Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana07.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1244020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddin Shukurulloyev

3.Tizimli tahlil bosqichlari 
1.Axborot tushunchasi 
Axborot – koʻp fanlarda tayanch tushuncha boʻlsada, ammo har bir fanda u har 
xil ta‘riflanadi: 
axborot bu, tizimni ifodalagan (matematika, tizimli tahlil fanlarida) qandaydir 
bir informatsion-mantiqiy (infologik – xabarlardan, ma‘lumotlardan, bilimlardan, 
mavhumliklardan, tasnifli sxemalardan va boshqalardan iborat) modelda 
oʻzgarishga olib keluvchi mohiyatdir; 
• axborot bu, tizim tomonidan adaptiv boshqarish, moslashish (boshqarish 
nazariyasi, kibernetika sohasida) jarayonida tashqi dunyodan olingan xabardir; 
• axborot bu, tizimdagi noaniqliklarni bartaraf qiluvchi aloqa va 
munosabatlardir (axborot nazariyasida); 
• axborot bu, tizimda tanlash ehtimolligidir (ehtimollar nazariyasida); 
• axborot bu, materiya akslanishi, ong atributi, tizim ―iqtidori‖dir 


(falsafada)[8]. 
Bilish jarayoni – axborot dolzarbligining iyerarxik tizimi, unda iyerarxiyaning 
har bir navbatdagi pogʻonasida bilim oldingi pogʻonadagi bilimlar dolzarbligining 
integral (jamlangan) natijasidir. Bu oddiy sezgi yordamida qabul qilinadigan 
axborotlardan tortib, to murakkab aksiomatik va abstrakt (mavhum) 
nazariyalargacha boʻlgan informatsion resurslarning integratsiyalanish jarayoni 
hisoblanadi. 
Ma’lumotlar – ma‘lumotlarning qandaydir manbai yordamida 
dolzarblashtiriladigan sintaksis signallar, obrazlardir. Ular ularning semantik 
ma‘nosiga bogʻliqmas holda koʻriladi. 
Yana shuningdek aytish mumkinki, axborot bu – semantik mohiyati hisobga 
olgan holda koʻriladigan ma‘lumotlardir. Bilimlar – qandaydir bir maqsad va 
tasnifga erishishni ta‘minlaydigan axborotdir. Axborot qoʻyidagi turlarda boʻladi: 
• Boshlangʻich (axborotni faollashtirishda undan foydalanish boshlanadigan 
bosqichdagi axborot); 
• oraliq (axborotni faollashtirishda boshidan oxirigacha boʻlgan bosqichda 
ishlatiladigan axborot); 
• natijaviy (axborotdan foydalanib boʻlingach, uning faollashtirilishi yakunida 
olinadigan axborot). 
• doimiy (faollashtirilganda hyech qachon oʻzgarmaydigan axborot); 
• oʻzgaruvchan (faollashtirilganda oʻzgaradigan axborot); 
• aralash – shartli –doimiy (yoki shartli-oʻzgaruvchan). 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling