Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti
Axborot me’yorlari. Xartli va Shennon me’yorlari
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Nuriddin Shukurulloyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot oʻlchovi uchun R. Xartli me’yori
- Axborot oʻlchovi uchun K. Shennon me’yori
3. Axborot me’yorlari. Xartli va Shennon me’yorlari
Axborot miqdori – sonli miqdor, u faollashtiriladigan axborotni turliligi, murakkabligi tasniflashtirilganligi (tartiblanganligi), aniqliligiga, ifodalanayotgan tizim holatining tanlanishiga koʻra adekvat tasniflaydi. Miqdor – hodisalar toʻplamida aniqlangan va additiv boʻlgan (yigʻindi me‘yori me‘yorlar yigʻindisiga teng) uzluksiz haqiqiy manfiymas funksiya. Miqdorlar, qanday axborotni baholashga imkon berishiga koʻra, statik (faollashmagan, bunda xabarlar resurslarni va faollashtirish shaklini hisobga olmagan holda baholanadi) va dinamik (faollashgan, bunda resurslarning sarfi ham axborotni faollashtirish uchun baholanadi) boʻlishi mumkin[7]. Axborot oʻlchovi uchun R. Xartli me’yori S tizimning N holati yoki tizimning har xil, teng kuchli, ketma-ket holatli N tajribasi boʻlsin. Agar tizimning har bir holati, masalan, ma‘lum d uzunlikdagi ikkilik kodlar bilan kodlansa, unda bu uzunlikni, xar xil kombinasiyalarning hammasining soni N dan kam boʻlmaydigan qilib tanlash kerak. Buni amalga oshirishi mumkin boʻlgan eng kichik son tizim holatlari turli koʻrinishlarining oʻlchami deyiladi va R. Xartli formulasi bilan beriladi: bu yerda proporsionallik koeffitsiyenti (tanlangan oʻlchamni oʻlchash birligiga bogʻliq ravishda masshtablash), tizim me‘yori asosi. Xartli formulasi koʻrilayotgan tizimning semantik, sifat va individual xossalaridan ajratilgan boʻladi. Bu formulaning asosiy va ijobiy tomonidir. Ammo uning asosiy va salbiy tomoni ham bor: formula tizimning koʻrilayotgan holatlarining farqlanishi va farqlarini hisobga olmaydi. Axborot oʻlchovi uchun K. Shennon me’yori Shennon formulasi axborotga, uning ma‘nosiga bogʻliq boʻlmagan bahoni beradi: Shennon formulasiga koʻra axborot – bu noaniqlikni kamaytirish oʻlchovidir, bunda tizimning holatga oʻtish ehtimolligi (yoki nisbiy chastota), bunda hamma larning yigʻindisi 1 ga teng. Shennon formulasining tizimning semantik, sifat va individual xossalaridan ajratilganligi uning asosiy ijobiy tomonidir. Xartli formulasidan farq qilib, u holatlarning har xilligi, har xil ehtimolli boʻlishini hisobga oladi – formula, uni amaliy hisoblashlar uchun qulay qiladigan ega (xabarlar tavsifini hisobga oladi) statik xarakterga. Shennon formulasining asosiy salbiy tomoni shundaki, u holatlarni (masalan, yutuqlarning bir xil ehtimolligida) farqlay olmaydi, ochiq va murakkab tizimlarning holatlarini baholay olmaydi va uni, axborot ma‘nosidan chetga chiqqan holda, faqat yopiq tizimlarda qoʻllash mumkin boʻladi[9]. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling