Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar


Download 131.39 Kb.
bet10/13
Sana05.05.2023
Hajmi131.39 Kb.
#1432223
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Individual loyiha2

Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar:



  • o`qitishning ijodiy muhiti. Ana`naviy uslublar asosida ta`lim berishda, o`quvchi faqat berilgan materialni o`qiydi. Masofadan turib o`qitish uslubi asosida esa, o`quvchilarning o`zlari axborotlar omboridan kerak bo`lgan ma`lumotlarni qidirib topish va o`zlarining tajribalarini boshqa o`quvchilar bilan elektron tarmoqlari asosida almashish imkoniyatlariga ega bo`ladilar;

- ish joyidagi katta o`zgarishlarni mavjudligi. Masofali ta`lim uslubi asosida ta`lim berish turi millionlab o`quvchilarga, ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta`lim olayotgan o`quvchilarga juda keng sharoit yaratib beradi.

  • o`qitish hamda ta`lim olishning yangi va unumli vositasi ekanligi. Statistik ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, masofali ta`lim uslubi asosidagi ta`lim stasionar o`qitish kabi unumlidir.

Bunday uslubda ta`lim olayotgan o`quvchilarning ustunligi ularning eng yaxshi va sifatli didaktik materiallar hamda salohiyatli ma`ruzachilar bilan ta`minlanishidadir. Ushbu uslubda o`quvchilar INTERNET tarmog`i orqali "jahon bo`yicha sayohat" qilishlari mumkin.


Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari:


  • ixtiyoriy yoshdagi o`quvchilarning guruhi ta`lim olish imkoniyatiga ega ekanligi, ya`ni vaqt va fazoda egiluvchanligi:

  • yuqori sifatli o`quv materiallarni tanlash mumkinligi;

  • o`qitish jarayonini yuqori darajadagi oshkoralik va samaradorlikda o`tkazish mumkinligidan iborat.

Masofali o`qitish pedagogik jihatdan:

  • o`ziga xos yo`nalishi sifatida qaralishi;

  • o`qitish va o`qishni individual va differensial qndoshuvni mavjudligi;

  • o`quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish mumkinligi;

  • o`quvchilarning o`qishga motivasiyasini kuchaytirish, olgan bilimlarini takomillashtirish va rivojlantirish;

  • fanlararo uzviylik ta`minlanishi;

  • muammoli o`qitish usullaridan foydalanilishi;

  • zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi;

  • guruhli va yakkama-yakka usullardan izchillik bilan foydalanish mumkinlik xususiyatlariga ega.

Masofali o`qitish, o`qituvchi va o`quvchilarning fuqorolik huquqlarini tenglashtirish, tanlash, shuningdek, o`z fikri va nuqtai nazarlarini erkin bayon etish huquqlarini beradi.


Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni to`lib toshgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol faoliyat ko`rsata olishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur.
Pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda qo`llaniladigan masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jahondagi ihtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor - o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, tinglovchilarga uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv - metodik ta`minotning rang-barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi.
Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish uslubi bilan malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun:

  • ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali ta`lim tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`; ta`limning aloxida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini tahlil qilish;

  • tinglovchilarning joriy, oraliq va yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqarish;

  • o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar ishlab chiqish;

  • zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio- va vidio kurslar, kompyuterli o`qitish dasturlarini yaratish va telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash;

  • malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash;

  • o`quv jarayonida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;

  • malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash va me`erga keltirish;

  • ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchi xodimlarni aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak.

Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish tizimi orqali malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun: o`quv - uslubiy adabiyot; egallagan bilimlarini nazorat qilish tizimi va tashkiliy shakllar kabi iborat uchta elementlar orasida qat`iy bog`lanish bo`lishi zarur.
Masofali o`qitishda yuqori faollikni elektron darslik va qo`llanmalar o`ynashi kerak. Ular tinglovchilar uchun ta`lim berish tizimlarini vazifasini bajarishlari kerak. Har bir fanga mo`ljallangan kurslar uchta (eng kamida): ta`limiy, mashqli va nazorat qilish asosiy qismlarga ega bo`lishlari kerak.
Masofali ta`limda ishtirok etayotgan o`qituvchidan ma`lum bilim va ko`nikmalarni egalaganliklarni talab etadi. Ushbu bilim va ko`nikmalarni qo`yidagi to`rt qismga bo`lish mumkin:



Download 131.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling