Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
Trekpoynt (Track Point) rezina tipli klaviaturadagi maxsus egi- luvchan tugmacha
bo‘lib, uning kerakli yo‘nalishga egilishi kur- sorni displey ekranida siljitadi. Trekpad (Treck Pad yoki Touch Pad) uncha katta bo‘lmagan planshet bo‘lib, klaviatura blokida joylashgan va yupqa plyonka ostida simlar tarmog‘iga ega. Bu simlar yengil bosilganida bosa- yotgan obyektning, masalan, barmoqning siljish yo‘nalishini qabul qiladi. Qabul qilingan signal kursorni boshqarish uchun ishlatiladi. Ixcham kompyuterlarda sensorli ekranlar ham qo‘llaniladi, ular- da ularning yuzasiga tegish kursorning tegishli joyga siljishini yoki ekranga chiqarilgan menyu bo‘yicha jarayonni tanlashni amalga oshiradi. Ko‘tarib yuriladigan EHMlarning asosiy tiplari. Ko‘tarib olib yuriladigan kompyuterlar juda rang-barangdir: qo‘pol va og‘ir (15 kg gacha) ixcham ishchi stansiyalardan to 100 g gacha og‘irlikdagi miniaturali elektron yozuv kitobchasigacha mavjud. Ixcham ishchi stansiyalar. Ixcham ishchi stansiyalar - eng quv- vatli va yirik ko‘tarib yuriladigan ShKdir. U ko‘pincha chamadon ko‘rinishda tayyorlanadi va «nomadic» - «ko‘chmanchi» nomiga ega. Ularning tavsiflari qo‘zg‘almas ShK - ishchi stansiyalarning tavsiflariga o‘xshashdir: ko‘pincha RISC tipidagi, 300 MHz gacha taktli chastotali kuchli mikroprotsessorlar, 64 Mbayt gacha sig‘imli tezkor xotira, gigabaytli diskli yig‘uvchilar, tezkor interfeyslar va 4 Mbaytgacha bo‘lgan videoxotirali videoadapterlar. Aslini olganda, bu oddiy tarmoqdan ta’minlanuvchi ishchi stan- siyalardir, lekin konstruktiv jihatdan ko‘tarib olib yurishga qulay korpusga yig‘ilgan va barcha ko‘tarib olib yuriladigan ShKlar kabi VGA sinfidan yuqori bo‘lmagan tekis suyuq kristalli videomoni- torga egadir. Nomadic, odatda, modemlarga ega va hisoblash tarmog‘ida ishlash uchun aloqa kanallariga tezda ulanishi mumkin. Bu tipdagi ixcham kompyuterlar ko‘chma taqdimotlar uchun, ay- niqsa, multimedia vositalari mavjud bo‘lganda, samarali ishlatilishi mumkin, lekin ish stolida joyni tejashga imkon berib, qo‘zg‘almas variantda ham muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. Tizzaga qo‘yib ishlatiladigan kompyuterlar. Ixcham Lap Tor kompyuterlari «tizzada ishlatiladigan» degan ma’noni bildiradi. Uncha katta bo‘lmagan «diplomat» o‘lchamidagi ko‘rinishda tay- yorlanadi, ularning og‘irligi, odatda, 5-10 kg oraliqda bo‘ladi. Apparat va dasturli ta’minoti yaxshi. Kompyuter-yon daftarchalar (notebook) - bu ixcham kompyuterlarning eng gurkirab rivojlanayotgan qism sinfidir. - stoldagi kompyuter bilan qiymatlar almashishni qo‘llash; - matnni kiritish va uni xotirada saqlash imkoniyati; - har xil hisoblashlar uchun elektron jadvallar bilan ishlash; - hujjatlarni bosish uchun printerni ulash imkoniyati; - fakslarni qabul qilish va yuborish; - elektron pochta va Internet tarmog‘i bilan ishlash; - katta, yorqin, yaxshi o‘qiladigan, ko‘pincha yoritiladigan ek- ran; - avtonom rejimda uzoq vaqt ishlash imkoniyati; - audiotizimlar bilan ishlash; - inson dastxatini o‘qiy olish va uni bosma harflarga o‘tkazish qobiliyati. Cho‘ntak kompyuterlari ko‘p sonli xorijiy firmalar: «Casio», «Compaq», «Hewlett Packard», «NEC», «Philips», «LG Electronics» va b. tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Nazorat savollari: 1. Davlatimiz tomonidan axborot-kommunikatsion texnologiyalarini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab bering. 2. EHMlarning yaratilish tarixi va avlodlarini sanab bering. 3. Axborot-kutubxonalarda shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning roli va ahamiyati haqida gapirib bering. 4. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari nimalardan iborat? 5. Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalarini ta’riflang. 6. Shaxsiy kompyuterlar va ularning turlarini aytib bering. 7. Ixcham (portativ) kompyuterlar va ishchi stansiyalar haqida gapirib bering. 8. Nouybuk va netbuk kompyuter-yon daftarchalari sinflariga izoh berin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling