Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

Mashg’ulotni yakunlash 
3.1Baholash mezonini o’qib 
eshittiradi,mavzu bo’yicha yakun qiladi. 
3.2.Guruhlar ishini baholaydi. 
3.3.Mustaqil ish uchun topshiriq beradi.. 
Har bir 
o’quvchi o’z-
o’zini 
baholaydi 
Savol -
topshiriqni 
yozadilar. 
1-ilova 
Axborot kutubxona muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan kutubxonachining odob – 
ahloqi


 
Axborot kutubxona 
muassasasida faoliyat 
ko’rsatayotgan 
kutubxonachining odob 
– ahloqi
Ziyrakligi va
kuzatuvchanli
gi 
Mas’uliyati 
Ahloq odobi 
Psixologik 
xususiyati 
Muomala 
madaniyati


Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari. 
Telefon aloqasi eng keng tarqalgan tezkor 
ma’muriy-boshqaruv aloqa turidir.
 

Telefonlarning ikki turi mavjud:  

1. Statsionar telefonlar.  
 
 
2-ilova 
Yangi o‘quv materialini slaydli taqdimoti (lavha ) 
 
 
 
 
 
 
 
 
Axborot kutubxona muassasasida faoliyat 
ko’rsatayotgan kutubxonachining odob – ahloqi
 


 
 
 
3-ilova 
 
Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari 
 
1-guruh 
 
Dumaloq stol
3-guruh 
2-guruh
 
 


 
 
4-guruh 
 
 
4-ilova 
Baliq skeleti 
Sabab va tasdiqlar keltirish 
 
 
 
Axbotot- 
kutubxonalarda 
aloqa vositalari 
ahamiyatini.



 

 

Axborot-kutubxonalarda aloqa vositalari. 

Reja: 
1.Axbotot- kutubxonalarda aloqa vositalari. 
2.Statsionar telefonlarning axborot kutubxonalardagi roli. 3. 
Uyali aloqa telefonlari va ularni axborot kutubxonalarda ishlatish. 
Tayanch iboralar- kommunikasion jarayon, telekommunikasiya, modem, telefon 
tarmog`i, statsionar telefon, uyali aloqa telefoni, niplata. 
 

Telefon aloqasi eng keng tarqalgan tezkor ma’muriy-boshqaruv aloqa turidir. 
Telefon aloqa tarmog‘ining abonentlari ham jismoniy shaxs, ham tashkilotlar va 
boshqalar. Telefon aloqa axborot-kutubxonalarda, tashkilotlarda va shunga o‘xshash 
joylarda muhim rol o‘ynaydi. Demak, ko‘pchilik axborot-kutubxonalar uchun telefon 
o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblanadi, chunki axborot almashishda birinchi muloqot 
telefon orqali amalga oshiriladi. Telefon aloqasining quyidagi turlarini ko‘rishimiz 
mumkin: – umumiy foydalaniladigan telefon aloqa (shahar, viloyat, xalqaro va 
boshqalar.); – muassasa ichidagi telefon aloqa. 226 227 Radiotelefon aloqa, 
videotelefon aloqa telefon aloqaning alo hida turlaridan hisoblanadi. Telefon aloqa 
tizimi telefon tarmog‘idan va abonent terminallaridan tashkil topgan. Umumiy holda 
telefon tarmog‘i – bu kommutatsiya uzellari majmuyidir, ularning rolini avtomatik 
telefon stansiyalar (ATS) va ularni birlashtiruvchi aloqa kanallari bajaradi. Telefon 
aloqada telefonlardan foydalanilib, o‘zaro aloqa amalga oshiriladi. Telefonlarning ikki 
turi mavjud:  



1. Statsionar telefonlar.  

2. Uyali aloqa telefonlari.  

Abonent terminallari (ularga abonentning telefon apparatlari, ATS yoki 
kompyuterlar misol bo‘la oladi), odatda, tarmoqqa ikki juft mis sim – abonent liniyasi 
bilan ulanadi. Abonent liniyasi tarmoqda o‘zining yagona raqamiga (abonent raqamiga) 
ega, u orqali ma’lumotlarni uzatish ko‘pincha analog shaklda olib boriladi. ATSlar bir-
biri bilan ulovchi liniya deb ataladigan liniya orqali ulanadi – hozir deyarli barcha 
umumiy foydalanish tarmoqlarida 4 ta simli raqamli liniyalar qo‘llaniladi (bir juft sim 
signallarni har bir yo‘nalishda – bir ATSdan boshqasiga va teskarisiga – uzatish uchun 
qo‘llaniladi). Muassasa ATS bu axborot-kutubxonaning hamma bo‘limlari ichki 
aloqasini tashqi shahar telefon tarmog‘iga murojaat qilmasdan ta’minlaydi. Direktorlik 
telefon aloqasi, bu rahbarlarni o‘zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo‘yicha 
aloqasini ta’minlaydi. Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga ofis ATS axborot-
kutubxonalarida biror miqdordagi qo‘shimcha ichki telefonlarni tashkil etish uchun 
ishlatiladi: hamma tashqi chaqiruvlar ATS tomonidan qabul qilinadi va ichki 
telefonlarga bevosita yoki qo‘shimcha raqamlar bilan o‘tkaziladi. Abonentning tashqi 
liniyaga chiqishi, odatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri terish yo‘li bilan ta’minlanadi. Kompyuterli 
telefoniya shunday texnologiyaki, unda kompyuterli resurslar chiqish qo‘ng‘iroqlarini 
bajarish va kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini 
boshqarish uchun qo‘llaniladi. Kompyuterli telefoniya ko‘z oldimizda hamma 
sohalarga 
kirib 
borayotgan 
telekommunikatsion 
texnologiyaga 
aylanmoqda. 
Radiotelefonli aloqa tizimlari, chet elda esa Wireless Local Loop (WLL) deb ataluvchi 
telefon aloqaning simsiz tizimlari keyingi yillarda juda rivojlandi. Ular ko‘pincha mobil 
(mobil – «harakatlanadigan») abonentlar bilan aloqa uchun hududiy telefonli tizimlar 
sifatida hamda simli telefon liniyalari bo‘lmagan hollarda aloqa uchun ishlatiladi. Uyali 
radiotelefon aloqa tizimlari. 1991- yildan boshlab uyali radiotelefon aloqa tarmog‘i 
xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir necha kompaniyalar O‘zbekistonda ish boshladi. 
Uyali radiotelefon aloqalari radiotelefonning yangi bosqichdagi rusumi hisoblanadi. 
Bugungi kunda butun jahon bo‘ylab milliardlab odamlar uyali tele fonlarni 
ishlatadilar. Xususan, O‘zbekistonda 20 million nafar kishi uyali aloqa xizmatlaridan 
foydalanadi. Chunki bu aloqa vositasi bilan muloqot qilish oson va kam xarajatdir. 
Radiotelefon bilan uyali aloqa telefonining farqi shundaki, radiotelefonda gapirayotgan 
paytda navbat bilan so‘zlaydilar – biri gapiradi boshqasi eshitadi. Uyali telefonda esa 
bir vaqtning o‘zida ham suhbatdoshingizni eshitib ham unga gapirishingiz mumkin. 
Uyali telefonning rusumiga qarab quyidagi avzalliklarini ko‘rishimiz mumkin: kerakli 
ma’lumotlarni saqlash, bajarish kerak bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini tuzish, kalkulator 
amallarini bajarish, o‘yin o‘ynash, SMS matn xabarlarini yuborish, MP 3 pleyer 
yordamida musiqa eshitish, televizor ko‘rish, Internetga ulanish kabi xususiyatlari 
mavjud. Radiotrubkali telefonlar yoki, oddiy qilib aytganda, radiotelefonlar – bu telefon 
ATS bilan oddiy simli aloqaga ega bo‘lgan telefon apparati bo‘lib, unda telefon 


go‘shagining simi radioliniya bilan almashtirilgan. Bunday imkoniyatni amalga oshirish 
uchun telefon apparatida ham, telefon go‘shagi (trubkasi)da ham kichik quvvatli qabul 
qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar mavjud. Peyjingli aloqa o‘zining paydo bo‘lgan 
vaqtidan boshlab (50- yillarning o‘rtalarida) bir xil ma’noli bo‘lmagan holda qabul 
qilindi. Uning foydaliligi, so‘zsiz, aloqaning yuqori tezkorligi va narxi pastligi, 
chastotali resursni samarali ishlatishidir. Uning eng asosiy kamchiligi shundaki
aloqaning bir taraflama turi bo‘lib, bu uning ishonchliligini sezilarli pasaytiradi. 
Videoaloqa bugungi kunda telefonlarning yangi turi – videotelefonlardan 
muvaffaqqiyatli foydalanilmoqda. Bu telefonning asosiy xususiyati shundaki, 
so‘zlashayotgan hamsuhbatingizni ko‘rib turishingiz, fikr almashishingiz mumkin. 
Videotelefon aloqasi uchun 2 tomonda ham video telefon bo‘lishi kerak. Videotelefon 
xizmati uchun alohida kompaniyalar ishlamoqda. Telegraf aloqa elektr simli aloqa 
kanallari bo‘yicha qisqa matnli hujjatlashtirilgan xabarlarni avtomatlashtirilgan holda 
qabul qi lish va uzatish uchun mo‘ljallangan. Telegraf eng qadimgi aloqa turlaridan biri 
hisoblanadi. Birinchi elektr telegraf apparati 1832- yilda rus olimi P. L. Shilling 
tomonidan kashf qilingan, 1837- yilda amerikalik S. Morze o‘zining telegrafli 
apparatini yaratdi. Bu telegraf apparatlarida ma’lumot qog‘oz lentada nuqta va 
chiziqcha (tire) belgilari to‘plami («Morze alifbosi») ko‘rinishida qayd qilingan. 
Deytefon aloqada axborotni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi. 
Qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura sifatida oddiy teletayp apparaturasi modem bilan 
ham, maxsus apparatura bilan ham ishlatilishi mumkin. Faksimil aloqa (facsimile 
communication) – qo‘zg‘almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir. 
Uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo‘natuvchining qog‘ozli varaqlaridan oluvchining 
qog‘ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir, bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, 
rasmlar, sxemalar, fotosuratlar va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Aslini olganda, 
axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko‘chirishdir.  


Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling