Axborot oqimlarini qayta ishlash va boshqarish
Download 28.26 Kb.
|
Kamalov.7.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega.Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi.Ulaming rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.[8] Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig‘indisini (masalan, koixonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparatini o‘zida namoyon etadi.Boshqaruv apparati deganda, maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ulaming bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi.Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalami bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog‘angan .To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, m a’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek m a’lum otlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalami bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi. Axborot oqimlari qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarini tatbiq etish nafaqat mayda-chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (suniy intellekt usullari. www.ziyouz.com kutubxonasi ekspert tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari xattiharakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini yuksaltirish maqsadlarida amalga oshiriladi. Insonni uning axborotni oqimlarini qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish — axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obyektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot kompyuter tizimlari asrida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak. XULOSA Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida raqamli axborot oqimlarini qayta ishlash va boshaqrishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda boshqarish ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, Insonni uning axborotni oqimlarini qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish — axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obyektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. Axborot oqimlari qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi. Kelajakda hududlarning raqobatbardoshligini oshirish va logistika xizmatlarini sifatli oʻzgartirishga qaratilgan turli logistikani rivojlantirish strategiyasi amalga oshiriladi. Logistika rivojlanishining istiqbolli yoʻnalishlari: logistika xizmatlari uchun bozor maydonini yanada shakllantirish; mahalliy, mintaqaviy, respublika darajasida logistika ulushini oshirish, biznes sohasiga yangi logistika texnologiyalarini joriy yetish, xalqaro darajaga chiqish uchun zarur boʻlgan logistika salohiyatini shakllantirish. Download 28.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling