Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Dasturlash tillari” fanidan kurs ishi mavzu


Download 75.61 Kb.
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi75.61 Kb.
#1132440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kompleks sonlar sinfi

3. C++ dasturlash tilining amallari.
Arimmetik amallar
Barcha amallar ikki turga bo'linadi: unar (bittalik) va binar (ikkilik). Unar amallari - bitta operandni o'z ichiga olgan amallarni, binar amallarda ikkita operand mavjud. Operand - bu amallarda qatnashadigan berilganlar. Masalan, "+" qo'shish amali binar 2 + 3, bu erda operandlar 2 va 3 raqamlardir. Binar arifmetik amallar ro'yxati jadvalda keltirilgan:

Amal

Yozilishi

Qo'shish

a + b

Ayirish

a - b

Bo’lish

a / b

Ko’paytirish

a * b

Qoldiqli bo’lish

a % b

Ikkita butun sonni bo'lganda, natija ham butun songa ega bo'ladi. Masalan, 9/5 ni bajarganda natija 1 bo'ladi. O'nli kasr bilan aniq natijani olish uchun bo’lunuvchi va/yoki bo'luvchi float yoki double turida bo'lishi kerak. Masalan, 9.0/5 yoki 9/5f shaklda bo’lish (f qo'shimchasi berilgan doimiyning float turini bildiradi) 1,8 ga olib keladi.
"%" amali bo'linmaning qoldiq qismini qaytaradi. 9%5 amalining natijasi 4 bo'ladi. Butun sonlarda biror butun songa karrali bo’lishi yoki bo’lmasligini tekshirishda "%" amalidan foydalanish mumkin. Misol uchun biz sonni 2 ga bo'lganda qolgan qoldiq qismi agar 0 bo’lsa juft bo'ladi, agar 1 ga teng bo’lsa toq bo'ladi.
Amallarning ustunligini oshirish uchun oddiy arifmetikada bo'lgani kabi qavslardan foydalaniladi.
2 + 2 * 2 = 6
(2 + 2) * 2 = 8
Unar amallar
C# da ikkita unar arifmetik amali mavjud: "++" inkrement (o'sish) va "--" dekrement (kamayish);
Inkrement amali operandning qiymatini 1 qiymatga oshiradi, dekrement amali esa uni 1 qiymatga kamaytiradi.
using System;
class Program
{
static void Main()
{
int x, a;
x = 7; a = -2;
x++; // x=8
a--; // a=-3
}
}

Inkrement va dekrement prefiks va postfiks bo'lishi mumkin. Prefiks shaklida amal operanddan oldin, postfiks shaklida esa keyin keladi.


Prefiks shakli avval qiymatni oshiradi (kamaytiradi), shundan so'ng qolgan harakatlar bajariladi va postfiks shakli bilan, aksincha, avval barcha harakatlar bajariladi, so'ngra qiymat oshiriladi (kamaytiriladi):
using System;

class Program


{
static void Main()
{
int x, y, a,b;
x = 4; a = 2; b = 2;
y = x + ++a; // y=7 a=3
y = x + b++; // y=6 b=3
Console.ReadLine();
}
}
4.Console holatida kiritish va chiqarish, operatorlarni qayta yuklash

Console (qora ekran) holatda ma’lumotlarni ekranga chiqarish va berilganlarni ekrandan kiritish uchun Console sinfi metodlari mavjud.


Ma’lumotlarni ekranga chiqarishda Console sinfining Write() va WriteLine() metodlari qo’llaniladi. Write() metodi ko’rsatilgan ma’lumotni ekranga chiqaradi va kursor shu kelgan joyida turadi, WriteLine() metodida esa ko’rsatilgan ma’lumot ekranga chiqariladi va kursor keyingi satr boshiga o’tib turadi.
using System;
class Program
{
static void Main()
{
Console.Write("Birinchi satr.");
Console.WriteLine(" Birinchi satr dovomi.");
Console.WriteLine("Ikkinchi satr");
}
}

O’zgaruvchilarning qiymatini chiqarishda Write(), WriteLine() metodlarida ekranga chiqadigan matn qo’sh tirnoqda o’zgaruvchining qiymatini chiqarish uchun esa o’zgaruvchining nomining o’zi yoziladi. Matn va o’zgaruvchi qiymati ‘+’ belgisi bilan yozilsa, ekranga biriktirilib chiqariladi.
using System;
class Program
{
static void Main()
{
double y, x;
x=7.8;
y = (x + 5.2) / (x * x - 1.2);
Console.WriteLine("y=" + y);
Console.ReadLine();
}
}



Berilganlarni ekrandan kiritishda Console sinfining ReadLine() metodi qo’llaniladi. Faqat bu metod bilan kiritilgan ma’lumot string turida (keyingi mavzularda o’tiladi) qabul qilinadi. Matnli string turini kerakli turga o’tkazish uchun Convert sinfining metodlaridan foydalaniladi.


using System;
class Program
{
static void Main()
{
int a, b;
Console.Write("Birinchi sonni kiriting: a= ");
a = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
Console.Write("Ikkinchi sonni kiriting: b= ");
b = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
double c;
c = (a+b)/2.0;
Console.Write("Ikkita sonning o'rta qiymati: " + c);
Console.ReadLine();
}
}

Ushbu misolda ReadLine() metodi bilan qabul qilingan berilganni double turiga o’tkazish ToDouble() metodi bilan bajarildi. Boshqa oddiy turlarga ham o’tkazishning mos metodlari Convert sinfida aniqlangan. Bular haqida keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi.





Download 75.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling