Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional
Download 5.27 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA
9- rasm. Multimedia vositalari.
ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar ki- radi: - axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, be- zaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan par- chalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘y- xatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; - muayyan vaqtdagi ish: o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqt- ning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborot- larni kompyuterda qayta ishlatish va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video xotira, katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshi- rilishi talab etiladi; - «inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi: bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dol- zarb masalalaridandir. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va ani- matsiya (obyektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z- lashtirish imkoniyati bor; b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi; d) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida vaqtni tejash im- koniyatiga erishish; e) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. O‘quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptirishga katta yordam beradi. Download 5.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling