Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Download 131.39 Kb.
|
Individual loyiha2
Masofali o`qitish didaktikasi. Xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda O`zbekiston ta`lim tizimi oldida turgan vazifalardan biri aholining keng tabaqasiga sifatli va tushunarli ta`lim berishdan iborat. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, respublikamizda an`anaviy ta`lim tizimi udasidan chiqmaydigan, ta`lim xizmatiga zarurat tug`ilayotgan shaxslar kontengenti paydo bo`lmoqda.
Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: OTM lari markazlardan uzoqda joylashgan mamlakatimizning qamroq o`zlashirilgan xududlarida istiqomat qiluvchi turli yoshdagi shaxslar; Yangi bilim yoki ikkinchi ta`lim olishga xoxish bildirgan kishilar; OTM ga kirishga tayyorlaydigan ta`lim xizmatlaridan foydalanuvchilarning keng kontengenti; An`anaviy ta`lim tizimidan foydalanish imkoniyati chegaralanganligidan, o`qishni ish bilan birlashtira olmagan va boshqa maxsus shartlar (qishloqda yashaydiganlar, sportsmenlar, posbonlar, ko`chmachilar va hokazo)ga ko`ra ta`lim xizmatlarini ololmaydigan shaxslar; O`zbekiston qo`rolli kuchlar saflarida haqiqiy xizmat qilayotgan, shuningdek, ofiserlar zaxirasiga bo`shatilayotganlar va ularning oila a`zolari; Stasionar sharoitlarda doimiy ta`lim olishga tibbiy chegaralangan (nogironlar, kasalxonalarda shifolanayotganlar, xomiladorlar, uyda ta`lim olishga muxtoj bo`lganlar va boshqalar) shaxslar; Qayta tayyorlov va malaka oshirishga muxtoj turli darajadagi menejerlar, o`qituvchilar va boshqa mutaxasislar jamoasi; Maxsus tizim sub`ektlari (masalan, mahkum qilinganlar va to`g`rilash muassasalarining xizmachilari); Xorijiy ta`lim muassasalarida o`qishga xoxish bildirgan shaxslar; Mos bandlik xizmatlarida ro`yhatga olingan bo`shatilgan va qisqartirilgan shaxslar; Turli sabablarga ko`ra O`zbekistonga kelib o`qishga imkoniyati bo`lmagan, lekin ta`lim olishga xoxish bildirgan chet el fuqorolari. Yuqorida keltirilgan dalillar, paydo bo`layotgan axborot jamiyatga monand mavjud ta`lim tizimiga antogonistik bo`lmagan alternativ ta`lim olish shakllarini izlash, sinash va qo`llash zarurligidan dalolat bermoqda. Bu ta`lim O`zbekiston respublikasi Konstitutisiyasi va "Ta`lim to`g`risida"gi qonunda belgilangan ta`lim olish huquqini to`la ta`minlashi va gumanistiklik tamoyilini qanoatlantirishi, ya`ni to`la ta`minlanmaganligi, teritorial (geografik) ajralganlik, ijtimoiy muxofaza qilinmaganlik va jismoniy kamchiligiga ko`ra yoki ishlab chiqarish va shaxsiy ishlari bilan mashg`ulligi tufayli ta`lim muassasasiga bora olmaslik sabablariga ko`ra o`qish imkoniyatidan maxrum bo`lmasliklari kerak. Bunday ta`lim olish shakli: oliy va boshqa ta`lim darajalaridan keng aholi qatlami uchun ularning turar joyi, yoshi va ishiga bog`liq bo`lmagan holda foydalanila olish, bu bilan aholining ta`lim xizmatlariga, davlatni esa sifatli tayyorlangan mutaxassis kadrlarga bo`lgan talablarini qondirish; ilgarilab borayotgan va uzluksiz ta`limning zarur va konstruktiv g`oyalarini amalga oshirish, mehnat bozorining doimiy o`zgarib turadigan talabiga javob bera olish; davlat moliyalashtirilishini kamaytirishni kompensasiya qilish, xalqaro integrasiyani kuchaytirish, ijtimoiy kuchlanishni olib tashlash, aholining ijtimoiy va kasbiy oqimini ko`tarish; ta`lim tizimi tomonidan ko`p yillar mobaynida yig`ilgan bilimlar, xodimlar va materiallar saloxiyatini saqlash va ko`paytirish, OTMlarning pedagogik va ilmiy saloxiyatini to`la foydalanish, mavjud va kelajak yangi axborot texnologiya vositalar (YaATV) ini samarali foydalanish va boshqa qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qila olish imkoniyatini berish kerak.Ta`lim olishning bunday shakli sifatida masofali o`qitish (MO`) bo`lishi mumkin. Xudi shunday talimning eksternat (mustaqil tayyorgarlik ko`rib, attestat yoki diplom yoki boshqa hujjat olish)shakli haqida ham to`xtalish mumkin. Masofali o`qitish yuqorida sanab o`tilgan ta`lim shakllarining eng yaxshi tomonlarini o`zida mujassamlashtiruvchi ta`lim shakli bo`lim shakllanmoqda. Oliy ta`limning vazifasi talabalarni kun sayin to`lib toshaqtgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol mustaqil faoliyat ko`rsataolishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Bunday sharoitni ta`limning MO` shaklida amalga oshirish mumkin. Shunday qilib, ta`lim tizimida hozirgi kungacha mavjud bo`lgan "Talabalarni bir davlatdan boshqasiga ko`chish (an`anaviy ta`lim konsepsiyasi)dan", "Ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim (konsepsiyasi)ga o`tilmoqda. MO` o`quvchilarga mustaqil o`kishda eng yuqori foyda va odatdagiday o`quvchilar bilimga emas, balki bilimlar o`quvchilarga harakatlanadigan sharoitlarni optimalashga imkon beradi. Xozirgi kunda jahonda MO` tizimini amalga oshirishda yetarlicha tajriba mavjud. Buyuk Britaniyaning an`anaviy universitetlarida boshqarish sohasi bo`yicha magistr darajasiga mo`ljallangan dasturlarning 50 foyizi MO` orqali amalga oshirilmoqda. Ispaniyadagi Masofali o`qitish Milliy universiteti davlatdagi eng yirik oliy o`quv yurti hisoblanadi. Uning tuzilmasida Ispaniya teritoriyasida joylashgan 58 ta o`quv markaz va undan tashqarida joylashgan 9 ta markaz kiradi. Fransiyada bu soha bo`yicha dunyoning 120 davlatlaridagi 350000 foydalanuvchini ta`minlaydigan masofali o`qitish Milliy universiteti liderlik qiladi. Britaniyaning ochiq universiteti davlatdagi eng katta oliy o`quv yurti bo`lib, MO` tizimini juda tez rivojlantirmoqda. Umuman dunyo tajribasi, masofali o`qitish an`anaviy universitetlarda o`qitishga qaraganda 40 foyizga arzonga tushishini tasdiqlamoqda. Oxirgi paytlarda MO` kompyuter va telekommunikasiya texnologiyasining yuqori saloxiyatiga yo`naltirilgan. Xozirda MO` elektron- tijorat (tarmoqli tijorat) umumiy nom bilan birlashtirilgan tijorat-jarayonlar keng guruhining lidiriga aylanmoqda. MO` mijoz o`qituvchi-maslahatchi-tyutorga biriktirilib qo`yiladi. Uning vazifasi mijozning o`qishiga rahbarlik qilish, unga murakkab mavzu va savollarlar bo`yicha maslahatlar berish, nazorat ishlari va testlarni tekshirish, mustaqil ishlashning barcha bosqichlarida imtihonlarga tayyorgarlik qilishga ko`maklashish. O`qituvchi bilan mijoz o`rtasidagi axborot almashinish telefon, faks, elektron va oddiy pochta orqali va albatta bevosita bog`lanish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. O`quv materiallarning komplekti-keyslarni mijoz o`qishga ro`yhatga olingandan keyin oladi. Bular oddiy darsliklar emas, balki turli tashuvchilar- qog`oz, CD, audio, video tashuvchilar yoki serverdagi ma`ruzalar matni, masala va missollar to`plami, praktikumlar, mustaqil ishlash uchun vazifalardan iborat. Modellarni amalga oshirish MO` rivojlanish jarayonida quyidagi "sxema" bo`yicha o`zgargan uslubiy ta`minotni qayta yaratishni ko`zda tutadi: keyslarga komplekt qilingan va talabalarga mustaqil o`rganish uchun jo`natilgan tuzilishtirilgan o`quv-uslubiy materiallar (keys-texnologiya). Vaqt o`tishi bilan keyslarning ichidagilari o`zgargan. Ular magnit tashuvchilar va SD ROM lardagi yozuvlar bilan to`latilgan. Mashg`ulotlarni o`tkazish va ma`ruzalarni o`qish uchun televizion (TV) texnologiyasini qo`llay boshladilar. Bunda talaba davriy ravishda o`quv markazlardagi tyutorlarning kunduzgi maslahatlariga kelib turishlari kerak edi; multimediali o`quv kurslari (bunda yaxshi texnologiyalar o`qituvchi-maslahatchi, keyslar, o`yin vaziyatla, imitasion modellarni bo`lishini taqqoza etadi); tarmoqli masofali o`qitish (birinchini o`zida mujassamlashtirgan) - masofada turib bosh, shu jumladan, xorijiy o`quv yurtlarining o`qituvchilari bilan muloqat qilish imkoniyatini ta`minlaydi; virtual universitet (MO` ni tashkil etishning eng yuqori shakli, masalan Yevropa ittifoqi virtual universiteti). Instrumental vositalar dinamikasi ham yetarlicha aniq: an`anaviy nashrlar. Ular turli ko`rinishda: qog`ozda, disketalarda yoki CD ROM larda, Internet/interanet serverlarida taqdim etilishi mumkin; audio-video o`quv-axborot materiallar; avtomatlashtirilgan o`qitish tizimlari (AO`T), shu jumladan multimedia kompyuter dasliklari; Internet/interanet texnologiyalari. Ulardan MO` foydalanish qulay bo`lganlari: World Wide Web (WWW). Internet/intranetga multemedia elemntiga ega bo`lgan gipermatnli o`quv qo`llanmalar, nazorat testlari joylashtirish imkonyatini beradi vabevosita kompyuter tarmog`ida o`quv materiallariga interfaol kirishni ta`minlaydi; FTP (File Transfer Protocol). O`quv yurtining server kompyuteridan mijozning shaxsiy kompyuteriga ixtiyoriy faylni (o`quv qo`llanmalar, Amaliy dasturlar va hokazo) uzatishni ta`minlaydi; Elektron pochta - E-mail. Masofali o`qitishda o`quvchilarni tyutor bilan asinxron maslahat olishi uchun qo`llaniladi. E-mail servisi, har bir qatnashuvchi muhokama qilinayotgan mavzuga doir o`z fikrini aytishi, savo berishi, boshqa qatnashschilarning ma`lumotlarini o`qishi mumkin bo`lgan vaqt bo`yicha asinxron teleanjuman tashkil etish imkoniyatini beradi; videoanjuman - kompyuter texnologiyasi bo`lib, unda nafaqat eshitish, balki bir-birini ko`rish, infterfaol tartibda ma`lumotlar bilan almashinish va birgalikda ularni qayta ishlash imkoniyatlarini beradi. Download 131.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling