zamonaviy EHM to‘laqonli ishchi stansiya sifatida ham, ko‘p foydalanuvchili mikro EHM sifatida ham, yaxshi server sifatida ham ishlatilishi mumkin, u o‘zining tavsiflari bo‘yicha deyarli kichik EHMlardan qolishmaydi. Shaxsiy EHM yoki, boshqacha aytganda, shaxsiy kompyuter (ShK), aslida, o‘zi nima? Qo‘llashning universalligini va umumiy murojaat qilish tal ab- larini qondirish uchun shaxsiy EHM quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak: - ShKning uni sotib oluvchi xaridorlar uchun olsa bo‘ladigan oraliqlarda joylashgan kam bahosi; - atrof muhit sharoitlariga maxsus talablar qo‘yilmasdan, av- tonom ishlatish; - boshqarish, fan, ta’lim, maishiy xizmat sohasidagi turli xil qo‘llanishlarga ShK moslashishini ta’minlovchi arxitekturaning moslashuvchanligi; - ShK bilan foydalanuvchining maxsus kasbiy tayyorgarligisiz ishlash imkoniyatini beradigan operatsion tizimning va boshqa das- turli ta’minotning «do‘stona» munosabatdaligi; - yuqori ishonchlilik (5000 soatdan ko‘proq buzilmasdan beto‘xtov ishlay olishi). Xorijiy ShK orasida, birinchi navbatda, Amerikaning «IBM» (International Busieness Mashine Corporation) firmasi kompyuter- larini ta’kidlash kerak: - IBM PC XT (Personal Computer extended Technology); - 80286 (16 toifali) mikroprotsessorlaridagi (MP) IBM PC AT (Personal Computer Advanced Technology); - IBM PS/28030-PS/28080 (PS - Personal System, PS/28080 dan boshqa hammasi - 16 toifali, PS/28080 esa 32 toifali); - IBM PC - 80386 va 80486 (32 toifali) MP dagi; - IBM PC - Pentium va Pentium Pro (64 toifali) MP dagi. Amerikaning «Compaq Computer», «Apple» («Macintosh»), «Hewlet Packard» («HP»), «Dell», «DEC» hamda Buyuk Britani- yaning «Spectrum», «Amstrad», Fransiyaning «Micral», Italiya- ning «Olivetty», Yaponiyaning «Toshiba», «Panasonic» va «Partner» firmalari ishlab chiqarayotgan shaxsiy kompyuterlar dunyoga mashhur. «IBM» firmasining birinchi modellari 1981- yilda paydo bo‘lgan. «IBM» shaxsiy kompyuterlari va boshqa firmalarning bunday analoglari hozirgi vaqtda eng ommaviydir. Ommaviyligi bo‘yicha «Apple» va «DEC» («Digital Equipment Corporation») firmalarining ShKlari «IBM» ShKlaridan ancha orqada qoldi, ular sotilishi bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi. 90- yillarning boshlarida kompyuterlarning jahon parki taxmi- nan 150 mln donani tashkil etdi. Ulardan 90 % idan ortiqrog‘i bu shaxsiy kompyuterlardir, xususan, IBM PC tipidagi kasbiy ShKlari 10 mln donadan ortiqroq (hamma ShEHMlarning 75 % iga yakini); «Apple» va «DEC» tipidagi kasbiy ShKlar 5 mln donadan ortiqroq. Hozirgi vaqtda kompyuterlarning soni taxminan uch borobar ko‘paydi. Xorijda hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha kompyuterlar- ning eng ko‘p tarqalgan model i Pentium va Pentium Pro mikro- protsessorli «IBM PC» kompyuterlari hisoblanadi. Rossiya elektronikasanoati (MDH mamlakatlari bilan birgalik- da) «DEC» ShKlari bilan (Elektronika MS-1201 asosida muloqotli hisoblash komplekslari LD-1 DVK-4, Elektronika-85, Elektroni- ka-32 va b.) va IBM bilan moslashadigan (ES 1840 - ES 1842, ES 1845, ES 1849, ES 1861, Iskra 1030, Iskra 4816, Neyron I 966 va b.) kompyuterlarni ishlab chiqardi. Rossiyaning boshqa tipdagi ShKlari (Agat, Mikrosha, Spektr, Orbita, BK va b.) o‘zining tavsiflari bo‘yicha yuqorida aytib o‘til- ganlardan birmuncha pastroqdir. Hozirgi vaqtda Rossiyadagi ko‘p sonli kompyuter firmalari chet el elementlaridan, asosan, «IBM» ShKlari bilan ishlaydigan kompyuterlarni yig‘ish bilan shug‘ullanmoqdalar. Avlodi bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagicha: - 1- avlod ShK 8 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi; - 2- avlod ShK 16 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi; - 3- avlod ShK 32 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi; - 4- avlod ShK 64 bitlik mikroprotsessordan foydalanadi. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling