Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Masofaviy ta’lim berish metodlari
Download 131.39 Kb.
|
Individual loyiha2
Masofaviy ta’lim berish metodlari.XXI-asrning muhim o`quv texnologiyasi Masofali o`qitishning afzalliklari: Masofali o`qitish: ochiq ta`limning zamonaviy shaklidan iborat; kompyuterli ta`limni foydalanishga qaratilgan; o`qituvchilar va boshqa talabalar bilan faol muloqat qilish uchun zamonaviy - kommunikasiya texnologiyasini foydalaniladi. Ochiq ta`lim. O`zbekistonda ochiq ta`lim endigina shakllanmoqda. Biinchilar qatorida O`zbekiston respublikasi Prezidentining "Iste`dod" jamg`armasi qoshidagi masofali o`qitish markazida ishlab chiqilgan "Axborot texnologiyalari va masofali o`qitish" kursi jamg`arma portaliga joylashtirilib, undan foydalanish tajribadan o`tmoqda. Qator g`arbiy xorijiy mamlakatlarda ochiq ta`lim universitetlari tashkil etilib, hozirda ularda talabalar o`zining rahbar(tyutor)lari yordamida qanday o`qishlarini o`zlari aniqlamoqdalar. Ochiq ta`lim, odatda tinglovchilar o`zlariga qulay tartiblarda kutubxonalar va kompyuter sinflarda ishlash, rahbar(tyutor) bilan maslahatlasha oladigan o`quv markazlarning keng tarmog`iga ega bo`ladi. Aniq predmet bo`yicha faol muloqot odatda talaba qatnashadigan seminarlarda amalga oshiriladi. Masofali o`qitish, o`qitishning ochiq shakli bo`lib, unga nisbatan aniq afzalliklarga ega. Bosh afzalligi - masofali o`qitish o`quvchilarning o`zlariga yanada ko`proq yo`naltirilgan bo`lib, tinglovchilarga o`qish uchun maksimal qulay sharoit yaratadi, u vaqt va fazoviy chegaralardan to`la ozod qiladi. Birichidan, masofali o`qitishning asosiy tamoyillaidan biri - 24*7 (bir kecha-kunduzda 24 soat va haftada 7 kun) tamoyili, o`quv materiali bilan ishlash uchun vaqt bo`yicha chegaralarning to`la yo`qligi. Ikkinchidan, masofali o`qitish fazoviy chegaralardan to`la ozod qilingan, chunki u WWW texnologiya asosida qurilgan virtual fazoda amalga oshiriladi, Internet texnologiyasi qo`llanilganligi uchun o`quvchilar ta`lim muhitiga ixtiyoriy kompyuter orqali kirishlari mumkin. Download 131.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling