Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Trekpoynt (Track Point) rezina tipli klaviaturadagi maxsus egi- luvchan tugmacha 
bo‘lib, uning kerakli yo‘nalishga egilishi kur- sorni displey ekranida siljitadi. 
Trekpad (Treck Pad yoki Touch Pad) uncha katta bo‘lmagan planshet bo‘lib, 
klaviatura blokida joylashgan va yupqa plyonka ostida simlar tarmog‘iga ega. Bu simlar 
yengil bosilganida bosa- yotgan obyektning, masalan, barmoqning siljish yo‘nalishini 
qabul qiladi. Qabul qilingan signal kursorni boshqarish uchun ishlatiladi. 
Ixcham kompyuterlarda sensorli ekranlar ham qo‘llaniladi, ular- da ularning yuzasiga 
tegish kursorning tegishli joyga siljishini yoki ekranga chiqarilgan menyu bo‘yicha 
jarayonni tanlashni amalga oshiradi. 
Ko‘tarib yuriladigan EHMlarning asosiy tiplari. Ko‘tarib olib yuriladigan 
kompyuterlar juda rang-barangdir: qo‘pol va og‘ir (15 kg gacha) ixcham ishchi 
stansiyalardan to 100 g gacha og‘irlikdagi miniaturali elektron yozuv kitobchasigacha 
mavjud. 
Ixcham ishchi stansiyalar. Ixcham ishchi stansiyalar - eng quv- vatli va yirik ko‘tarib 


yuriladigan ShKdir. U ko‘pincha chamadon ko‘rinishda tayyorlanadi va «nomadic» - 
«ko‘chmanchi» nomiga ega. Ularning tavsiflari qo‘zg‘almas ShK - ishchi 
stansiyalarning tavsiflariga o‘xshashdir: ko‘pincha RISC tipidagi, 300 MHz gacha taktli 
chastotali kuchli mikroprotsessorlar, 64 Mbayt gacha sig‘imli tezkor xotira, gigabaytli 
diskli yig‘uvchilar, tezkor interfeyslar va 4 Mbaytgacha bo‘lgan videoxotirali 
videoadapterlar. 
Aslini olganda, bu oddiy tarmoqdan ta’minlanuvchi ishchi stan- siyalardir, lekin 
konstruktiv jihatdan ko‘tarib olib yurishga qulay korpusga yig‘ilgan va barcha ko‘tarib 
olib yuriladigan ShKlar kabi VGA sinfidan yuqori bo‘lmagan tekis suyuq kristalli 
videomoni- torga egadir. Nomadic, odatda, modemlarga ega va hisoblash tarmog‘ida 
ishlash uchun aloqa kanallariga tezda ulanishi mumkin. 
Bu tipdagi ixcham kompyuterlar ko‘chma taqdimotlar uchun, ay- niqsa, multimedia 
vositalari mavjud bo‘lganda, samarali ishlatilishi mumkin, lekin ish stolida joyni 
tejashga imkon berib, qo‘zg‘almas variantda ham muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. 
Tizzaga qo‘yib ishlatiladigan kompyuterlar. Ixcham Lap Tor kompyuterlari «tizzada 
ishlatiladigan» degan ma’noni bildiradi. Uncha katta bo‘lmagan «diplomat» 
o‘lchamidagi ko‘rinishda tay- yorlanadi, ularning og‘irligi, odatda, 5-10 kg oraliqda 
bo‘ladi. Apparat va dasturli ta’minoti yaxshi. 
Kompyuter-yon daftarchalar (notebook) - bu ixcham kompyuterlarning eng gurkirab 
rivojlanayotgan qism sinfidir. 
Axborot-kutubxonalarda, ofislar, firma, davlat muassasalarida ishlatiladigan 
kompyuterlar 2 turga bo‘linadi: 

stolga qo‘yiladigan kompyuterlar; 

yon daftarcha shaklidagi ixcham kompyuterlar. 
Stolga qo‘yiladigan kompyuterlar ofislarda, axborot-kutubxo- na muassasalarida, 
ishxonalarda ish stoliga o‘rnatiladi. O‘quv yurt- larida esa o‘quv stollariga joylanadi. 
Yon daftarcha shaklidagi kompyuterlar kichkina bo‘lib, ular ishlash va namoyish 
uchun ishda va safarlarda foydalanishga qulay. 
Kompyuter va qurilmalar ishini maxsus dasturlar amalga oshi- radi. Bu dasturlar 
mutaxassislar tomonidan yaratiladi va ishlash- ga juda qulay. Ular kompyuterning 
dastur ta’minoti deb ataladi. Kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni 
operatsion tizimlar bajaradi. Hozir kompyuterlar Windows operatsion dasturi asosida 
ishlaydi. 
Maxsus amaliy dasturlar kompyuter bajara oladigan barcha amallarni amalga 
oshiradi. 
Ixcham (portativ) kompyuterlar. Axborot texnologiyalar davrida kompyutersiz 
samarali ishlash mumkin bo‘lmagani uchun barcha sohalarda, shu jumladan, axborot-
kutubxona muassasalari- da ham keng moslashtirilgan ixcham kompyuterlardan 
foydalanish davr talabi bo‘lib qoldi. O‘zining imkoniyatlari bo‘yicha ixcham 
kompyuterlar oddiy stol ustidagi tizimlardan qolishmaydi, ba’zi bir ko‘rsatkichilari 
bo‘yicha esa hatto ulardan o‘zib ketadi. 
Ixcham kompyuterlardan foydalanib, oddiy klaviaturaga va videomonitorga o‘tish 
mumkin, ixcham kompyuter stol ustidagi kompyuterga terminal sifatida ulanishi 


mumkin, ko‘pchilik modellari hisoblash tarmog‘iga ulanish imkonini beradi, ularning 
ba’zilari esa tarmoqqa, shu jumladan, Internet tarmog‘iga, hatto radiokanal bo‘yicha 
masofadan turib ulanib, o‘z egasining to‘liq erkinligini ta’minlaydi. 
Ixcham 
ShK 
shaxsiy 
kompyuterlarning 
tez 
rivojlanayotgan 
sin- 
fidir. 
Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, 2000- yilda 50 % dan ortiq 
foydalanuvchilar aynan ixcham mashinalarni ish- latganlar. 2002- yilga kelib bu 85 % 
ga, 2012- yil 90 % gacha ortdi. 
Ko‘pchilik ixcham kompyuterlar elektr manbayi bilan kichik o‘lchamli akkumulator 
orqali avtonom (alohida) ta’minlanadi, le- kin ular elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ulanishi ham mumkin. Akkumulatordan ta’minlanganida avtonom ishlash muddatini 
uzaytirish uchun barcha ixcham kompyuterlar kamaytirilgan ener- giya iste’moli 
rejimlariga, masalan, Standy va Sleepga ega. Bun- dan tashqari, ularning hammasi 
Advanced Power Management (ARM) spetsifikatsiyasini ta’minlaydi, unda iste’mol 
qilinadigan quvvatning boshqarish apparati va dasturli vositalariga qo‘yadigan talablari 
ifodalangan. Standy rejimida eng ko‘p energiya iste’mol qiladigan qurilmalar 
(vinchester, displeyni yoritish lampasi va b.) uzib qo‘yiladi, Sleep rejimi energiya 
iste’molini yanada ko‘proq tejashni ta’minlaydi: mikroprotsessorning taktli chastotasi 
mini- mumgacha kamaytiriladi, ko‘pgina tizim ko‘rsatkichlari energi- yaga bog‘liq 
bo‘lmagan xotiraga yoziladi. Ko‘rsatilgan tadbirlar shunga olib keladiki, ba’zida 
akkumulatorning bir marta quvvat- lanishi ixcham kompyuterning 10 soat va undan 
ko‘p avtonom ish- lashiga yetadi. 
Videomonitorlar sifatida ularda ko‘proq suyuq kristalli disple- ylar, kamroq hollarda 
luminessentli yoki gaz razryadli displeylar qo‘llaniladi. 
Ko‘pchilik ixcham kompyuterlarda apparat vositalarini kuchay- tirish PCMCIA 
kartalar deb ataluvchi maxsus tuzilishli platalarni ulash bilan bajariladi (boshlanishda 
faqat xotira platasiga mo‘ljal- langan Personal Computer Card International As-
sociation). Deyar- li hamma PCMCIA kartalar (hozir ular, odatda, qisqacha PC kar- 
talar yoki PC Card deb atalmoqda) Plug @ Play («Ula va o‘yna») texnologiyasini 
qo‘llaydi. Ular qo‘shimcha platalar o‘rnatilganida ShK uzilishini yoki uning qandaydir 
qo‘shimcha sozlanishini talab qilmaydi. 
PC Card uchun uch tipdagi gabarit o‘lchamlar belgilangan: Ture 1, Ture 2 va Ture 3. 
Birinchi ikkita tipik o‘lchamlar kengligi 54 mm va uzunligi 
85,6 
mm bo‘lgan platalarni aniqlaydi, 1-tipning kalinligi 3,3 mm, 2- tipniki esa o‘rtasida 
5 mm va chetlarida 3,3 mm. 3- tipdagi PC Card qalinroq - 10 mm va shuning uchun 
birinchi ikki tipdagi kar- talarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan hajmlarga o‘rnatilmaydi. 
PC Card modemlar, faks-modemlar, tarmoqli va interfeysli adapterlar; uyali va 
peyjingli aloqa nazoratchilari, statik, dinamik va flesh-xotira; qattiq disklar, tovush 
kartalari va boshqalar vazi- falarini bajaradi. 
TeEQQlari bilan bir qatorda, ixcham kompyuterlarda stol- liga nisbatan yanada 
intensivroq DEKQ va flesh-xotira platalari qo‘llanilmoqda, so‘ngisi ixcham ShKlarda 
ko‘pincha diskli xotira o‘rnida ishlatiladi. 
Klaviatura ko‘pincha ozgina qisqartirilgan: 84-86 ta tugma (stol usti ShKlarda 101 
ta), lekin to‘liq klaviaturani ulash uchun hajm ham bor; ba’zi bir modellarda klaviatura 


yig‘iladigan bo‘ladi. Mi- niatur kompyuterda klaviatura shunchalik kichkinaki, 
tugmachani bosish uchun maxsus ko‘rsatkich tayoqcha ishlatiladi. 
Grafik axborot manipulatori (ko‘rsatuvchi qurilma) sifatida, odatda, sichqoncha 
emas, balki trekbol, trekpoynt yoki trekpad ishlatiladi. 
Trekbol (Treck Ball) - istalgan yo‘nalishda aylanuvchi, 15-20 mm diametrli 
plastmassa shardir (qo‘zg‘almas o‘rnatilgan, to‘nta- rib qo‘yilgan sichqonchani 
eslatadi). Ichiga sozlangan va tashqi trekbollar ishi atiladi. Ichiga sozlangani klaviatura 
blokida yoki displeyning yuza tekisligida ekranning yonida joylashishi mumkin. 
Tashqi trekboli ar kompyuterga kabel bilan yoki infrakizil simsiz kanal bo‘yicha 
ulanadi. 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling