Axborot texnalogiyalari va kompyuter injiniringi axborot texnologiyalar kafedrasi


Download 41.61 Kb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi41.61 Kb.
#1611528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
C kutubxona funksiyalari.

________________________________________________________________
(Mavzuga oid internet ma’lumotlari, adabiyotlar bilan ishlash.)
4. Hisoblash – tushuntirish yozuvlarnining tarkibi (ishlab chiqariladigan masalar ro‘yxati).
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
Kurs ishi rahbari:
_______________________________________________________________
(familiyasi, ismi, sharifi)
Topshiriqni bajarishga oldim:
________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, sharifi)
Topshiriq berilgan sana: 2022 y.

Mavzu; C++ kutubxona funksiyalari.
Mundarija.
1.BOB Kirish.______________________________________________5
2. ASOSIY QISM
2.1. kutubxona funksiyalari va ulardan foydalanish._______________ 7
2.2 C++ dasturlash tilida standart funksiyalar._______________________14
2.3. C++ Matematik Funksiyalar.____________________________17
3.Foydalanilgan adabiyotlar._________________________________26

1.Kirish.
Jamiyatda tobora o’sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchilarning oldiga bir qator vazifalarni qo’ydi. Bugungi kunda ma‘lumotlar oqimining ko’pligi tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash muommosi ham ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda axborotkommunikasiya vositalari barcha turdagi tashkilot va muassasalarga shiddat bilan kirib kelmoqda. Axborotlarning haddan tashqari ko’pligi bu axborotlarni saqlashda, qayta ishlashda, hamda har xil turdagi tizimlarni yaratish, ulardan keng foydalanishni va axborot tizimlari yaratishni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi[1]. Unda belgilangan vazifalar sirasida ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish ham aloxida ko‘zda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi ―Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida‖gi PQ-1730 Qarori hamda ―O’zbekiston Respublikasida ―Elektron ta‘lim milliy tarmog‘ini yaratish‖ investision loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g‘risida‖ gi PQ-1740 Qarori va me‘yoriy hujjatlar asosida algoritmik ta‘minot ishlab chiqish va joriy etish keng ko’lamli hisoblanadi. Barcha tashkilot va muassasalarda avtomatlashtirilgan tizimlar yaratish ulardan keng ko’lamda foydalanish uchun algoritmlash tillarini o’rni katta hisoblanadi. Axborot tizimlari axborotni to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun, keng imkoniyatli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy axborotlashtirish tizimi, ma‘lumotlar integratsiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta hajmdagi ma‘lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko’p sondagi foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo’ladi. Axborot tizimi va axborot texnologiyalarining avtomatlashtirilgan elementlarini qo’llash va avtomatlashtirish asosida yangi axborot texnologiyasini yaratish avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashtiruvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish uchun albatta birinchi navbatda muommo obektini infologik yoki diskretli modelini qurish dolzarb hisoblanadi. Infologik yoki diskretli modelni muommo obektiga qarab algoritmlash tillarini qaysi biri asosida yaratish kerakligini tanlab olinish kerak. Elektron hisoblash mashinalarini birinchi avlodlari yaratilishi bilan algoritmlash 8 tillarini rivojlanishi ham boshlandi. Avval algoritm tuzuvchi mutaxassislar eng sodda mashina tilini o’zida ifodalovchi kompyuter komandalari bilan ishlaganlar. Bu komandalar nol va birlardan iborat uzun qatorlardan tashkil topgan edi. Keyinchalik insonlar uchun tushunarli bo’lgan mashina komandalarini o’zida saqlovchi assembler tili yaratildi. Shu vaqtlarda BASIC va COBOL singari yuqori sathli tillar ham paydo bo’ldiki, bu tillar yordamida so’z va gaplarning mantiqiy konstruksiyasidan foydalanib algoritmlash imkoniyati yaratildi. Ular komandalarni mashina tiliga interpretatorlar va kompilyatorlar yordamida o’tkazar edi. Algoritmlash tillari yaratilishi bo’yicha uchta turga ajratiladi: -quyi darajadagi; -o’rta darajadagi; -yo’qori darajadagi. Bizga ma‘lumki, ma‘lum bir masalani yechish uchun buyruqlar ketma- ketligi ya‘ni algoritmni algoritmlash tilida yozilishida kamroq komandalardan foydalanilsa, bunday tillar darajasi yuqoriroq hisoblanadi. Quyi darajadagi algoritmlash tillari bevosita kompyuter qurilmalari bilan bog‘liq bo’lib buyruqlar ularning kodlari bilan yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan algoritmlar katta hajmli bo’lib, ularni taxrirlash mushkul hisoblanadi. Dastlabki kompyuterlar(ENIAK, MESM va boshqalar) ana shunday tillarda ishlardi. O’rta darajadagi algoritmlash tillari buyruqlarida faqat raqamlar emas, balki insonlar tushunadigan bazi so’zlar ishlatila boshlandi(Assemblaer). Yuqori darajadagi algoritmlash tillari quyidagicha bosqichlarga bo’linadi: Algoritmik(Basic, Pascal, C va b.) Mantiqiy(Prolog, Lisp va b.) Obe‘ktga mo’ljallangan(Object Pascal, C++, Java va b.) Algoritmlash tillarida yaratilgan algoritmlar mashina tiliga Translyatorlar yordamida o’tkaziladi. Translyator(translator-tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga tarjima qiladi. Translyatorlar ikki turda bo’ladi: -Kompilyatorlar(compiler-yig'uvchi) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga to’liq o’qib olib tarjima qiladi. -Interpretatorlar(interpreter —izohlovchi, og‘zaki tarjimon) biror bir algoritmlash tilida yozilgan algoritmni mashina tiliga satrma satr tarjima qiladi. 9 Translyatorlarni bu ikkala turi bir biridan farq qiladi. Komplyatsiya qilingan algoritmlar bir muncha kam vaqt talab etadi, ya‘ni tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilingan algoritmlarni o’zgartirish osonroq hisoblanadi. C++ dasturlash tili tarkibida bir nechta imkoniyatlar mavjud, ya‘ni consol rejimi, forma ob‘yekt rejimi, grafik muhiti va ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlari keng joriy etilgan. Ushbu qo’llanmada keltirilgan misol va masalalarning yechimi dasturining intmain funksiyasi tarkibini C++ dasturlash tilinining ixtiyoriy versiyalarida ishlatib ko’rish mumkin. Qo’llanma oliy o’quv yurtlari talabalari va magistrantlari, litsey kasb hunar kollej o’quvchilari hamda mustaqil o’rganuvchilar uchun qulay vosita hisoblanadi.



Download 41.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling