Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

 
 
“Tushunchalar tahlili” metodini o’tkazish bo’yicha yo’riqnoma. 
 
Mazkur metod siz o’quvchilarni mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarini 
o’zlashtirish darajangizni aniqlash, bilimlaringizni mustaqil ravishda tekshirish, 
baholash, shuningdek yangi mavzu bo’yicha daslabki bilimlar darajasiga tashhis 
qilish maqsadida qollaniladi. 
- Mavzuga tegishli bo’lgan so’zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalarni oling. 
- Mazkur tushunchalar qanday mano anglatishi haqida yozma ma’lumot bering. 
- Belgilangan vaqt yakuniga yetgach(10daqiqa), o’qituvchi bergan tushunchalarning 
to’liq va to’g’ri izohini eshiting yoki slayd orqali namoishini ko’ring 
- Har biringiz berilgan to’g’ri javoblar bilan o’zizningninng shaxsiy javobingizni 
taqqoslang farqlarini aniqlang va o’z bilim darajangizni tekshirib baholang. 
Tushunchalar 
Sizningcha bu tushuncha qanday 
ma’noni anglatadi. 
To’g’ri javob 
Multimediya 
Lotus 
Multimediya 
vositalari 
 
 
6-Mavzu: Multimediya vositalari va ular bilan ishlash, 
Reja: 
1.Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalarining tavsifi. 
2. Multimedia vositalari. 
3.Distant uslubi. 
Tayanch iboralar – ma`ruza, axborot kutubxona texnoligiyalari, multimediya vositalari 
1.AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARILARIDA 
MULTIMEDIA VOSITALARINING TAVSIFI 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015- yillarda Axborot-
kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-ku- tubxona va axborot resurs 


xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ № 1487- sonli 
Qarori mazkur yillarda axborot-kutubxona tizimida olib boriladigan ishlarning Davlat 
dasturini aniq belgilab berdi. 2011- yil 13- aprelda qabul qilingan «Axborot-kutubxona 
faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi yuqorida 
olib boriladigan ishlarni qonunchilik asosida olib borishni ta’minlaydi. 
Ta’lim va o‘qitish, axborot-kutubxona sohalarida qo‘llaniladigan multimedia 
(Computer Based Training - CBT) shaxsiy foydalanish hamda biznes ishlarini yo‘lga 
qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Mul- timediani axborot-kutubxona sohasida qo‘llash 
ko‘lami kundan kunga yanada ortib bormoqda. Chunki yuqori kasbiy malakani 
ta’minlovchi bilim har doim tez o‘zgarib turadi. Bugungi o‘sish da- rajasi, ayniqsa, 
texnika sohasida doimiy yangilanishni talab qiladi. Shu bois raqobatga asoslangan 
axborot-kutubxona o‘z faoliyatida ancha moslanuvchan bo‘lishi lozim. Bu oddiy 
xodimlar uchun ham, rahbarlar uchun ham birday haqqoniy yo‘l. Kompyuterlardan 
foydalangan holda o‘qitish uchun ma’lum tizim kerak, lekin bunday tizimni ishlab 
chiqarish uchun bunga ixtisoslashgan firmaga buyurtma berish kerak. Shu kunga qadar 
kompyuterlar yordamida o‘rgatish, xodimni o‘qitish va malakasini oshirish uchun 
nisbatan ishlab chiqarish sohasida ko‘proq qo‘llanilar edi. «Opel» firmasi xodimlari 
jamoa bo‘lib o‘qitishning yangi usulini ilgari surmoq- dalar. «IBM» firmasi ham lokal 
tarmoqlar ishini namoyish qilish uchun kompyuterlardan foydalanilgan holda o‘qitish 
usulini qo‘lla- moqda. 
Yetmishinchi yillarda o‘qitish uchun ilk bor kompyuterlardan foydalanish ancha 
samarasiz bo‘ldi. Chunki o‘sha paytlardagi texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab 
chiqarish sifati uncha yuqori bo‘lmagan. Bundan tashqari, dasturlar yetarli darajada 
moslanuvchan emas edi. 
Bugungi kunda esa o‘qitish dasturlari shunday tuzilganki, foy- dalanuvchi 
o‘qitishning turli variantlaridan foydalanishi mumkin. Ya’ni u o‘quv materialini 
o‘zlashtirish davomida o‘qitish tezligini, material hajmini va uning murakkablik 
darajasini o‘zi belgilaydi. 
Ko‘pgina tadqiqotlar kompyuterlardan foydalangan holda o‘qi- tish tizimining 
muvaffaqiyatlarini e’tirof etmoqda. Eski an’anaviy ta’lim usullari bilan obyektiv 
taqqoslash juda qiyin, ammo multimedia bazasida o‘zgaruvchi interaktiv dastur bilan 
ishlashga e’tibor ikki baravar kuchaydi. Aniq bir materialni o‘rganish uchun vaqtni 
tejash an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan o‘rtacha 0 % ni tashkil qilyapti, 
o‘zlashtirilgan bilim esa xotirada ancha uzoq saqlanadi. 
Marketing bo‘yicha ekspertlar allaqachon (o‘qish tizimida multimedia ilovasi paydo 
bo‘lmasdan avval) ko‘p martali tajribalarida o‘qish uslubi bilan o‘zlashtirilgan 
materialni xotirada tiklash (es- lash) o‘rtasida kuchli aloqa borligini isbotlashgan. 
Masalan, eshitil- gan materialning faqat to‘rtdan bir qismigina xotirada qoladi. Agar 
o‘quvchi ushbu materialni ko‘rish orqali o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lsa, xotirada 
qolgan material hajmi o‘ttiz foizga ko‘payadi. Mabodo, ham ko‘rish, ham eshitish 
orqali material o‘zlashtirilsa, uning 50 foizi xotirada qolar ekan. Agar o‘quvchi 
o‘rganish jara- yonida faol harakat qilishga jalb etilsa, masalan, multimedia ilovasi kabi 
interaktiv o‘qitish dasturi yordamidan foydalanilsa, o‘zlashti- rish hajmi 75 % ni tashkil 


qiladi. 
Biz bu yerda hatto taxminiy raqamli ma’lum otlarni keltirish qiyinligini ta’kidlab 
o‘tmoqchimiz, chunki turli tadqiqotlarda bu borada turli natijalar keltiriladi. Tajriba 
natijalarining har xil bo‘lishi tajriba xulosalarini noto‘g‘ri chiqarishdagina emas, balki 
turli ko‘rsatkichlarga ham bog‘liq. Ya’ni o‘zlashtirish, eslab qolish qobiliyati bir xil 
bo‘lgan kishilardan iborat ikkita guruhni topish mumkin emas. Shu bois bu mavzuda 
bundan buyon keltiriladigan ma’lumotlar o‘rtacha nisbatda olinganligiga e’tibor bering. 
O‘z xodimlarining malakasini oshirish uchun har yili o‘qishga ma’lum bir moliyaviy 
mablag‘ ajratuvchi yirik firmalarning yuqori - da aytilgan omillarni hisobga olgan holda 
ancha yirik mablag‘ni iqtisod qilishlari mumkin. Masalan, «DEC» firmasi o‘qitish va 
qayta o‘qitishdagi xarajatlarni kompyuter texnologiyasidan foydalangan holda 40 mln 
dollarga iqtisod qildi. 
Bilim olishdagi bunday usulga quyidagilar sababchi: 

o‘rganilayotgan materialni chuqurroq va yaxshiroq tushinish; 

o‘quvchini yangi ilm sohasi bilan aloqaga kirishiga ishonti- rish; 

o‘qitish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish hisobiga vaqtni tejash; 

o‘zlashtirilgan bilim xotirada uzoq vaqt qoladi va amaliyotda qo‘llash lozim 
bo‘lganida qisqacha takrorlansa, tezda esga keladi. 
Multimedia bozori bilan shug‘ullanuvchi Shveytsariyaning Prognos institutining 
tadqiqotlariga ko‘ra, yaqin kelajakda kor- xonalarda multimedialar juda keng qo‘llanila 
boshlanadi. To‘g‘ri, apparat vositalarining narxi tushib bormoqda, lekin hisoblash 
texnikasi tizimi (HTT)dan foydalanish natijasida, o‘qitish tizimini joriy etish xarajatlari 
ancha o‘sib bormoqda. Bitta o‘quv dasturi- ning bir soatlik o‘quv vaqtini yaratishga, 
odatda, dasturlovchining 200-250 ish soati ketadi. Dasturlarni yaratish uchun asbob-
uskuna vositalarining sifati yaxshilangani va imkoniyati kengaytirilganiga qaramay, 
o‘quv dasturini yaratish xarajatlari ko‘payib bormoqda. Chunki dastur interfeysiga 
nisbatan talablar kuchaymoqda, shu- ningdek, multimedianing yangi elementlarini 
dasturlarga kiritishga to‘g‘ri kelyapti. Albatta, muvaffaqiyatga erishish, ma’lum 
ma’noda, qo‘yilgan maqsadga ham bog‘liq. Agar biz amaliy faoliyat usul- larini 
yangilashdan kelib chiqadigan bo‘lsak, multimedianing in- teraktiv dasturidan 
foydalangan holda o‘qitish uslubini kelajakda katta zafarlar kutmoqda. 
Yana bir kamchilik shundan iboratki, hisoblash texnikasi tizimi- dan foydalanib, 
o‘qitish tizimini yaratishga bo‘lgan buyurtma uchinchi tomonning axborot va ishlab 
chiqarish sirlarini ochish bilan bog‘liq. Bunda shuni unitmaslik kerakki, bunday 
multimedia ilovalari iste’mol bozorida manfaat predmeti bo‘lib qoladi va bu manfaat 
zarur qurilmalar narxining doimiy tushishi bilan bog‘liq. 
«Lotus» firmasida, masalan, multimedia elementlariga ega bo‘lgan o‘qitish dasturi 
joylashtirilgan kompakt disklar mavjud. 
2. MULTIMEDIA VOSITALARI 
Hozirgi kunda axborot-kutubxona muassasalarida axborot- kommunikatsion 


texnologiyalar, ya’ni multimedia vositalarining ahamiyati alohida o‘ringa ega 
bo‘lmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimida multimedia vositalarining qo‘llanishi o‘z 
samarasini bermoqda. 
Barkamol avlodni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi- da, malakali va 
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda. 
Multimedia - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan 
audio va video axborotlardan foydalanish bilan bog‘liq sohadir. 
Multimedia (multimedia - ko‘p muhitlik) vositalari bu apparat va dasturlar to‘plami 
bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, 
grafika, matnlar, ani- matsiya va boshqalardan foydalangan holda kompyuter bilan mu- 
loqot qilish imkonini berdi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual 
haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni ochib beradi, bunda foydalanuvchi u 
yerda avj olayotgan hodisa- larda faol ishtirok etadi, shu bilan birga, muloqot 
foydalanuvchi uchun birinchi navbatda, tovushli va video obrazlar tilida bo‘lib o‘tadi. 
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio - (nutqli) va video 
kiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori si- fatli tovush (sounol) va video platalar, 
videoqamrash platalari (vide grabber) ular videomagnitafondan yoki videokameradan 
tasvirni oladi va uni kompyuterga kiritadi. Yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush 
kalonkali, katta video ekranli akustik va video qabul qiladi- gan tizimlar, hozirgi kunda 
keng tarqalgan skanerlar (kompyuterga bosma matnlar va rasmlarni avtomatik kiritish 
imkonini beradi); printer va plotterlar - bularning hammasi multimedia vositalari 
asosini tashkil etadi. 
Multimedia vositalari yuqori ishonchli, ko‘pincha tovushli va video ma’lumotlarni 
yozish uchun ishlatiladigan optik va raqam- li video disklardagi katta sig‘imli tashqi 
eslab qolish qurilmalarni ham kiritish mumkin. Ixcham kompakt disklarning (CD) narxi 
ular ommaviy ko‘paytirilganda qiymati emas, ularning katta sig‘imi 650 Mbayt va 
undan yuqori. Multimedia vositalarida axborot manbala- rining turli xil texnik axborot 
kanallaridan olish va uzatish mumkin. 
Multimedia - gurkirab rivojlanayottan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling