Axborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Download 131.39 Kb.
bet5/13
Sana05.05.2023
Hajmi131.39 Kb.
#1432223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Individual loyiha2

Foydalanilayotgan ta`lim vositalarining avtomatlashtirilgan darajasi asosida ularni ikki turga ajratish mumkin:

  • avtomatlashtirilmagan (keys-texnologiyani foydalaniladigan) MO`. Bu yerda o`qitish vositalari chop etilgan nashrlar-qog`oz tashuvchilardagi qattiq nushalar (darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, ma`lumotnomalar va hokazo)ni ifodalaydilar;

  • avtomatlashtirilgan MO`. Uni shartli ravishda televizion, kompyuterli, tarmoqli turlarga ajratish mumkin.

Keltirilgan sinflarga ajratish faqat MO` tizimining asosiy guruhlarinigina qamrab oladi. Ko`pchilik zamonaviy MO` tizimlari vositalarning birlashmasi: keys-, TV-, kompyuterli va tarmoqli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan.


MO`ni amalga oshirishning asosiy muammosi. MO` katta rivojlanish davriga o`tayapti.
Atamalarning o`girib turishi (MO` ning ta`rifini ko`pligi buning tasdiqlaridan biridir) MO` ninng dolzarb muammolarini fikrlash jarayonini mo`maygina og`irlashtiradi. Buning ustiga, boshqalari ular doirasida shakllanadigan tayanch atamalar aniq. Bular:

  • boshqaruv;

  • ta`lim xizmatlarini tavsiya etadigan xodimlarni shakllantirish;

  • mijozlarni shakllantirish;

  • uslubiy ta`minot;

  • texnik (apparatli va dasturiy) ta`minot;

  • xuquqiy ta`minot;

  • ijtimoiy-psixologik muammolardir.

Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari


Masofali o`qitish (MO`) - axborot-kommunikasion texnologiya (kompyuterlar, telekommunikasiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o`qitish usullarini qo`llab ta`lim (kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir. O`qitishni bu shakli o`quvchilarga mos ta`lim predmetini erkin tanlash, o`qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta`minlaydigan an`anaviy, yangi axborot va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslanib, o`qitish jarayoni o`quvchining qaerdaligi va vaqtga bog`liq bo`lmagan holda amalga oshiriladi. O`quvchi o`quv muassasasiga qatnamay, o`qituvchi yoki o`quv muasasasi seritifikasiyalagan shaxs (tyutor)lardan doimiy maslahat olib o`qish imkoniyatiga ega.

Masofali ta`lim (distant education) - axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta`lim muxiti yordamida o`quv axborotlarini almashinishni ta`minlaydigan va o`quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko`nikmalarni egallash jarayoni.


Masofali ta`lim - masofali o`qitish orqali amalga oshiriladigan ta`lim.
Masofali o`qitish - o`rganayotgan materialning asosiy hajmini o`quvchilarga yetkazish, o`quv jarayonida talaba va o`qituvchining interfaol muloqati, talabalarga o`rganayotgan materiallarni o`zlashtirish bo`yicha mustaqil ishlash, shuningdek, ularning o`qish mobaynida olgan bilim va ko`nikmalarini baxolashga imkoniyat beradi axborot texnologiyalari yig`indisi.
Masofali o`qitish - o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o`qitish vositalari va hokazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan va interfaollikni ko`zda tutgan o`qituvchi va o`quvchilarning masofadan turib o`zaro aloqa qilishi.
Masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jaxondagi ixtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor-o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, o`quvchilarga uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv - uslusbiy ta`minotning rang barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi.
Masofali o`qitish tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • dastlabki tashkiliy ishlar (an`anaviy tartibda o`tkazish ham mumkin). Bu o`z ichiga guruxni shaklalantirish, tinglovchilar bilan tanishish, ularni boshlang`ich bilimlarini aniqlash uchun mo`ljallangan (kirish) testidan o`tkazish, kirish darslari tashkil etish, o`qish uchun zarur bo`lgan o`quv manbalarni tavsiya qilish va boshqa tashkiliy masalalarini oladi;

  • tinglovchilarga elektron ma`ruza va qo`llanmalarni uzatish;

  • tinglovchilarni tyutor - maslahatchi bilan yozishmasi;

  • professor - o`qituvchilarni tinglovchilar bilan yozishmasi.

Bu o`z ichiga elektron pochta orqali maslahatlar, teleanjumanlar ko`rinishidagi seminarlar, elektron testdan o`tkazish, tinglovchilarni Internet tarmog`i orqali mustaqil ishlashlari, audio-vidio qo`llanmalar bilan mustaqil ishlashi, ekspert tizimlaridagi bilimlar omborini esda saqlab qolishlarini oladi;

  • tinglovchilarni mustaqil ishlashi;

  • joriy nazorat (imtihon), bitiruv ishi (referat)ni tayyorlash va himoya qilish, tinglovchilarga diplom yoki seritifikatni taqdim etish;

  • turli ko`rinishdagi teleanjuman (masalan, kurs buyicha, o`quv muassasasi bo`yicha yoki global tarmoqli) lar.

Masofali o`kitish tizimining xarakatchanlik xususiyati o`kuv auditoriyalarini tashkil etish va nazorat qilish, o`kuv - metodik qo`llanma va elektron kutubxonalarning jamg`armalarini, kompyuter tarmoqlarining global va mahalliy hisoblash ashyolarini foydalanish, tyutor - konsultant va o`qituvchilarni tayyorlash kabi ta`lim ashyolarini samarali foydalanishni rejalashtirish muamolarini keltirib chiqaradi.
Tinglovchilarni masofali o`qitish uchun:

  • ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali o`qitish tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`; ta`limning alohida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini taxlil qilish;

  • tinglovchilarning yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish uslublarini, ajratish;

  • o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar ishlab chiqish;

  • zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio - va vidio kurslar, kompyuterli o`qitish dasturlari, telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash;

  • malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash;

  • o`quv jaraenida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;

  • malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash va me`erga keltirish;

  • ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchilarni aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak.




Download 131.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling