Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
SHAXSIY KOMPYUTERLAR VA ULARNING TURLARI
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standy
SHAXSIY KOMPYUTERLAR VA ULARNING TURLARI
Axborot-kutubxonalarda, ofislar, firma, davlat muassasalarida ishlatiladigan kompyuterlar 2 turga bo‘linadi: - stolga qo‘yiladigan kompyuterlar; - yon daftarcha shaklidagi ixcham kompyuterlar. Stolga qo‘yiladigan kompyuterlar ofislarda, axborot-kutubxo- na muassasalarida, ishxonalarda ish stoliga o‘rnatiladi. O‘quv yurt- larida esa o‘quv stollariga joylanadi. Yon daftarcha shaklidagi kompyuterlar kichkina bo‘lib, ular ishlash va namoyish uchun ishda va safarlarda foydalanishga qulay. Kompyuter va qurilmalar ishini maxsus dasturlar amalga oshi- radi. Bu dasturlar mutaxassislar tomonidan yaratiladi va ishlash- ga juda qulay. Ular kompyuterning dastur ta’minoti deb ataladi. Kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni operatsion tizimlar bajaradi. Hozir kompyuterlar Windows operatsion dasturi asosida ishlaydi. Maxsus amaliy dasturlar kompyuter bajara oladigan barcha amallarni amalga oshiradi. Ixcham (portativ) kompyuterlar. Axborot texnologiyalar davrida kompyutersiz samarali ishlash mumkin bo‘lmagani uchun barcha sohalarda, shu jumladan, axborot- kutubxona muassasalari- da ham keng moslashtirilgan ixcham kompyuterlardan foydalanish davr talabi bo‘lib qoldi. O‘zining imkoniyatlari bo‘yicha ixcham kompyuterlar oddiy stol ustidagi tizimlardan qolishmaydi, ba’zi bir ko‘rsatkichilari bo‘yicha esa hatto ulardan o‘zib ketadi. Ixcham kompyuterlardan foydalanib, oddiy klaviaturaga va videomonitorga o‘tish mumkin, ixcham kompyuter stol ustidagi kompyuterga terminal sifatida ulanishi mumkin, ko‘pchilik modellari hisoblash tarmog‘iga ulanish imkonini beradi, ularning ba’zilari esa tarmoqqa, shu jumladan, Internet tarmog‘iga, hatto radiokanal bo‘yicha masofadan turib ulanib, o‘z egasining to‘liq erkinligini ta’minlaydi. Ixcham ShK shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan sin- fidir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, 2000- yilda 50 % dan ortiq foydalanuvchilar aynan ixcham mashinalarni ish- latganlar. 2002- yilga kelib bu 85 % ga, 2012- yil 90 % gacha ortdi. Ko‘pchilik ixcham kompyuterlar elektr manbayi bilan kichik o‘lchamli akkumulator orqali avtonom (alohida) ta’minlanadi, le- kin ular elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi ham mumkin. Akkumulatordan ta’minlanganida avtonom ishlash muddatini uzaytirish uchun barcha ixcham kompyuterlar kamaytirilgan ener- giya iste’moli rejimlariga, masalan, Standy va Sleepga ega. Bun- dan tashqari, ularning hammasi Advanced Power Management (ARM) spetsifikatsiyasini ta’minlaydi, unda iste’mol qilinadigan quvvatning boshqarish apparati va dasturli vositalariga qo‘yadigan talablari ifodalangan. Standy rejimida eng ko‘p energiya iste’mol qiladigan qurilmalar (vinchester, displeyni yoritish lampasi va b.) uzib qo‘yiladi, Sleep rejimi energiya iste’molini yanada ko‘proq tejashni ta’minlaydi: mikroprotsessorning taktli chastotasi mini- mumgacha kamaytiriladi, ko‘pgina tizim ko‘rsatkichlari energi- yaga bog‘liq bo‘lmagan xotiraga yoziladi. Ko‘rsatilgan tadbirlar shunga olib keladiki, ba’zida akkumulatorning bir marta quvvat- lanishi ixcham kompyuterning 10 soat va undan ko‘p avtonom ish- lashiga yetadi. Videomonitorlar sifatida ularda ko‘proq suyuq kristalli disple- ylar, kamroq hollarda luminessentli yoki gaz razryadli displeylar qo‘llaniladi. Ko‘pchilik ixcham kompyuterlarda apparat vositalarini kuchay- tirish PCMCIA kartalar deb ataluvchi maxsus tuzilishli platalarni ulash bilan bajariladi (boshlanishda faqat xotira platasiga mo‘ljal- langan Personal Computer Card International As- sociation). Deyar- li hamma PCMCIA kartalar (hozir ular, odatda, qisqacha PC kar- talar yoki PC Card deb atalmoqda) Plug @ Play («Ula va o‘yna») texnologiyasini qo‘llaydi. Ular qo‘shimcha platalar o‘rnatilganida ShK uzilishini yoki uning qandaydir qo‘shimcha sozlanishini talab qilmaydi. PC Card uchun uch tipdagi gabarit o‘lchamlar belgilangan: Ture 1, Ture 2 va Ture 3. Birinchi ikkita tipik o‘lchamlar kengligi 54 mm va uzunligi 85,5 mm bo‘lgan platalarni aniqlaydi, 1-tipning kalinligi 3,3 mm, 2- tipniki esa o‘rtasida 5 mm va chetlarida 3,3 mm. 3- tipdagi PC Card qalinroq - 10 mm va shuning uchun birinchi ikki tipdagi kar- talarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan hajmlarga o‘rnatilmaydi. PC Card modemlar, faks-modemlar, tarmoqli va interfeysli adapterlar; uyali va peyjingli aloqa nazoratchilari, statik, dinamik va flesh-xotira; qattiq disklar, tovush kartalari va boshqalar vazi- falarini bajaradi. TeEQQlari bilan bir qatorda, ixcham kompyuterlarda stol- liga nisbatan yanada intensivroq DEKQ va flesh-xotira platalari qo‘llanilmoqda, so‘ngisi ixcham ShKlarda ko‘pincha diskli xotira o‘rnida ishlatiladi. Klaviatura ko‘pincha ozgina qisqartirilgan: 84-86 ta tugma (stol usti ShKlarda 101 ta), lekin to‘liq klaviaturani ulash uchun hajm ham bor; ba’zi bir modellarda klaviatura yig‘iladigan bo‘ladi. Mi- niatur kompyuterda klaviatura shunchalik kichkinaki, tugmachani bosish uchun maxsus ko‘rsatkich tayoqcha ishlatiladi. Grafik axborot manipulatori (ko‘rsatuvchi qurilma) sifatida, odatda, sichqoncha emas, balki trekbol, trekpoynt yoki trekpad ishlatiladi. Trekbol (Treck Ball) - istalgan yo‘nalishda aylanuvchi, 15-20 mm diametrli plastmassa shardir (qo‘zg‘almas o‘rnatilgan, to‘nta- rib qo‘yilgan sichqonchani eslatadi). Ichiga sozlangan va tashqi trekbollar ishi atiladi. Ichiga sozlangani klaviatura blokida yoki displeyning yuza tekisligida ekranning yonida joylashishi mumkin. Tashqi trekboli ar kompyuterga kabel bilan yoki infrakizil simsiz kanal bo‘yicha ulanadi. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling