Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "kompyuter injiniring" fakulteti


 Axborot me’yorlari. Xartli va Shennon me’yorlari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana07.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1244020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddin Shukurulloyev

3. Axborot me’yorlari. Xartli va Shennon me’yorlari 
Axborot miqdori – sonli miqdor, u faollashtiriladigan axborotni turliligi, 
murakkabligi tasniflashtirilganligi (tartiblanganligi), aniqliligiga, ifodalanayotgan 
tizim holatining tanlanishiga koʻra adekvat tasniflaydi. 
Miqdor – hodisalar toʻplamida aniqlangan va additiv boʻlgan (yigʻindi me‘yori 
me‘yorlar yigʻindisiga teng) uzluksiz haqiqiy manfiymas funksiya. Miqdorlar, 
qanday axborotni baholashga imkon berishiga koʻra, statik (faollashmagan, bunda 
xabarlar resurslarni va faollashtirish shaklini hisobga olmagan holda baholanadi) 
va dinamik (faollashgan, bunda resurslarning sarfi ham axborotni faollashtirish 
uchun baholanadi) boʻlishi mumkin[7]. 
Axborot oʻlchovi uchun R. Xartli me’yori 
S tizimning N holati yoki tizimning har xil, teng kuchli, ketma-ket holatli N 
tajribasi boʻlsin. Agar tizimning har bir holati, masalan, ma‘lum d uzunlikdagi 
ikkilik kodlar bilan kodlansa, unda bu uzunlikni, xar xil kombinasiyalarning 
hammasining soni N dan kam boʻlmaydigan qilib tanlash kerak. Buni amalga 
oshirishi mumkin boʻlgan eng kichik son tizim holatlari turli koʻrinishlarining 
oʻlchami deyiladi va R. Xartli formulasi bilan beriladi: 
bu yerda
proporsionallik koeffitsiyenti (tanlangan oʻlchamni oʻlchash 
birligiga bogʻliq ravishda masshtablash),
tizim me‘yori asosi. 
Xartli formulasi koʻrilayotgan tizimning semantik, sifat va individual 
xossalaridan ajratilgan boʻladi. Bu formulaning asosiy va ijobiy tomonidir. Ammo 
uning asosiy va salbiy tomoni ham bor: formula tizimning koʻrilayotgan
holatlarining farqlanishi va farqlarini hisobga olmaydi. 
Axborot oʻlchovi uchun K. Shennon me’yori
Shennon formulasi axborotga, uning ma‘nosiga bogʻliq boʻlmagan bahoni 
beradi: 
Shennon formulasiga koʻra axborot – bu noaniqlikni kamaytirish oʻlchovidir, 
bunda
tizimning
holatga oʻtish ehtimolligi (yoki nisbiy chastota), 
bunda hamma
larning yigʻindisi 1 ga teng. 
Shennon formulasining tizimning semantik, sifat va individual xossalaridan
ajratilganligi uning asosiy ijobiy tomonidir. Xartli formulasidan farq qilib, u
holatlarning har xilligi, har xil ehtimolli boʻlishini hisobga oladi – formula, uni
amaliy hisoblashlar uchun qulay qiladigan ega (xabarlar tavsifini hisobga


oladi) statik xarakterga. Shennon formulasining asosiy salbiy tomoni shundaki
u holatlarni (masalan, yutuqlarning bir xil ehtimolligida) farqlay olmaydi, ochiq
va murakkab tizimlarning holatlarini baholay olmaydi va uni, axborot ma‘nosidan 
chetga chiqqan holda, faqat yopiq tizimlarda qoʻllash mumkin boʻladi[9]. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling